1 ^аранг: Российская банковская энциклопедия. /Гл.ред.О.И.Лаврушин.-М :
1995.-447
www.ziyouz.com kutubxonasi
agentining nafaqat buxgalteriya xizmati hamda mijoz yetkazgan
mahsulotlar va ko'rsatgan xizmatlar uchun hisob varaqlar to'lovi ustidan
nazorat qilishdan emas, balki mijoz kontragentlaridan debitorlik qarzlarini
bevosita undirish huquqidan albatta iborat talabnomadan voz kechish
evaziga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Bank moliyalashtirganida mijoz talabnomasidan voz kechmagan
taqdirda bunday munosabatlar boshqacha tasniflanadi (masalan, qarz
shartnomasi).
Bank mijozga u talabnoma huquqidan voz kechishi evaziga ko'rsatgan
moliya xizmatlari xususiyati va turini taraflar o‘ z xohishiga ko'ra
belgilashga haqli.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasi mazmuni tomonlaming huquq va majburiyatlaridan
iborat. Moliya agenti (“faktor”)ning asosiy majburiyatlari quyidagilardir:
a) shartnoma bahosi bo'lgan pul mablag'larini mijozga berish; b)
shartnomada ko'zda tutilgan alohida hollarda mijoz operatsiyalarining
buxgalterlik hisobini yuritish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni mijozdan
qabul qilish; v) mijozga voz kechish predmeti bo'lgan pul talabnomalari
bilan bog'liq boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasi bo'yicha qo'shimcha moliyaviy xizmatlar ko'rsatish
tomonlar o'rtasidagi munosabatlar kredit berish evaziga talabnomadan
bir marta voz kechishdan iborat bo'lib qolmaydigan hollarda maqsadga
m u vofiqdir. Tom onlar shartnom ada m oliya agen tin in g boshqa
majburiyatlarini ham ko'zda tutishlari mumkin.
Mijozning asosiy majburiyati shartnoma predmeti bo'lgan pul
talabnomasidan moliya agenti (“faktor”) foydasiga voz kechishdan iboratdir.
Mijoz boshqa shaxs foydasiga voz kechish predm eti bo'lgan pul
talabnomasining haqiqiyligi uchun moliya agenti oldida javobgar bo'ladi
(FKning 752-moddasi 1-qismi). Berilayotgan talabnomaning haqiqiyligi ikkita
shartga bog'liq: a) mijoz talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
paytida pul talabnomasini berish huquqiga ega bo'lishi kerak; b) huquqni
mijozga berish vaqtida qarzdor bu huquqni bajarmaslikka haqli bo'ladigan
vaziyatlar unga ma’lum bo'lmasligi kerak (FKning 752-moddasi, 2-qismi).
Moliya agenti o'z foydasiga voz kechish predmeti bo'lgan talabnomani
ijroga taqdim etganda qarzdor bu talabnomani bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi uchun mijoz javobgar bo'lmaydi. Uning vazifasi
haqiqiy talabnomani berishdan iborat. Agar shartnomada boshqacha tartib
belgilangan bo'lmasa, talabnomaning bajarilishi uchun mijoz kafolat
www.ziyouz.com kutubxonasi
bermaydi. Ko'rinib turibdiki, mijozning moliya agenti oldidagi javobgarligi
talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorning
javobgarligiga o'xshash tartibda belgilangan (FK, 321-modda).
Mijozdan pul talabnomasini olgan moliya agenti uning tezroq
qondirilishidan manfaatdordir, u qarzdorga muddatni cho'zish va boshqa
imtiyozlar berilishiga rozi bo'lmasligi mumkin. Qarzdor esa, o‘z kreditori,
mol yetkazib berish shartnomasi bo'yicha uzoq vaqt o'zaro aloqada bo'lgan
mol yetkazib beruvchisini notanish bo'lgan moliya agentiga almashtirishdan
manfaatdor emas. Shu tufayli qarzdorlar (mol yetkazib berish shartnomasi
bo'yicha xaridorlar) shartnomadan kelib chiqadigan biror huquqni har
qanday tomonga o'tkazishni taqiqlash to'g'risidagi shartni kiritishni talab
qiladilar. Fuqarolik Kodeksi pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga
voz kechishni taqiqlashni haqiqiy emas deb e’lon qiladi (FKning 753-
moddasi, 1-qismi). Mijoz bilan uning qarzdori o'rtasidagi talabnomadan
boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida
kelishuv bo'lgan taqdirda ham pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga
voz kechish haqiqiy hisoblanadi. Qarzdor uning dastlabki kreditoriga
(mijozga) shartnoma bilan belgilangan pul talabnomasidan boshqa shaxs
foydasiga voz kechishni tasqiqlash yoki cheklash buzilganligi uchun
javobgarlik choralarini qo'llash huquqiga ega emas. Bunday hollarda
mijozning o'z qarzdori (kontragenti) oldida mulkni berish, ish bajarish
yoki xizmat ko'rsatish bo'yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish
bo'yicha majburiyatlari saqlanib qoladi. Mijoz, shuningdek, shartnoma
shartlariga zid ravishda kre-ditorni almashtirishi natijasida qarzdorga
yetkazilgan zarar o'rnini qoplashi shart.
Agar pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga
moliyalash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa,
moliya agentining pul talabnomasidan o'z navbatida boshqa shaxs foydasiga
voz kechishiga yo'l qo'yilmaydi (FK, 754-modda). Agar shartnomada pul
talabnomasidan, o'z navbatida, boshqa shaxs foydasiga voz kechishga
yo'l qo'yilgan hollarda unga nisbatan pul talabnomasi (faktoring)dan boshqa
shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi to'g'risidagi
qoidalari tegishli suratda qo'llaniladi. Yangi moliya agenti ham tegishli
litsenziyaga ega bo'lishi kerak. Bu holda pul talabnomasidan o'z navbatida
boshqa shaxs foydasiga voz kechayotgan moliyaviy agent - mijoz, uning
mijozi esa - qarzdor bo'ladi. E. A. Suxanovning ta’kidlashicha, bu -
“qarzlarni sotib olish” va “qarz majburiyatlari bozori”ni yaratish bo'yicha
faoliyatni cheklaydi. Masalan, ayrim tijorat tashkilotlari omonatchilaming
to'lovga noqobil banklar va boshqa kredit tashkilotlariga bo'lgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
talabnomalarini sotib olib, bu faoliyatni rivojlantirishga urinmoqdalar.
FKning 755-moddasiga muvofiq, qarzdor mijozdan yoki moliya
agentidan pul talabnomasi belgilangan, shuningdek, to‘ lov amalga
oshirilishi kerak bo'lgan moliya agenti ko'rsatilgan taqdirda, qarzdor
to'lovni moliya agentiga amalga oshirishi shart. Bildirishnomada berilgan
talabnomaning aniq mazmuni, to'lov amalga oshirilishi lozim bo'lgan
moliya agentining nomi ko'rsatilishi lozim.
Agar yozma bildirishnoma, zarur bo'lgan hollarda esa, qo'shimcha
dalillar qarzdorga berilmagan bo'lsa, u to'lovni mijozning o'ziga (dastlabki
kreditorga) to'lash huquqiga ega bo'ladi1.
F aktoring bankda m ahsulot y e tk a zu v ch id a n yok i uning
debitorlaridan o'z filiallaridan birida hisob raqami ochish, shuningdek,
mahsulot yetkazuvchining boshqa moliya institutlari oldida kredit
majburiyatlari mavjudligi darajasini o'rganish zarurati yo'qligi bilan
tasniflanadi.
Ushbu xususiyatlar bank uchun qulay va qo'shim cha katta
tavakkalchilikka olib kelmaydi, chunki faktoring shartnomasiga binoan
mahsulot yetkazuvchiga faktoring xizmati ko'rsatilganida mahsulot
oluvchilar bank debitorlariga aylanib qoladi.
FKning 756-moddasi 1-qismida moliya agentining mijozdan talabni
“sotib olish” i to'g'risida gapiriladi. Sotib olish vaqtida mijoz pul
talabnomasidan moliya agenti foydasiga kelishilgan summa evaziga voz
kechadi. Moliya agenti, qarzdoming to'lovi moliya agenti mijozga to'lagan
puldan ortiq miqdorda bo'lgan taqdirda ham qarzdor talabni bajarish
uchun to'laydigan hamma summani olish huquqini qo'lga kiritadi. Moliya
agenti qarzdorning to'lovi uning voz kechilgan talabnoma xarajatlarini
qoplay olmasligi mumkin bo'lganligi uchun tavakkal qiladi. Agar u tavakkal
qilishni istamasa, boshqa turdagi shartnoma tuziladi. Mijoz qarzdor o'z
majburiyatlarini to'liq bajarmasligi va qarzning qolgan qismini moliya
agentiga to'lash majburiyatini o'z zimmasiga olib, tavakkal qiladi. Bunday
holda moliya agenti belgilagan mukofot pulini chiqarib tashlab, qarzdor
to'lagan summa bilan mijozdan olingan summa o'rtasidagi farqni mijozga
qaytarishi shart.
Mijoz qarzdor bilan tuzgan shartnoma bo'yicha o'z zimmasiga olgan
mulkni berish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish)ga doir majburiyatlarini
buzgan taqdirda, qarzdor moliya agentiga o'tgan talabnoma bo'yicha
to'langan summalarni, agar qarzdor moliya agentiga o'tgan talabnoma
Do'stlaringiz bilan baham: |