Ma'ruza 4. KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA
BASHORAT QILISH
4.1.
Iqtisodiyotni
modernizasiyalash
sharoitida
biznes-rejalashtirish
korxonani boshqarishdagi muhim qurol sifatida
4.2. Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari.
4.3. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish.
4.4. Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi.
4.5. Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi.
4.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat
qilishning iqtisodiy tabiati va obyektiv zaruriyati
Iqtisodiyot bo’yicha zamonaviy adabiyotlarda va qo’llanmalarda reja-
lashtirishga mo’ljallangan ish yoki ma’lum bir harakatlarni bajarish muddati,
tartibi va ketma-ketligini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh
berilgan. Har bir inson o’z ish kuni, dam olish kuni, bayramlar, yozgi ta’til, to’y va
boshqa tadbirlarni qanday o’tkazishni reja-lashtiradi. Aynan rejalashtirish va
bashorat qilish yo’li bilan korxonalar nimani, kim uchun, qachon va qancha
mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar bilan shartnoma tuzish
yoki kooperasiyani rivojlantirish, zarur bo’lgan moddiy-tovar boyliklari zahirasini
yaratish kabi bir qator masalalarni hal qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tgandan so’ng rejalashtirish bir oz yoddan ko’tarilib
qoldi. Hattoki rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor mexanizmiga to’g’ri
kelmaydi yoki bozor rejalashtirishga ziddir, degan fikrlar ham paydo bo’ldi.
Deyarli har bir korxonaga “yuqoridan” direktiva vazifalari, nazorat raqamlari,
qat’iy normativ va limitlarni belgilab beruvchi rejalashtirish, haqiqatdan ham bozor
mexanizmiga to’g’ri kelmaydi va korxonalarning mustaqilligini yo’qqa chiqaradi.
Shu sababli O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi qonunida,
korxonalarning iste’molchilar talabi, foyda yoki daromad olish nuqtai nazaridan
o’z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi va ishlab chiqarishni rivojlantirish
istiqbollarini belgilab olishi ko’rsatilgan.
Xalq maqollarida aytilganidek, “tog’oradagi suvni ichidagi bola bilan birga
sepib yuborish yaramaydi”. Avvalgi xo’jalik yuritish tizimida mavjud bo’lgan,
“markaz” dan boshqariluvchi markazlashgan rejalashtirishni inkor qilish bilan
rejalashtirishdan umuman voz kechish mumkin emas.
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va
texnologiyalarning optimal varinatlarini tanlaydi, resurslar bilan o’z vaqtida
ta’minlash vazifasini bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni belgilab
beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi. Bundan tashqari,
rejalashtirish ishlab chiqarish zahiralari va raqobatdagi ustunliklardan maksimal
darajada foydalanish, iqtisodiyotdagi yangi oqimlarni anglab olish, korxona
faoliyatidagi kamchiliklarni yo’qotish va turli xil tavakkalchiliklarni kamaytirishga
imkon beradi. Har bir korxonani tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi aynan
rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va
uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab
berishni ifodalaydi. Oxirgi holatda gap korxona faoliyatini bashorat qilish haqida
borishi mumkin. Bashorat qilishni rejalashtirishning boshlanishi va uzoq muddatli
istiqbolga mo’ljallangan davomi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Rejalashtirish va
prognozlashtirish o’zaro aloqada bo’lgan ikkita jarayon bo’lib, xo’jalik faoliyatini
avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori
natijalarga erishish asosida yuritishni ko’zda tutadi.
Rejalashtirish korxona tomonidan bajariluvchi vazifalar muayyanlashtirilgan
rejalarda o’z aksini topadi. Bozor iqtisodiyotida reja “yot unsur” yoki “yuqoridan”
keluvchi buyruq sifatida qabul qilinishi sababli, hozirgi xo’jalik yuritish faoliyatida