Sun’iy ovqatlantirish texnikasi va uniing asosiy qoidalari.
Sun‘iy ovqatlantirish aralashmalar tayyog‗lashning tavsiya etilgan
texnikasini aniq bajarishni, bolalarni ovqatlantirish qoidasiga qat‘iy rioya qilishni
talab etadi. Ovqatlantirishlar soni bola yoshiga mos ravishda 7—5 marta bo‗lishi
mumkin. Suniy ovqat me‘dada uzoqroq ushlanib qolishi sababli, uni sonini
kamaytirish mumkin.
Bolaga beriladigan ovqat miqdori me‘yog‗ida bo‗lishi kerak, aks holda bola
ortiqcha ovqat yeb qo‗yishi yoki yetarlicha to‗ymasligi mumkin. Sun‘iy
ovqatlantirishda bolalar uchun zarur bo‗ladigan kaloriya miqdori ko‗krak bilan
boqishga nisbatan taxminan 10 % ko‗proqdir, bola hayotining dastlabki
chog‗larida og‗irligining 1 kg ga 135—125 kal, ikkinchi choragi-da 125—115 kal,
uchinchi choragida 115—105 kal, to‗rtinchi choragida 105—95 kkal energiya
olishi to‗g‗ridir.
Sun‘iy ovqatlantiriladigan bolalar olishi kerak bo‗lgan asosiy ozuqa
ingrendientlari tabiiy ovqatdagiga nisbatan o‗rtacha bo‗ladi, ya‘ni oqsil
miqdorining mutloq va nisbiy ortish tomoniga o‗zgaradi. Sigir sutining oqsilga
337
qaraganda to‗laqonligi past, shuning uchun uning organizm tomonidan
o‗zlashtirilishi yuqori darajada emas. Bundan kelib chiqadi--ki 1 kg vaznga to‗g‗ri
keladigan oqsilni 3,0—3,5 g, ba‘zan 4— 4,5 g gacha ko‗tarish kerak, aks holda
hazm jarayoni buzilishi mumkin. Uglevod miqdorini 14—15 g/kg gacha ko‗tarish
mumkin. Ko‗rsatilgan sabablarga ko‗ra 2 haftagacha bo‗lgan bolalarga Speranskiy
aralashmasi buyuriladi, oddiy aralashmalarda, oqsil, yog‗, uglevoddar orasidagi
nisbat 1:3:6 holda ushlab turiladi, keyinchalik oqsil 1:2:4 nisbatda ko‗paytiriladi.
Oqsili kam, lekin ona sutiga yaqin bo‗lgan bir xil aralashma bilan boqib, bolaning
muvaffaqiyatli rivojlanishiga erishish qiyin. Sun‘iy ovqatlanadigan bolalarga
vitaminli yangi meva va sabzavot sharbatlarini ertaroq, ya‘ni 1,5—2 oylik davrdan
boshlab berish lozim. Sun‘iy ovqatlantirishda, avval sutli shishani 40—45Sgacha
qizdiriladi, unga steril rezina so‗rg‗ich kiygiziladi. Ovqatlantirayotganda bolani
tizzaga yotqizib, boshini balandroq ko‗tarib, chap bilak bilan ushlanadi. Bola
karavotda yotganda ham uni ovqatlantirish mumkin. Bunda shishani uning og‗zi
doim sut bilan to‗la bo‗ladigan kilib ushlash kerak, aks holda bola havo yutishi
mumkin, bu esa bolaning qayt qilishiga sabab bo‗ladi.
Sun‘iy ovkatlantirish uchun bolaga 1 aralashma (1—2-kunlar), keyin 2
aralashma — 3—5 % li shakarli suvda paxtane yoki Speranskiy aralashmasi
tayinlash mumkin. Birinchi marta bola tug‗ilganidan 3—3,5 soat o‗tgach, kuniga
6—7 marta, kechasi 6—6,5 soatlik tanaffus bilan ovqatlantiriladi. Bolaga
beriladigan ovqat miqdori kundan-kunga oshirib boriladi.
Bolaning 2 haftaligidan boshlab 6 martalik ovqatlantirishga o‗tiladi, bu esa 2
aralashma bilan amalga oshiriladi, 2—2,5 oygacha ozuqa miqdori asta- sekin
oshirilib, 800—850 ml ga yetkaziladi. 2—2,5 oylikdan boshlab bolaga 3 aralashma
kerak. 4—4,5 oydan oddiy sutning 5—10 % shakarli eritmasiga o‗tish mumkin.
Kunlik miqdor 1 l dan oshmasligi kerak.
Sut va sut mahsulotlarini suyultirilgan kefir bilan almashtirish mumkin. U
bolalar tomonidan yaxshi o‗zlashtiriladi. 2 va 3 aralashmalar yog‗ga tanqis,
shuning uchun ularni buyurganda slivka bilan to‗ldirish tavsiya etiladi. Agar bola
vazni keragidan kam ko‗shilib borsa, ozuqaga davolovchi aralashmalar to‗ldirish
bilan uning kaloriyasi oshiriladi, le-kin hajmi oshirilmasligi kerak. 4—4,5 oylikdan
boshlab bola avval 5 % li, keyin 10 % li manniy bo‗tqa yeyishi kerak. Keyingi
qo‗shimcha ovqatlar tabiiy ovqatlantirish tartibiga o‗xshash bo‗ladi. Oddiy sutli
aralashmalar 2 (B) va 3 (V) ni uy sharoitida ham tayyog‗lash mumkin. Buning
uchun har xil sutli va ozuqa qonservalaridan foydalanish qulay.
Ota-onalarga sharoit yaratish uchun bolalar shifoxonalarida sut oshxonalari
doimiy ishlab turadi. Bu oshxonalarda har xil oddiy va davolovchi aralashmalar va
ko‗shimcha ovqat turlari tayyog‗lanadi. Tayyog‗ mahsulotlar shifoxona retsepti
bilan, bolalar muassasalari (yasli, bolalar uyi, kasalxonalar) ga beriladi. Sut
oshxonalarida ish hajmi ular xizmat qiladigan bolalar va ularga biriktirilgan bolalar
muassa-salari soniga bog‗liq. Ko‗pgina sut oshxonalari o‗z mahsulotlarini yirik
aholi yashaydigan tarqatuv punktlariga yuboradi, ba‘zan yashash joyiga ham eltib
beradi.
Sut oshxonasining ish hajmi o‗rtacha bo‗ladi. U sut qabul qilish xonasi, sut
aralashmasi va sutli bo‗tqa tayyog‗lash uchun 2—3 xona, sabzavot pyuresi va
338
ovqatning qo‗shimcha turlarini tayyog‗lash xonalari, tarkatish va yuvish xonalari
hamda qo‗shimcha yog‗damchi xonalardan iborat bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |