1.3. Moliya bozorlari faoliyati mazmuni.
oliyaviy bozorlar, moliya institutlari va pulga doir munosabatlarda
chigalliklarning yuzaga kelishi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta xavf hisoblanib,
uning iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishiga, siyosiy va saylovlar jarayonlariga katta
ta‘sir ko‘rsatadi. Pul, banklar va moliyaviy bozorlarni o‘rganish ko‘plab mavjud
muammolarni
tushunishga
yordam
beradi.
Avvolo
bu
fanda
bozor
munosabatlarining muhim instrumenti sifatida pulning mohiyati, uning paydo
bo‘lishi, pulning zarurligi, pul bajaradigan funktsiyalar, bozor munosabatlarini
samarali qaror toptirishda pulning roli va ahamiyati kabi masalalarga e‘tibor
qaratiladi. Shuningdek, ushbu fanda mavjud muammolarni ochib berish va ularni
o‘rganish qanchalik darajada ahamiyatli ekanligi ham ko‘rsatib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |