Strategik rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga
kelib, 10-14 yillik davrni o’z ichiga oladi. U korxona rahbariyati-ning mas’uliyatli
vazifasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustivor yo’nalishlarini topish va
bozorda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan
ta’minlashga qaratilgan.
Strategik rejalashtirish asosida yaqin 3-4 yilga mo’ljallangan uzoq muddatli
rejalashtirish amalga oshiriladi. U korxona faoliyatining ishlab chiqarish, sotish,
xarajatlar, moliya kabi turlarini o’z ichiga oladi hamda o’z mazmuni va maqsadli
funksiyalariga ko’ra, strategik rejalash-tirishdan farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |