Konsepsiyada tanlangan tovar bozoridagi ahvol; korxonaning tanlan-gan
biznes sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlari; boshqa bozorga chiqish
imkoniyatlari; bozorga ta’sir o’tkazuvchi qonunchilik, siyosat, demografik holat
kabi omillar aks ettiriladi. Bundan tashqari konsepsiya bahoning o’zgarishi,
inflyasiyaning o’sishi, kapital olib chiqish yoki mahsulot olib kirishni cheklovchi
qonun hujjatlarini qabul qilinishi kabi sharoitlarda, mahsulotni sotishni
ko’paytirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ham o’z ichiga oladi. Ushbu
bo’lim tanlangan biznes yo’nalishi maqsadlari va niyatlarining shakllanishi bilan
yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |