― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


  Xalqaro  Valyuta  Fondi  va  uning  xalqaro  valyuta-kredit



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

17.2.  Xalqaro  Valyuta  Fondi  va  uning  xalqaro  valyuta-kredit 

munosabatlaridagi faoliyati 

alqaro  Valyuta  Fondi  –  bu  davlatlarga  kredit  beruvchi,  jahon  valyuta 

tizimining faoliyat yuritishi uchun tamoyillar ishlab chiqaruvchi, xalqaro valyuta  - 

kredit  va  moliyaviy  munosabatlarni  xalqaro  boshqarishni  amalga  oshiruvchi 

xalqaro institutdir. 

Xalqaro Valyuta Fondiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlar boshqa a‘zolarni boshqa 

davlatlarning  valyutalariga  nisbatan  milliy  valyutasining  qiymatini  aniqlashda 

qo‘llayotgan  mexanizmi  haqida  ma‘lumot  berishi,  milliy  valyutasini  chet  el 

valyutasiga  ayirboshlashda  cheklovlar  qo‘llashdan  saqlashi  hamda  Xalqaro 

Valyuta  Fondiga  kiruvchi  barcha  davlatlar  hamjamiyatining  milliy  boyligi  va 

holatining  o‘sishiga  asoslangan  iqtisodiy  siyosatni  o‘tkazishi  lozim.  Oldin 

aytilganidek,  Xalqaro  Valyuta  Fondi  o‘z  a‘zolarini  bu  qoidalarga  rioya 

etmasliklariga  majburlay  olmaydi,  ammo  tashkilot  a‘zo-davlatlari  ixtiyoriy 

ravishda  rozi  bo‘lgan  qonun-qoidalarga  rioya  etishlariga  erishish  uchun,  ularga 

ma‘naviy  bosim  o‘tkazishi  mumkin.  Bunda,  Xalqaro  Valyuta  Fondi,  so‘zsiz,     

undan  kredit  olgan  mamlakatga  kuchli  ta‘sir  o‘tkazish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi. 

Agar  davlat  doimiy  ravishda  Xalqaro  Valyuta  Fondi  oldidagi  majburiyatlarini 

bajarmasa,  qolgan  a‘zo-davlatlar  Xalqaro  Valyuta  Fondi  orqali  jinoyatchi-

davlatdan  kredit  olish  huquqini  olib  tashlashlari,  yoki  eng  so‘ngi  chora  sifatida 

davlatga  tashkilotdan  chiqib  ketish  taklifi  bilan  chiqishlari  mumkin.  Ammo, 

odatda,  davlat  Xalqaro  Valyuta  Fondining  umumiy  muammolarini  birgalikda 

echishga intiladi (aks holda u tashkilotga a‘zo bo‘lmagan bo‘lar edi) va har qanday 

bajarilmagan majburiyat a‘zo-davlat tomonidan bartaraf qila olmagan omillar bilan 

tushuntiriladi. 

X

 



139 

 

Turli  davrlarda  a‘zo  mamlakatlar  Xalqaro  Valyuta  Fondi  oldiga  jahonda 



yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiquvchi turli masalalarni qo‘yishgan va tashkilot 

o‘z  huquqlari  doirasida  bu  muammolarni  echishda  mahorat  ko‘rsatgan.  Hozirgi 

davrda  a‘zo  mamlakatlar  Xalqaro  Valyuta  Fondi  oldiga  bir  qator  majburiyatlarni 

qo‘yganlar:  milliy  valyutalarning  ayirboshlanishining  umumiy  tizimi  ustidan 

nazorat olib borish, a‘zo-davlatlarga tizim doirasida yanada chuqurroq hamkorlik 

qilish imkoniyatlarni yaratish uchun iqtisodiyotni qaytadan qurishga kredit berish, 

shuningdek,  boshqa  xizmatlar:  texnik  yordam  ko‘rsatish,  kadrlardan  haqiqiy 

professionallarni tayyorlashda ko‘maklashish va boshqalar. 

Xalqaro  Valyuta  Fondi  quyidagi  maqsadlar  amalga  oshirish  yo‘lida  faoliyat 

olib boradi: 

 valyuta siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish; 

 valyuta siyosati sohasida balanslashtirilgan o‘sishga ko‘maklashish; 

 yuqori  darajadagi  bandlik  va  real  daromadlarni  qo‘lla-quvvatlash  va 

stimullashtirish 

uchun 

jahon 


savdosining 

balanslashtirilgan 

o‘sishini 

mustahkamlash,  iqtisodiy  siyosatning  bosh  maqsadi  sifatida  barcha  a‘zo-

davlatlarning ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish; 

 valyutalar barqarorligini ushlab  turish va a‘zo-davlatlar o‘rtasidagi  valyuta 

munosabatlarini tartiblashtirish, shuningdek, valyutalar devalvatsiyasiga to‘sqinlik 

qilish; 


 ko‘p  tomonlamali  to‘lov  tizimini  yaratishda  qatnashish,  shuningdek, 

valyutalar transfertidagi chegaralarni olib tashlash; 

 a‘zo-davlatlarning  balanslashtirilmagan  to‘lov  balanslarining  likvidatsiyasi 

uchun mablag‘ taklif qilish. 

Bu  masalalarni  echish  uchun  Xalqaro  Valyuta  Fondi tamoyil  va  funktsiyalar 

ishlab chiqdi: 

 boshqarishdan  bosh  tortish  maqsadida  xalqaro  valyuta  tizimi  yoki  valyuta 

kursi bilan manipulyatsiyani ta‘qiqlash; 

 valyuta  inqirozini  tugatish  uchun  valyuta  bozorlarida  interventsiya 

o‘tkazishning majburiyligi; 

 har  bir  mamlakat  uchun  o‘z  siyosatida  hamkorining  manfaatlari 

interventsiyasini hisobga olish majburiyligi. 

Xalqaro Valyuta Fondining quyidagi funktsiyalari mavjud: 

 kelishilgan tartib qoidalar kodeksiga amal qilish (xalqaro valyuta siyosati va 

davlatlararo to‘lov oboroti sohalaridagi hamkorlik); 

 to‘lov balansi taqchilligini bartaraf etish uchun moliyaviy yordam berish; 

 maslahatlar berish va hamkorlik qilish. 

Xalqaro  Valyuta  Fondi  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlariga  a‘zo  bo‘lib  ular 

to‘lov balanslarini hamda tashqi qarularni nazorat qilish ham kira. Xalqaro Valyuta 

Fondining MBRR, PROON, Parij va London klublari ular bilan o‘zaro munosabati 

kengaymoqda. 

To‘lov  balansi  va  tashqi  qarzlarni  nazorat  qilish  sohasida  Xalqaro  Valyuta 

Fondi  a‘zo  bo‘lib  ularga  o‘z  iqtisodiyot  siyosatlarida  ma‘lum  o‘zgartirishlar 

kiritish    sharti  bilan   kreditlar  ajratadi. Kredit  olishdan  oldin  qarzdor  davlat  Fond  

bilan 

moliyaviy-iqtisodiy 



barqarorlashtirish 

dasturini 

kelishadi, 

valyuta 


mablag‘larini berish shu dasturning bajarilishiga bog‘liq holda  qoladi. 


140 

 

Xalqaro Valyuta Fondi bilan bunday dastur va shartnomalarning mavjudligiga 



odatda  davlatlarning    to‘lovga  qobiliyati  to‘g‘risidagi  halqaro  guvohnom  sifatida 

qaraladi. 

Xalqaro  Valyuta  Fondi  qarzlarni  nazorat  qilish  sohasida  Jahon  Banki  bilan 

o‘zaro faol hamkorlik qilmoqda. 

Xalqaro  Valyuta  Fondi  ning  boshqaruvi  shartnoma  moddalariga  mos  holda 

amalga oishriladi. Xalqaro Valyuta Fondining boshqaruv strukturasiga Boshqaruv 

Kengashi,  Vaqtinchalik  Komitet,  Rivojlantirish  Komiteti,  Ijro  etuvchi  Kengash, 

Boshqaruvchi hamda xodimlar kiradi. 

Boshqaruv  Kengashi  –  Xalqaro  Valyuta  Fondining  oliy  boshqaruv  organi 

hisoblanib, unga har bir davlatdan bittadan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchi va 

ularning  o‘rinbosarlari  kiradi.  Odatda  boshqaruvchi  va  ularning  o‘rinbosarlari 

moliya vazirlari yoki Markaziy banklarning boshqaruvchilari bo‘lgani uchun, ular 

o‘z hukumatlari nomidan ish yurita oladilar. Boshqaruv Kengashi yilda bir marta 

sessiya o‘tkazadi, ammo pochta orqali ovoz berish yo‘li bilan qarorlar qabul qilish 

ham  mumkin.  Vaqtinchalik  Komitet  Boshqaruv  Kengashi  a‘zolariga  xalqaro 

valyuta  tizimini  shakllantirish  bo‘yicha  masalalar  borasida  maslahatlar  bersa, 

Xalqaro  Valyuta  Fondi  va  Jahon  bankining  qo‘shma  komiteti  kambag‘al 

davlatlarning ehtiyojlari to‘g‘risida ularga ma‘lumot beradi. 

Vaqtinchalik Komitet – Ijro etuvchi kengashning qarorlarini bajaradi. Xalqaro 

Valyuta  Fondi  ning  boshqaruvchilari,  vazirlari  yoki  boshqa  rasmiy  shaxslardan 

tashkil  topadi  (24  kishidan).  Vaqtinchalik  Komitet  yilda  ikki  marta  yiqiladi  va 

Boshqaruv  Kengashi  oldida  xalqaro  valyuta  tizimining  shakllantirilishi  va 

boshqarilishi  to‘g‘risida  hisobot  beradi,  shuningdek,  shartnoma  moddalariga 

o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar bilan chiqadi. 

Rivojlantirish  Komiteti  ham  24  kishidan:  Xalqaro  Valyuta  Fondi 

boshqaruvchilari, vazirlari yoki rasmiy shaxslardan tashkil topadi, Xalqaro Valyuta 

Fondining  Boshqaruv  Kengashi  oldida  hisobotlar  beradi  va  yo‘l-yo‘riqlar 

ko‘rsatadi. 

Ijro  etuvchi  kengash  –  Xalqaro  Valyuta  Fondining  muhim  bo‘qini  bo‘lib, 

kengash operatsion va administrativ xarakterdagi masalalarni ko‘radi, shuningdek, 

a‘zo-davlatlarga  nisbatan  Fondning  siyosatiga  doir  masalalar  bilan  shug‘ullanadi. 

Ijro etuvchi kengash tarkibiga 24 direktor kiradi, ularning haftada kamida 3 marta 

rasmiy  uchrashuvi  bo‘lib  o‘tadi.  Kengash  direktorlari  Boshqaruv  kengashi  orqali 

a‘zo-davlatlar  tomonidan  oilb  borilayotgan  siyosatni  kuzatib  boradilar.  Hozirgi 

kunda  ijroiya  direktorlaridan  8  tasi  1tadan  davlat  nomidan  ish  olib  boradi: 

Germaniya,  Xitoy,  Rossiya,  Saudiya  Arabistoni,  qo‘shma  qirollik,  qo‘shma 

shtatlar,  Frantsiya  va  Yaponiya.  qolgan  16  ta  ijroiya  direktorlari  mamlakatlar 

guruhi nomidan ish yuritadi. Ijro etuvchi kengash kamdan-kam hollarda qarorlarni 

rasmiy ovoz berish yo‘li bilan qabul qiladi, buning o‘rniga a‘zolar pozitsiyasining 

to‘liq  roziligini  ta‘minlashga  harakat  qilinadi,  bunda  muhim  masalalar  bo‘yicha 

fikrlar to‘qnashuvining minimal darajasiga hamda qabul qilib bo‘lingan qarorlarga 

umumiy tarzda rozi bo‘lishga erishiladi.  

Boshqaruvchi – Ijro etuvchi kengash tomonidan saylanadi hamda Ijro etuvchi 

kengashni  boshqaradi  va  tashkilotning  bosh  personali  hisoblanadi.  Ijro  etuvchi 

kengash  boshqaruvi  ostida  boshqaruvchi    Xalqaro  Valyuta  Fondining  kundalik 



141 

 

faoliyatiga  javob  beradi.  Boshqaruvchi  5  yilga  tayinlanadi  va  keyingi  muddatga 



yana qayta saylanishi mumkin.  

Haftasiga  kamida  3  marta  24  ijro  direktorlari  ning  rasmiy  Boshqaruv 

Kengashi orqali qabul qilingan siyosatining olib borilishini nazorat qiladilar. 

Hozirgi  kunda  8  ijro  direktori  1  tadan  davlatga  ma‘sul:  Germaniya,  Xitoy, 

Rossiya,  Saudiya  Arabiston,  Qo‘shma  Qirollik,  AQSh,  Frantsiya  va  Yaponiya. 

Boshqa 16 ijro direktori  esa qolgan davlatlardan tuzilgan guruhlarga ma‘sul. 




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish