Bolalar kasalliklari propedevtikasi


VITAMINLAR. BOLALARNI TO‘G‘RI RIVOJLANIShI UChUN



Download 5,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/343
Sana31.12.2021
Hajmi5,81 Mb.
#258509
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   343
Bog'liq
bolalar kasalliklari propedevtikasi 2

VITAMINLAR. BOLALARNI TO‘G‘RI RIVOJLANIShI UChUN 
VITAMINLARNING AHAMIChTI. GIPO- VA AVITAMINOZLAR 
SEMIOTIKASI 
Vitaminlar.   Vitamin  yetishmasligi uning organizmga  iste‘mol  miqdoridan 
sarflanayotgan miqdori ortib ketganda kuzatilib dastlabki patologik siljishlarga olib 
keladi  
(modda almashinuvining izidan chiqishi, funksional buzilishlar). 
Organizmda  vitamin  yetishmasligining  darajasiga  va  bu  holatning  davom 
etish  vaqtiga  bog‗liq  ravishda  patologik  jarayon  rivojlanadiki,  uning  aks  etishiga 
qarab gipovitaminoz va avitaminoz holatlari farqlanadi. Xar xil vitaminning gipo- 
va  avitaminozlari  o‗ziga  xos  klinik  bioqimyoviy  ko‗rinishlarga  egaki,  bundan 
tashxis qo‗yishda foydalaniladi. 
Avitaminozlar  uzoq  vaqt  ancha  mikdorda  vitamin  yetishmasligi  evaziga 
yuzaga  chikib,  anik  klinik  ko‗rinishlarda  kechadi  (singa,  raxit,  beri-beri,  pellagra 
va boshqalar). Gipovitaminozlar esa nisbatan qisqa vaqt va kam mikdorda vitamin 
yetishmasligida yuzaga chikadi va nomaxsus klinik ko‗rinishlar bilan tavsiflanadi. 
Lekin organizmda katta bioqimyoviy o‗zgarishlar bilan kechadi (qon va siydikda 
vitaminlar  miqdorining  kamayishi,  vitaminlarga  bog‗liq  fermentlar  faolligini 
o‗zgarishi).  Hozirgi  vaqtda  avitaminozlar  deyarli  yo‗kotilgan  bo‗lsada, 
gipovitaminozlar shifoqorning amaliyotida tez-tez uchrab turadi. 
Ko‗pincha  bir  necha  vitaminlarning  yetishmasligi  kuzatiladi,  lekin  bunda 
biror bir vitamin yetishmasligi kasallik belgilarida asosiy o‗rinni egallaydi. 
Gipo- va avitaminozlarning asosiy sabablari quyidagilar: 
Vitaminlarni  ovqat  bilan  tushishidan  iborat  ekzogen  yoki  birlamchi  sabab. 
Bu sabab ko‗p uchraydi. 
Vitamin o‗zlashtirilishi buzilganda yoki ularga bo‗lgan talab keskin ortganda 
yuzaga  chikadigan  endogen  yoki  ikkilamchi  sabablar  (homiladorlik  stress,  keskin 
jismoniy zo‗riqish, ishlab chikarishning zararli omillari, yuqumli kasalliklar, ichki 
va endoqrin a‘zolarning kasalliklari, intoqsikatsiya va boshqalar). 
Vitaminlar  almashinuvi  va  vazifalarini  irsiy  buzilishdan  iborat  tug‗ma 
sabablar. 
Gipo- va avitaminozlarning sabablarini to‗liqroq holda ko‗rib chikamiz. 
Tayyog‗ ovqatda ba‘zi vitaminlarning kamayishiga asosiy sabablar: 
A)  maxsulotlarni,  ayniqsa  meva  va  sabzavotlarning  noto‗g‗ri  saklash 
natijasida vitaminlar parchalanadi (asosan vitamin S). 
B)  xar  doim  bir  xilda  ovqatlanish,  xususan  ko‗p  vitamin  (S,  RR  va 
boshqalar) tutuvchi meva sabzavotlarning kam iste‘mol qilish; 
V)  maxsulotlarni  ovqat  tayyog‗lash  jixatidan  qayta  ishlanishi qoidalarining 
buzilishi,  kaysiki  bu  qonikarsiz  saklanish  bilan  uygunlikda  tayyog‗  ovqatdagi 
vitaminlar sonining keskin kamayishiga olib keladi; 
G) tayyog‗ ovqatlarni noto‗g‗ri saklash va o‗z vaqtida iste‘mol kilmaslik; 
D) texnologik qayta ishlangan, qonservalangan, natijada vitaminlarning ko‗p 
qismini yo‗qotgan maxsulotlarni iste‘mol qilishning ortishi; 
Ye)  aholining  ko‗pchiligida  energiya  sarfini  keskin  kamayishi  mexnatini 
mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish,  transport  va  kommunal  xizmatning 


 
341 
rivojlanishi  natijasida  kam  ovqatlanish  vitaminlarni  ham  kam  qabul  qilishga  olib 
keladi. Bu ayniqsa aholining organizmi himoya moslashuvi kobiliyatini oshiruvchi 
extiyoji baland, kasbi mexnat va tashqi muxitning zararli ta‘siri, shuningdek asabiy 
ruxiy zo‗riqishlar bilan bog‗liq katlamlari o‗rtasida ancha sezilarlidir; 
J)  dexqonchilik  mineral  o‗g‗itlarni  xaddan  tashqari  ishlatish  tufayli 
yetishtirilgan maxsulotlarda vitaminlar miqdori kamayishi; 
Z)  energiya  sarfini  tozalangan  yuqori  kaloriyali  deyarli  vitaminsiz 
maxsulotlar (qand, oq non, ba‘zi yog‗lar) hisobiga koplash. 
Gipovitaminozlarning  oldini  olishni  asosiy  tadbirlardan  biri  aholi  orasida 
ratsional ovqatlanish haqida tushuntirish ishlari olib borishdir. Ammo bu ish tibbiy 
xodimlar  tomonidan  hali  ham  yetarlicha  amalga  oshirilmayapti,  buning  ustiga 
ovqatlanish  gigienasidan  xabardor  qishilar  ham  maxsulotlardagi  vitaminlarning 
miqdori va qayta ishlanganda yo‗qotiladigan miqdori haqida ko‗rsatmalar yo‗qligi 
tufayli  o‗zining  ovqatlanishini  ratsional  yo‗lga  qo‗ya  olmayapti.  Haligacha 
mamlakatimizda 
oziq 
maxsulotlaridagi 
vitaminlarga 
Davlat 
Standarti 
belgilanmagan, 
qadoqlangan 
tayyog‗  maxsulotlarda  vitaminlar  miqdori 
ko‗rsatilmagan, bu ish qator chet davlatlarda juda yaxshi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, 
sog‗likni saklash ishida katta o‗rin tutadi. 
Yuqoridagi va boshqa ba‘zi sabablar aholi orasida, jumladan bolalar orasida 
ham  gipovitaminozlar  sonining  keskin  ortishiga  olib  keladi.  Bir  qancha 
mintakalarda  (Markaziy  Rossiya,  Garbiy  va  Sharkiy  Sibir,  Ukraina,  Kozogiston, 
Kavkaz,  O‗rta  Osiyo)  mamlakatlari  aholisi  tekshirilganda  vitaminlarga  muxtojlik 
keng  tarkalganligi,  qish  baxor  davrida  esa  kuchayishi  kuzatiladi.  Qish-baxor 
davrida  aholi  guruxlari  orasida  askorbin  kislota  yetishmasligi  tavsiya  kilingan 
me‘yog‗dan 25-75%, V gurux vitaminlari esa 20-60 % ga ortgan. Aholining ba‘zi 
katlamlari  orasida  tekshirilganlarning  80-90  %  yetishmovchilikning  me‘yog‗dan 
ortishi 50-60 % ni tashqil kilgan. 
V
1
  gipovitaminoz  organizmni  vitamin  V
1
  ga  extiyojini  oshiruvchi 
maxsulotlardan  uglevodlarni,  ayniqsa  tozalanganlarini  ko‗p  iste‘mol  qilishda, 
ovqat  maxsulotlarida  vitamin  V
1
  ga  qarshi  omillar  (choy,  kofe,  kora  smorodina) 
bo‗lganda  rivojlanadi.  Ovqatlanishning  surunkali  buzilishiga  duchor  bo‗lgan 
bolalarda gipovitaminoz V
1
 yaqqol rivojlanadi. 
Tiamin  gipovitaminozi  nerv  sistemasining  turli  buzilishlarida  namoyon 
bo‗ladi. 
Oshqozon ichak yo‗li bo‗yicha shikoyatlar bo‗ladi: ishtaxa yo‗qligi, ko‗ngil 
aynashi,  ich  qotishi,  til  kizil  rangda,  kuruk,  so‗rg‗ichlari  bilinmaydigan  bo‗ladi. 
Yurak ritmi o‗zgaradi, arterial bosim pasayadi, ruxiy holat buziladi. 
Yosh  bolalarda  gipertenziya,  yomon  uyku,  mushak  tarangligi,  yig‗loqlik 
kuzatiladi.  Organizm  qarshiligining  pasayishi  oqibatida  yuqumli  kasalliklar 
piodermiya  kelib  chikadi.  Tiamin  yetishmasligini  davolash  va  oldini  olish 
maqsadida  bolalarda  tiamin  preparatilari  yoshiga  qarab  qo‗llaniladi:  tiamin  1 
yoshgacha 
0,005 
g.dan 
kun 
ora  
(40 kun mobaynida), 1-3 yoshda dastlab 0,005 g.dan kun ora (24 kun), keyin 0,01 
g.dan  kun  ora  (16  kun),  3-8  yoshda  0,015  g.dan  kun  ora  (20  kun),  0,3  g.dan  (20 
kun), 
8-16 
yoshda 
0,03 
g.dan  


 
342 
(30  kun).  Koqar  boksilazani  vena  yoki  mushak  orasiga  bir  kunda  0,025-0,05  g. 
mikdorda yuboriladi. 
Askorbin 
kislota 
yetishmasligi. 
1  yoshgacha  bo‗lgan  bolalarda 
gipovitaminoz  S  ga  erta  sun‘iy  va  aralash  ovqatlantirishga  o‗tilishi,  bu  vitamin 
miqdori ona sutidan ko‗ra mol sutida kam bo‗lishi va ratsionga o‗z vaqtida yetarli 
mikdorda meva hamda sabzavotlarni qo‗shmaslik sabab bo‗ladi. 
Gipovitaminoz 

ning 
dastlabki 
belgilari 
birmuncha 
noanik 
qo‗zg‗aluvchanlik,  tez  charchash,  bosh  aylanishi,  taxikardiya,  uykuchanlik. 
Keyinroq  shu  gipovitaminozga  xos  belgilar  rivojlanadi:  qo‗loq,  burun,  lab,  qo‗l, 
tirnoqlar  ko‗karishi,  milkka  salgina  tyog‗ib  ketganda,  ularning  shishib  ketishi  va 
qonashi,  og‗zidan  yoqimsiz  xid  kelishi,  tishlar  qimirlab  qolishi.  Yosh  bolalarda 
anoreksiya  rivojlanadi,  yuqumli  kasalliklarga  qarshiligi  susayadi,  tana  vazni 
yetishmaydi. Terisi kuruk, och qulrang va donador bo‗lib koladi. 
Gipovitaminoz S ni oldini olish ratsional ovqatlanish yo‗li bilan organizmni 
vitamin bilan  yetarli mikdorda ta‘minlashdan iborat.  Ba‘zi  zarur paytlarda  kuchli 
xissiy va jismoniy zo‗riqishlarda qish-baxor davrida askorbin kislotasi dorivorlarni 
qo‗shimcha mikdorda qabul qilish mumkin. 
Qish-baxor  oylarida  homilador  va  emizikli  bolali  onalarga  1-1,5  oy 
davomida  kuniga  200-300  mg.dan  vitamin  S  tavsiya  kilinadi.  Askorbin  kislota 
yetishmasligi  belgilari  yuzaga  chikqanda  sutkalik  talabdan  2-3  marta  ortiq 
mikdorda  vitamin  S belgilanadi,  5-6  xafta  mobaynida, keyinchalik  kunlik  talabga 
o‗tiladi. 

Download 5,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish