― pul va banklar ‖ fanidan 2017/2018 o‗quv yili uchun mo‗ljallangan


Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o‘rganamiz?



Download 4,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/339
Sana31.12.2021
Hajmi4,72 Mb.
#258318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   339
Bog'liq
pul va banklar

 Monetar siyosat va pullarni nima sababdan o‘rganamiz?  

Pul yoki pul massasi- tovar va xizmatlarga cheklovlarsiz ayirbosh qilinadigan, 

qarz  majburiyatlarini  qoplashda  qo‘llaniladigan  umumiy  qabul  qilingan  to‘lov 

vositasi.  Pul  massasining  hajmi  ko‘pchilik  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  bilan  bog‘liq 

hamda har birimizning va umumiy iqtisodiyotning farovonligida aks etadi. Fanning 

ikkita yakunlovchi qismi iqtisodiyotda pullarning rolini o‘rganishga bag‘ishlangan.  



 Pul va iqtisodiy sikllar 

1981-1982 yillarda AQShda jami tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi 

keskin  kamaydi,  ishsizlik  hamji  esa  (mavjud  bo‘lgan  ishchi  kuchiga  ishsizlar 



sonining  nisbati  foizda)  10  %  gacha  o‘sdi.  1982  yilda  iqtisodiyotda  tez  o‘sish 

boshlandi va 1989 yilga kelib ishsizlik hajmi 5%gacha kamaydi. 1990 yilda sakkiz 

yillik  iqtisodiy  o‘sish  davri  tugadi  va  ishsizlik  soni  yana  7%  gacha  o‘sdi.  1991 

yilda AQSh tarixida eng uzun bo‘lgan jonlanish davri bo‘lib, ishsizlik ko‘rsatkichi 

4%  gacha  pasaydi.  2001  yilning  martida  iqtisodiyotda  faollikning  pasayish  davri 

boshlandi va ishsizlikning hajmi 6%gacha ko‘tarildi. Ishsizlik darajasi 4,4% gacha 

pasayish  orqali  iqtisodiyot  2001  yil  noyabr  oyidan  boshlab  tiklanishni  boshladi. 

2007  yil  dekabr  oyidan  boshlab  iqtisodiyot  retsessiya  holatiga  tushdi  va  2009  yil 

iyun  oyida  iqtisodiyot  sekinlik  bilan  tiklanishdan  oldin  ishsizlik  darajasi  10%dan 

oshib ketdi.  

Nima  sababdan  AQSh  iqtisodiyoti  shunday  keskin  o‘zgarishlarni  boshdan 

kechirdi?  Faktlar  shundan  dalolat  beradiki,  iqtisodiyotda  tovar  va  xizmatlar 

hajmining kamayishi yoki ortishi orqali pullar iqtisodiy tsikllarini shakllantirishda 

asosiy  rolni  o‘ynaydi.  Iqtisodiy  tsikllar  har  birimizning  farovonligimizga  ta‘sir 

ko‘rsatadi.  Masalan,  ishlab  chiqarish  oshsa,  ish  topish  oson  bo‘ladi,  aksincha, 

ishlab chiqarish pasaysa, ish topish qiyinlashishi mumkin. 3-rasmdagi grafik 1950 

yildan  2011  yillar  oralig‘ida  pul  massasining  o‘sishi  dinamikasi  ko‘rsatilgan. 

Shtrixlangan ma‘lumotlar tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmini tushishiga 

to‘g‘ri kelib, retsessiya holatini ko‘rsatadi. Ko‘rishimiz mumkinki, pul massasining 

o‘sishi  iqtisodiy  tsikllarni  xarakatga  keltiruvchi  kuch  ekanligi  retsessiya  sodir 

bo‘lishidan  oldin  pul  massasi  kamayganligida  ko‘ringandir.  Lekin  xar  bir  pul 

massasining  pasayish  davri  iqtisodiy  tushish  davri  bilan  mos  kelmagan.  Ushbu 

fanda pul va monetar siyosat qanday qilib iqtisodiyotga ta‘sir qilishi mumkinligini 

tadqiq qilamiz, shuningdek, pul miqdori va monetar siyosatdagi o‘zgarishlar yalpi 

iqtisodiy  faoliyat  va  inflyatsiyaga  bog‘liqligini  ko‘rsatuvchi  monetar  nazariyani 

o‘rganamiz. 




Download 4,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish