amalga oshirishning elektron usullarini joriy etish yo‘li bilan hisob-kitob
operatsiyalar ini osonlashtirish;
- aholi naqd pulsiz hisob-kitoblarini kengaytirish va h.k.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar iqtisodiy mazmuniga ko'ra tovar va
notovar operatsiyalari bo'yich a hisob-kitoblarga bo'linadi. Tovar
operatsiyalariga realizatsiya qilingan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan
ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar uchun korxonalar, tashkilotlar o'rtasida
amalga oshiriladigan hisob-kitoblar kiradi. Notovar operatsiyalar moliyaviy
majburiyatlar bo'yicha hisob-kitoblar ( budjetga to'lovlar, bank ssudalarini
to'lash, sug'urta to'lovlari va b.)dir‘.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar yetkazib beruvchi bilan xaridor, yetkazib
beruvchi bilan bank, xaridor bilan bank o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy
munosabatlarni aks ettiradi. Shu munosabat bilan naqd pulsiz hisob-
kitoblarga muayyan xususiyatlar xos bo'lib, ular ikki omil bilan bog'liqdir.
Birinchidan, har bir hisob-kitob operatsiyasi uchun ayni bir vaqtda uch
qatnashchi mavjud bo'lishi shart: bank, to'lovchi va oluvchi. Ularning
hisob-kitob munosabatlari sohasidagi o'zaro aloqalari ko'p hollarda fuqarolik-
huquqiy shartnomalari bilan tartibga solinadi. Ikkinchidan, hisob-kitob
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanib,
ushbu munosabatlarda u o'ziga tegishli hukmronlik vakolatlari berilgan
davlat organi sifatida qatnashadi. Shu sababli hisob-kitob operatsiyalarini
amalga oshirish vaqtida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar fuqarolik
huquqi va moliya huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi normalari turli subyektlar o'rtasida shartnoma
majburiyatlarini bajarish vaqtida yuzaga keladigan hisob-kitob operatsiyalarini
tartibga soladi. Fuqarolik - huquqiy shartnomalami tuzish vaqtida ushbu
shartnomalarda tomonlar kelishuvi bo'yicha belgilanadigan hisob-kitoblar
shartlari (shakli, muddatlari va h.k.) ko'zda tutilgan bo'lishi lozim
Hisob-kitob munosabatlari subyektlaridan biri bo'lib, banklar hisob-
kitoblarni tashkil etadi va amalga oshiradi, hisob-kitob operatsiyalarini
amalga oshirish uchun belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazrat qiladi,
zarur asoslar mavjud bo'lgan hollarda esa davlat majbur etish choralarini
ham qoilaydi. Tabiiyki, banklar bilan ularning mijozlari o'rtasidagi
munosabatlarning ushbu guruhi fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga
solinmaydi.
Naqd pulsiz amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni tartibga solishda
asosiy m e’yoriy hujjat O'zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
www.ziyouz.com kutubxonasi
kitoblar to'g'risidagi nizom (Yangi tahriri O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 12-yanvardagi l/4(60)-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan) hisoblanadi. Ushbu hujjat naqd pulsiz hisob-
kitoblarning barcha shakllari bo'yicha pul hisob-kitob hujjatlarini
rasmiylashtirish, hisob-kitob intizomiga rioya etilishini nazorat qilish
va u buzilgan taqdirda ta’sir choralarini qo'llash tartibini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasida elektron to'lovlar tizimi.
O 'zb e k isto n R espublikasida elektron t o 'lo v la r sohasidagi
munosabatlami tartibga solish maqsadida “Elektron to'lovlar to'g'risida”
Qonun qabul qilingan1.
Elektron to'lov bu texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan
va axborot tizimlari xizmiatlaridan foydalangan holda elektron to'lov
hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish. Elektron
to'lov to'lov tizimining subyektlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida
to'lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektron to'lov tizimining turlari:
- banklararo to'lov tizimi - banklar o'rtasidagi elektron to'lovlami
banklaming O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida ochilgan vakillik
hisobvaraqalari orqali amalga oshirish uchun mo'ljallangan.
- bankning ichki to'lov tizimi - bank filiallari va mijozlar o'rtasida
elektron to'lovlarni amalga oshirish, shuningdek banklararo to'lov tizimi
bilan o'zaro harakatda bo'lish uchun mo'ljallangan;
- chakana to'lovlar tizimi - bank kartalari va boshqa elektron
to'lov vositalari qo'llanilgan holda elektron to'lovlarni amalga oshirish
uchun mo'ljallangan. Elek*~on to'lov vositasi uning mazkur chakana
to'lovlar tizimiga mansubligini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan
farqlovchi belgilarga (tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgilariga) ega
bo'lishi kerak.
To'lov tizimining qoidalari bilan beliglangan tarkib va formatdagi
rekvizitlariga ega bo'lgan hamda elektron to'lovlarni amalga oshirish
uchun zarur axborotni o'z ichiga olgan elektron hujjat elektron to'lov
hujjati sanaladi. Elektron to'lov hujjati pul hisob-kitobga doir qog'oz
hujjat asosida yoki elektron to'lov vositasidan foydalangan holda tuziladi
va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Elektron to'lov hujjati pul
hisob-kitob hujjatloariga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: