142
holatlar 1995-yilgi Meksikada bo‘lgan inqiroz davrida va Osiyo inqirozi davrida
Indoneziyada kuzatilgan.
XVF shuningdek sharqiy osiyo mamlakatlariga nisbatan qattiq siyosat
qo‘llab, iqtisodiy inqiroz davrida moliyaviy sektorda muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan mikroiqtisodiy siyosat o‘rnida makroiqtisodiy siyosat
yuritganlikda ham tanqid qilingan. Ushbu dasturlar asosan rivojlanayotgan
mamlakatlarning XVF talablariga mos kelishi uchun ishlab chiqilgandi. XVF
dasturlari mikro iqtisodiy siyosatda moliyaviy sektorda XVFning samarali tizimni
yaratishda yordam qo‘lini cho‘zish ehtimolini kuchaytiradi.
Tarixan ma‘lumki, so‘ngi chora sifatida beriladigan kreditlar qanchalik erta
berilsa, ularning summasi shunchalik kam bo‘ladi. Ushbu fikrga 1987-yil 19-
oktabrda kapital bozoridagi inqiroz yaqqol misol bo‘la oladi. Kun oxiriga kelib,
qimmatli qog‘ozlarni sotish bilan shug‘ullanadigan firma va mijozlarning
hisobraqamlariga xizmat ko‘rsatish uchun bir necha milliard dollar kerak bo‘ldi.
Ushbu misli ko‘rilmagan holatda banklar ularga kredit berishga unchalik
shoshilmadi. So‘ngi instansiya sifatida chiquvchi XVF kreditga ta‘minot sifatida
Federal rezerv qimmatli qog'ozlar operatsiyalari bilan shug'ullanuvchi firma qarz,
banklar likvidligini ta'minlashini bildirdi. Ushbu holatdan shu xulosa qilinadiki,
Federal rezerv tizimining o‘z vaqtida aralashuvi kapital bozoridagi halokatning
iqtisodiyotga sezilmas ta‘sir ko‘rsatishiga erishildi, Federal rezerv tizimi bo‘yniga
olgan likvidlik esa unchalik ham katta miqdorda emas edi.
Federal rezerv tizimi o‘sha kuni o‘zi so‘ngi instansiyadagi kreditor bo‘lishi
mumkin edi. XVFga rivojlanayotgan mamlakatlarda inqiroz sharoitida ta‘minotni
aniqlashga ko‘p vaqt talab etilishi mumkin. XVFni tashkil etilayotganda, u faqat
mamlakat to‘lov balansida inqiroz sodir bo‘lgandagina kredit berilishi ko‘rib
chiqilgan. Bundan tashqari kreditlash shartlari hukumat bilan muzokaralarda
aniqlashtiriladi. Ko‘rinib turibdiki XVF tomonidan kredit ajratilishi uchun bir
necha oy muddat o‘tib ketadi. Ushbu muddatga kelib, inqiroz anchagina
chuqurlashadi va uni bartaraf etish uchun tanada ko‘p mablag‘ talab etadi, bunda
jamg‘arma resurslaridan oshib ketish holatlari bo‘lgan. Markaziy banklarning
XVFdan ko‘ra tezroq kredit berishiga yana bir sabab, ularda oldindan kelishilgan
holatlar mavjud bo‘ladi. Qarzdor bunday banklar tegishli nazorat sifatida
sharoitlar, javob yoki past byudjet kamomadini ushlab, agar tez mavjud
mablag'larni: avans mablag'larini boshqarish qobiliyatini saqlab qolish uchun
likvidlik tez ta'minlash uchun ehtiyoj oxirgi chora harakat qarz beruvchi uchun bir
xil talablarini ko'rsatadi.
XVFning kredtilash amaliyotidagi yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklar,
rivojlanayotgan mamlakatlarning XVF bilan munosabatlardan uzoqlashuviga olib
keldi. Mamlakatlar qattiq iqtisodiyotning dasturlari talablarini bajarishni
istashmadi, shuningdek ular XVFning inqiroz davridagi mablag‘larni
taqsimlashdagi ushlanib qolishlardan norozi edi. Mamlakatlar XVFga alternativ
sifatida, o‘zlari savdo balansidagi muammolarni bartaraf etish uchun turli xalqaro
rezervlar yarata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: