1 Истеъмол кредити бериш коидалари истеъмол кредити берувчи ташкилот
томонидан “Истеъмол кредити туррисида" Крнунга мувофик, белгиланади.
www.ziyouz.com kutubxonasi
- o'zaro majburiyatlar va tomonlarning shartnoma shartlariga rioya
qilishdagi javobgarligi;
- shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda qo'llaniladigan ta’sir
choralari;
- kreditdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish usullari va maqsadga
xilof ishlatilganligi aniqlangan hollarda qo‘llaniladigan jazo choralari;
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
- qonunchilikda ko'zda tutilgan boshqa shartlar;
- tomonlar imzosi va bank muhri.
Kredit shartnomasi imzolanib qarz oluvchiga shaxsiy ssuda hisob
varag'i ochilgandan keyin mazkur hisob varag'i orqali o'tayotgan
mablag'larni tezkor nazoratini ta’minlash maqsadida "Qarzdorning kredit
kartochkasi" ochiladi.
Kreditdan foydalanganlik uchun mijoz bankka haq to'laydi.
Kreditdan foydalanganlik uchun to'lov miqdori - foiz stavkasi bank va
qarz oluvchi o'rtasidagi shartnomada belgilanadi.
Iste’mol kreditini naqd pul bilan berish taqiqlanadi.
Qarz oluvchi jismoniy shaxsga iste’mol kreditini berish Adliya vazirligi
tomonidan 1998-yil 18-noyabrda 539-raqam bilan davlat ro'yxatiga olingan
M arkaziy bankning 1998-yil 22-avgustdagi 1-sonli "O 'zbekiston
Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob varaqlari to'g'risida"gi
yo'riqnomada ko'zda tutilgan tartibda unga shaxsiy ssuda hisob varag'i
ochish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Qarzdor tomonidan olingan kredit muddatidan oldin qaytarilgan
taqdirda u ayni paytda kreditdan foydalanganlik muddati uchun
hisoblangan foizlarni ham qo'shib to'lashi kerak.
Banklar berilgan kreditdan maqsadli tarzda foydalanilishni nazorat
qilishlari kerak.
Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bank
tomonidan qarz oluvchining savdo tashkilotlarining muhri, sotilish muddati
qo'yilgan tovar schyotlarini taqdim etish va joyiga chiqib tekshirish orqali
amalga oshiriladi.
Mijoz tom onidan kredit boshqa maqsadlarda foydalanilgani
aniqlangan holda bank garovga olingan mulk yoki kredit qaytarilishi
ta’minotining boshqa shakllariga o'z huquqini qonunchilikda belgilangan
tartibda amalga oshirish yo'li bilan berilgan kreditning tegishli qismini
muddatdan oldin qaytarib olish huquqiga ega.
Iste’mol kreditining qaytarish manbayi qarzdorning daromadi
hisoblanadi. Kredit bo'yicha qarz va unga hisoblangan foizlar kredit
shartnomasida ko'zda tutilgan shartlarga binoan bank kassasiga birdaniga
www.ziyouz.com kutubxonasi
to'laligicha, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzdorning oylik maoshidan ssuda
hisobvarag'iga har oyda to'lovlar o'tkazish orqali amalga oshirilishi
mumkin.
Agar mijoz o'z faoliyati turiga ko'ra barqaror daromadga ega bo'lsa
kreditni qaytarish odatda har oyda muntazam ravishda teng miqdordagi
mablag'larni ssuda hisobvarag'iga o'tkazish turish orqali amalga oshiriladi.
Har bir to'lov asosiy qarz va foizlarning qoplanishidan iborat bo'lib,
asosiy qarzni qoplash qismi ssuda hisobvarag'ining o'ziga va foizlarni
to'lovi esa bank daromadiga yo'naltiradi.
Masalan, Fransiya, AQSHda banklar iste’molchilarga kredit
kartochkalari beradi, ularga asosan 2500 yillarga qadar tovarlar xarid
etiladi, xarid puli banklarga magazinlar bergan schyotga qarab to'lanadi.
Bunday kredit g'oyat imtiyozli bo'ladi, uning foizi boshqacha qarz foizidan
kam bo'ladi, hatto foizsiz ham bo'lishi mumkin.
Iste’molchi krediti aholining iste’mol ehtiyojlarini qondirishga
mo'ljallangan. U tovar va pul shaklida bo'lishi mumkin. Jumladan, yakka
tartibda uy-joy qurish maqsadlariga beriladigan uzoq muddatli kreditlar
pul shaklidagi iste’molchi kreditlaridir.
Davlat krediti
to'g'risida, avvalo, shuni aytish kerakki, banklar
davlatga ham qarz beradi. Shu bilan birga, undan qarz ham oladi.
Bunda davlat krediti paydo bo'ladi. Qarz va uning foizi budjet hisobidan
qaytariladi. Davlat krediti sharoitida qarz beruvchilar kamdan-kam
hollarda banklar bo'ladi. Ko'pincha bu vazifani aholi, firma, korxona va
tashkilotlar o'taydi.
Davlat qarzi turli shaklda, eng avvalo, davlat zayomlari shaklida
bo'ladi. Zayom davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo'lib, u qarzni vaqti
kelganda qaytarib olish va foiz to'lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy
va mahalliy hokimiyatlar chiqaradi. Kredit munosabatlarida davlat faqat
qarzdor vazifani o'tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o'z
mablag'lari hisobiga bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz
ham beradi.
Davlat o'z qarzidan voz kechishi ham mumkin. Xalqaro kreditlar
bo'yicha munosabatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantiriij uchun xorijiy kreditlar berishni
tashkil etish masalalari to'g'risida” gi 1997-yil 7-fevral qarori bilan tartibga
solinadi. Ushbu qarorda loyihalarni tanlab olish tartibi hamda kichik va
o'rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jalb qilinadigan xorijiy kredit
liniyalari hisobiga kichik va o'rta korxonalarga kreditlar berish masalalariga
e’tibor qaratilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xalqaro kredit
- bu qarz kapitalining xalqaro miqyosdagi harakati
bo'lib, bu harakat tovar va valuta ko'rinishidagi mablag'larni qaytarib
berishlik, muddatlik va haq to'lashlik asosida berish bilan bog'liqdir.
Xalqaro kredit munosabatlarida qatnashuvchi subyektlar bo'lib tijorat
banklari, markaziy banklar, davlat organlari, hukumatlar, yirik
korporatsiyalar hamda xalqaro va regional moliya-kredit tashkilotlari
hisoblanadi.
Xalqaro tashkilotlar beradigan xalqaro kreditlaming xususiy banklar
beradigan kreditlardan farqi quyidagilardan iborat: xalqaro tashkilotlar,
odatda, uzok muddatli kreditlar beradi. Xususiy banklar esa, asosan,
qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug'ullanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qaroriga 2-
ilova - “O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to'g'risida” Nizomga
ko'ra, O'zbekiston Respublikasi tomonlardan biri hisoblanadigan xalqaro-
huquqiy hujjatlar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Hukumati
kafolati ostida tuzilgan qarz va kredit shartnomalari bo'yicha yuridik
xulosalar beradi;
xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazadi;
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 526-son qaroriga
2-ilova “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy
investitsiyalar va kreditlar masalalari bo'yicha Idoralararo kengash
to'g'risida” Nizomga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari bo'yicha
Idoralararo kengash (keyingi o'rinlarda "Idoralararo kengash" deb
yuritiladi) xorijiy investitsiyalami jalb etish jarayonlarini faollashtirish,
investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish,
shuningdek Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan
kreditlar va investitsiyalarga xizmat ko'rsatish va ularni jalb etish
mexanizmini takomillashtirish maqsadida tashkil etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004-yil 8-yanvardagi
“Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlari
berilganligi uchun to'lov undirish tartibi to'g'risida” 7-sonli qarori "Xorijdan
mablag' jalb qilish to'g'risida" va "Budjet tizimi to'g'risida"gi O'zbekiston
Respublikasi qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
"Jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi
kafolatlarini berish tartibi to'g'risida" 2003-yil 28-noyabrdagi 534-son
qaroriga muvofiq hamda jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston
Respublikasi kafolatlari berilganligi uchun to'lov undirish mexanizmini
takomillashtirish maqsadida qabul qilingan va ushbu qarorga ilova “Jalb
www.ziyouz.com kutubxonasi
etiladigan xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlari
berilganligi uchun to'lov undirish tartibi to'g'risida” nizom jalb etiladigan
xorijiy kreditlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi kafolatlari berilganligi
uchun to'lov (keyingi o'rinlarda matnda "taqdirlash puli" deb yuritiladi)
undirish tartibini belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-
iyundagi N 267-sonli “Xorijiy kreditlar o'z vaqtida qaytarilishini ta’minlash
chora-tadbirlari to'g'risida” qarori jalb etilgan xorijiy kreditlarning o'z
vaqtida va to'liq qaytarilishini ta’minlash, korxonalarning O'zbekiston
Respublikasi Никитаti kafolati ostida berilgan xorijiy valutadagi kreditlar
bo'yicha o'z majburiyatlarining bajarilishi uchun javobgarligini oshirish
maqsadida qabul qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2002-yil
9-avgust 286-sonli “Kichik va o'rta biznes loyihalarini mablag' bilan
ta’minlash uchun Bank of Nyu-york (AQSH)ning kredit liniyasini jalb
etish va undan foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori AQSH
Eksport-import bankining sug'urta qoplamasi ostida Bank of N’yu-York
tomonidan beriladigan, O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta biznesni
rivojlantirishni yanada rag'batlantirishga yo'naltirilgan kredit liniyasidan
samarali foydalanish maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, qonun hujjatlarida davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki
yuridik shaxs qarz beruvchi bo'ladigan holatlar mavjud. Bunda davlat
zayomi shartnomasi bo'yicha qarz beruvchining qarz oluvchidan unga
qarzga berilgan pul mablag'larini yoki zayom shartlariga bog'liq holda
boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoxud boshqa mulkiy huquqlami
zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda
olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat
qimmatli qog'ozlarini qarz beruvchining sotib olishi yo'li bilan tuziladi.
Kreditlar, shuningdek, hukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda
erkin muomalada bo'ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati
to'lanadigan qarz majburiyatlari ko'rinishida, tasdiqlangan davlat
qimmatli qog'ozlari garovga qo'yilishi sharti bilan berilishi mumkin1.
Yuqorida aytib o'tilganidek, bunday shartnomalar tuzilishm bilan
har ikkala tarafda ham ma’lum bir majburiyatlar paydo bo'ladi. Bunda
majburiyat subyektlari va obyektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda majburiyat subyektlari muayyan
huquqlarga ega bo'lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |