339
BOLALARNI OVQAT INGRADIENTIGA BO‘LGAN TALABI.
yoshi
oqsil
yog‗
uglevod
energiya
Xar bir kg ga gramm hisobida
1 ½ - 3
3,5-4,0
3,5-4,0
15-16
460 kdj
110 kkal/l
4-6
3,0-3,5
3,0-3,5
12-14
377-398
90-95
7-11
2,5-3,0
2,5-3,0
10-12
293-335
70-8
12-15
2,0-2,5
2,0-2,5
7-8
230-272
55-65
1-3 yoshgacha bolalar ratsionida hayvon oqsillari – 75%
4-6 yoshgacha bolalar ratsionida hayvon oqsillari – 65 %
7 va undan kattalar bolalar ratsionida hayvon oqsillari – 50 % tashqil qiladi
Oqsil, yog‗ va uglevodlarni nisbati 1:1:4. Lekin bu ko‗rsatkichlar bolaning
individual xususiyatlari va uning sog‗ligi holatiga qarab o‗zgaradi.
Organizmni rivojlanishi uchun oqsilning miqdori emas, balki uning sifati
ham ahamiyatli. Uning biologik qiymati aminoqislotalar kompleksi bilan
aniklanadi. Eng muhim aminoqislotalar (mg/kg hisobida) gistidin – 32, izoleysin –
90, leysin – 150, lezin – 150, mitionin – 65-85, fenilalanin – 90, treonin – 60, valin
– 93, triptofan-22. Bolaning ozuqa ratsionida aminoqislotalar absolyut miqdori
bilan birga ayrim aminoqislotalarning nisbati ham ahamiyatli. Aniklanishicha,
qabul kilingan aminoqislotalarning 40% almashtirib bo‗lmaydigan aminoqislota
hisobiga qondirilishi kerak. Hayot uchun kerak bo‗lagn aminoqislotalar – triptofan,
lizin, metionin va sistin. Ularning nisbati o‗sish bosqichida 1:3:3 bo‗ladi. Go‗shtda,
balikda, yumshoq pishloqda oqsil miqdori 20%, qattiq pishloqda esa 25-30%.
Kazeinda 85-95%, kuruk yog‗sizlantirilgan sutda 30 %, tvorogda 10%.
Bola ratsionida yog‗ miqdori katta ahamiyatga ega. Shu vaqtgacha bolalar
ratsionida ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar uchun 70% hayvon yog‗i bo‗lish kerak
deb karalardi. Lekin oxirgi yillarda asosiy dikkat to‗yinmagan kislotalarga
karatilgan. Asosan to‗yinmagan yog‗ kislotalari tutuvchi yog‗lar oqsillarni tejash
vazifasini bajaradi. O‗simlik yog‗i bolalar ovqatida umumiy yog‗ miqdorini 10-
15% ni tashqil etishi kerak. Oqsil va yog‗larni umumiy miqdori o‗rtacha 1:1 ga
teng. Ratsion tuzishda asosiy dikkat organizmning sutkalik energetik talabi 60%,
uglevodlar hisobiga qondiriladi. Undan tashqari mineral moddalarga bo‗lgan
extiyojini ham qondirishi kerak. Ozuqa ingradientlarining turli tarkibi bolalarni
sutkalik ratsionida hisobga olinadi. Ayrim oziq-ovqatlar (non, yog‗, sut, go‗sht,
sabzavot, shakar) doimo xar kungi ratsionga kiritiladi, boshqa (smetana, tvorog,
balik) berilmaydi.
Ovqatlantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
Sekin asta turli ozuqalarni kiritish va ma‘lum mikdorda qo‗shib borish
kerak.
Xar bir yangi ozuqa ona tomonidan beriladi.
Xar kuni yangi bir taomni beriladi.
Bolani bir xil idishda ovqatlantirish kerak.
Yangi ovqatlar faqat sog‗ bo‗lganda berilishi kerak.
Yangi ozuqalar asosan bolani qorni juda ochganda beriladi.
340
Do'stlaringiz bilan baham: |