1 Муаллифлар жамоаси "Фукаролик хукуки" ТДЮИ. Дарслик. Тошкент 1999 йил, -
бет
2 Адик Ли. “Узбекистан Республикаси Молия хукуки", Тошкент - 2004, 330-бет
3 Абдулллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. Тошкент, "Молия” - 2000, 33-бет.
www.ziyouz.com kutubxonasi
- matbuot tashkilotlariga paylar toiash;
- aksionerlik jamiyatlari bilan a’zolari o'rtasidagi toiovlar va boshqa
toiovlar kiradi.
Korxona, muassasa va tashkilotlarning bankdagi hisob raqamlaridagi
pullar quyidagi yo'llar bilan naqd pulga aylanadi:
- ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish;
- ko'rsatilgan xizmatlar, mehnat uchun toiovlar;
- nafaqalar to'lash;
- har xil mukofotlar;
- aholidan qishloq xo'jalik mahsulotlari, tovarlar sotib olishda;
- davlat zayomlari va lotereya biletlari bo'yicha toiovlar;
- aholi banklardan jamg'armalarini olganda;
- ahodiga sug'urta to'lovlari toianganda va hokazo.
Naqd pullar quyidagi yo'llar bilan naqd pulsiz shaklga o'tadi:
- uy-joy va kommunal xizmatlar uchun toiovlar;
- aloqa tashkilotlariga toiovlar;
- har xil soliqlar va paylar to'laganda;
- davlat zayomlari va lotereya biletlari sotib olinganidagi tushumlar
orqali;
- yakka tartibdagi qurilish uchun olingan kreditlami to'laganda;
- har xil bojlar va jarimalami to'laganda;
- dam olish uylari va boshqa sog'lomlashtirish muasasalari
yoilanmalari uchun to'laganda va boshqalar.
Naqd pul bilan hisob-kitob qilishda pul belgilari (banknotlar va
metall tangalar) natura shaklida qatnashadi. Muomaladagi naqd pullar
muomala vositasi va toiov vositasi funksiyalarini bajaradi. T oiov vositasi
sifatida ular nafaqat tovarlar aylanishida, balki bevosita tovarni sotish
jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan hisob-kitoblar - ish haqi, pensiya,
sug'urta summalarini to'lash, soliqlar to'lash, uy-joy kommunal xizmat
uchun toiovlar va boshqa toiovlar uchun ham foydalaniladi.
Fuqarolik Kodeksining 790-moddasi 1-qismiga ko'ra, “Fuqarolarning
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog'liq bo'lmagan holda
ular o'rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar
naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga
oshirilishi mumkin”.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda to io v vositasi sifatida naqd pul
boimaydi. Ular bank muassalari tomonidan bir shaxsning hisobvarag'idan
ikkinchi shaxsning hisobvarag'iga pul o'tkaziladi va pul natura shaklida
ishtirok etmaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar natijasida pul muomalasidagi
www.ziyouz.com kutubxonasi
naqd pullar miqdori kamayadi, naqd pullarning banklarda to'planishi
hisobiga mablag'larning markazlashtirlishiga yordam beradi, umuman
pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishni yengillashtiradi.
Naqd pul emissiyasini cheklash, muomaladagi naqd pul siynmasi
hajmini kamaytirish va shu orqali pul qadrsizlanish jarayonlarini
sekinlashtirish maqsadida 1998-yil 10-dekabrda “O'zbekiston Respublikasi
bank muassalarida pul muomalasi yuzasidan ishlarni tashkil etish haqida”
yo'riqnoma ishlab chiqilgan va unda naqd pul bilan bog'liq bank
operatsiyalarining amalga oshirilish asoslari, shartlari, tartibi belgilab
qo'yilgan.
Naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar bir-biri bilan bog'liqdir. Masalan,
korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan ishchilarga haq to'lashda
ularning bank hisobvaraqlardagi pullar naqd pul shaklida ishchilariga
to'lanadi. Ikkinchi tomondan, aholiga naqd pulga xizmat ko'rsatuvchi
chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda boshqa
tashkilotlar o'zlariga kelib tushgan naqd pullarni banklardagi
hisobvaraqlarga o'tkazadi, ulardan naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun
foydalanadilar.
3-§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar haqida um um iy qoidalar
Naqd pulsiz hisob-kitoblar - bank hisob varaqlarida tegishli
summalami yozib borish vositasida, ya’ni to'lovchining hisobvarag'idan
oluvchining hisobvarag'iga mablag'larni o'tkazish yoki o'zaro talablami
qarz surishish yo'li bilan amalga oshiriladigan to'lovlar majmuidir1.
Fuqarolik Kodeksining 790-moddasining 2-3-qism lariga ko'ra
“Yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq holda ular
ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Ko'rsatib o'tilgan shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda
boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, naqd pulda ham amalga
oshirilishi mumkin.
Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni
foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-
kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan
banklar, boshqa kredit tashkilotlari orqali amalga oshiriladi”.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Naqd pulsiz shaklidagi pul muomalasida - tegishli munosabatlar
subyektlari o‘rtasida to'lov vositasi sifatida real pul birliklari (banknotlar
va tangalar) ishtirok etmaydi. Bunday munosabatlarda asosan o'ziga xos
simvollar, ya’ni pul massasi muomalasi to'g'risidagi raqamli yozuvlardan
foydalaniladi1.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar korxonalar va tashkilotlar o'rtasida
quyidagi o'zaro munosabalarni yuzaga keltiruvchi vositachidir:
a) o'zaro munosabatlar (realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan
ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar uchun haq to'lash);
b) moliya tizimi bilan munosabatlar (soliqlar va boshqa majburiy
to'lovlarni to'lash);
v) kredit tizimi bilan munosabatlar (bank kreditlarini olish va
qaytarish);
g) yuqori boshqaruv organlari bilan munosabatlar (mablag'larni idora
ichida taqsimlash va qayta taqsimlash)2.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar qisman aholi daromadlarini yaratish va
ulardan foydalanishga xizmat ko'rsatadi (daromadlarning bir qismini
omonatlarga o'tkazish, tovarlarga to'lov uchun cheklardan foydalanish
va h.k.). Naqd pulsiz hisob-kitoblaming to'g'ri tashkil etilishi korxona,
tashkilot va aholi pul daromadlari bir qismining budjetga kelib tushishi
hamda budjet hisobidan uzluksiz moliyalash uchun yordam beradi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning banklar orqali amalga oshirilishi
majburiyligi banklarda kredit resurslari hosil bo'lishini ta’minlaydi, pul
oborotini tezlashtiradi, naqd pul oborotiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Odatda hisob-kitoblar mablag'larni oluvchilar tomonidan tovarlar
yuklab berilgan, ish bajarilgan, xizmat ko'rsatilganidan keyin, shuningdek
moliyaviy kredit va boshqa pul majburiyatlarini to'lash (masalan, soliq
to'lovlarini to'lash, kreditlami qaytarish va h.k. bo'yicha majburiyatlami
bajarish) muddatlari yetib kelganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlar,
ishlar, xizmatlar uchun oldindan haq to'lash muayyan shart-sharoitlarda
amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «To'lov intizomi
va o'zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari
to'g'risida» 1996-yil 24-yanvardagi UP-1363-sonli qarori bilan, mulkchilik
shakllaridan q a t’ iy nazar, respublika iste’m olchi korxonalari va
tashkilotlariga mahsulotlarni yuklab jo'natish faqat yetkazib berish
hajmining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdorda oldindan haq to'langan
Do'stlaringiz bilan baham: |