Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot
assotsiatsiyasi (XTA) bilan hamkorlik
1993 yildan boshlab Jahon banki XTTB va XTAning 31 ta loyiha uchun
kreditlar, texnik ko‘maklashish bo‘yicha 31 ta loyihaga grant taqdim etilishini
tasdiqlagan, shundan 14 investitsion loyiha va 28 grant loyihalari amalga oshirildi.
Jahon banki tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi loyihalar va grantlar uchun jami
2592,4 mln. AQSh dollar ajratilgan bo‘lib, uning 969,5 mln. AQSh dollarini
kreditlar tashkil etib, ularning (2015 yil 1 avgust holatiga) 394,4 mln. AQSh dollar
qoplangan. Hozirgi kunda Jahon bankining umumiy qiymati 2036,04 mln. AQSh
dollariga teng bo‘lgan 20 ta loyiha va granti amalga oshirilmoqda.
Jahon bankining loyihalari 2012-2015 yillar strategiyasiga muvofiq
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari - qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, energetika,
suv ta‘minoti, transport, ta‘lim va davlat boshqaruvi yo‘nalishlarida amalga
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishiga oid muhim
loyihalari institutsional kredit, reabilitatsion kredit va moliya institutlarini
rivojlantirishga qaratilgan kreditlar hisoblanadi.
1993 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiy
tuzilmasini qayta tiklash maqsadida texnik ko‘maklashish doirasida umumiy 21
mln. AQSh dollar miqdoridagi kredit shartnomasi (institutsional kredit) imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishga oid asosiy vazifalar
mustaqil ekspertlar tomonidan tijorat banklari tizimini keng qamrovli tahlildan
o‘tkazish va baholash, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning mavjud
tuzilmalarini rivojlantirish, audit, buxgalteriya hisobi va hisobotini yangi tizimga
o‘tkazish, tashqi qarzni boshqarish bo‘linmalarini tashkil etish, banklararo
kompyuter tarmog‘ini yaratishdan iborat edi.
Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston
Respublikasi bank tizimining buxgalteriya hisoboti va auditi isloh qilindi. «Artur
Andersen LLP» audit firmasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti bilan birgalikda 1997 yil aprelidan
beri respublika bank tizimi ishlab kelayotgan buxgalteriya hisobining yangi hisob
rejasini ishlab chiqdi.
153
«Siemens» kompaniyasi tomonidan telekommunikatsiya va kompyuter
uskunalari etkazib berilishi va ularning viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida
o‘rnatilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yagona to‘lov tizimini
yaratishga olib keldi.
«Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi» Qonunning loyihasi ishlab
chiqildi va Markaziy bank tarkibida tashqi qarzni boshqarish uchun mas‘ul bo‘lim
tashkil etildi.
«Deloit & Touche», IDMAG va «Artur Andersen LLP» kompaniyalarining
konsultativ yordami bilan bank tizimini nazorat qilish takomillashtirildi, tijorat
banklarining aktiv va passivlarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, rejalashtirish va
marketing, muammoli qarzlarni boshqarishiga o‘zgarishlar kiritildi.
Reabilitatsion kredit
1995 yil mart oyida XTTB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uchun jami
160 mln. AQSh dollarga teng bo‘lgan reabilitatsion kredit ajratilishi tasdiqlandi.
Reabilitatsion kreditining asosiy vazifalari tarkibiy islohotlar dasturini qo‘llab-
quvvatlash, valyuta bozorini rivojlantirish, milliy valyutaning mustahkamlanishini
ta‘minlash, importni moliyalashtirish uchun chet el valyutasi kamomadligini
kamaytirishdan iborat edi. Kredit malbag‘lari 1996 yil iyun oyiga qadar to‘liq
o‘zlashtirib bo‘lindi, natijada valyuta birjasi ishtirokchilari sonini oshirish yo‘li
bilan valyuta bozori aylanmasi sezilarli ravishda ko‘payishiga xizmat qildi,
savdolarni o‘tkazishning tashkiliy shakllari takomillashtirildi.
Moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kreditlar
1999 yil may oyida XTTB tomonidan jami 25 mln. AQSh dollariga teng
bo‘lgan moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kredit ajratilishi
ma‘qullandi. Loyihani amalga oshirish uchun 1999 yil avgustida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qoshida Moliya sohasini rivojlantirish agentligi
tashkil etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi tijorat banklarini institutsional jihatdan
mustahkamlash, bank tizimi me‘yoriy-huquqiy bazasini yaxshilash, axborot
tizimini takomillashtirish, banklarni xususiylashtirish va qayta tashkil etish edi.
Bank tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash uchun:
6
tijorat
bankiga
(O‘zsanoatqurilishbank,
O‘zuyjoyjamg‘armabank
(Ipotekabank), Asakabank, Paxtabank (Agrobank), Hamkorbank va Ipak Yo‘li
banki)ga strategik va biznesni rejalashtirish, kredit va g‘aznachilik
tavakkalchiliklarini boshqarish, buxgalteriya hisobi, boshqaruv axborot tizimi va
ichki audit masalalarida texnik yordam ko‘rsatildi.
Tijorat banklarining mutaxassislari uchun buxgalteriya hisobini xalqaro
standartlar asosida yuritish, ichki audit va nazorat, avtomatlashtirilgan kredit tahlili
va boshqaruv axborot tizimi yo‘nalishlarida turkum o‘quvlar tashkil etildi.
Ichki audit mutaxassislari bilan birgalikda 11 tijorat bankining asosiy
boshqarmalari sinov auditidan o‘tkazildi va ichki audit xizmatini yaxshilash uchun
zarur tavsiyalar berildi hamda ichki auditni o‘tkazishga doir kerakli yo‘riqnomalar
ishlab chiqildi.
Texnik ko‘mak, shuningdek, bank tizimining me‘yoriy-huquqiy bazasini
takomillashtirishga ham berildi. To‘rt asosiy yo‘nalish (garov mulkini suddan
154
tashqari undirish, banklarni tugatish, bank xoldinglari va nobank kredit
institutlarini tashkil etish) qonun loyihalari ishlab chiqildi.
Loyihaning eng yirik yo‘nalishi bank tizimining telekommunikatsiya
tarmog‘ini modernizatsiyalash va to‘lov tizimini takomillashtirish edi. To‘lov
tizimining yangi tizimi hisob-kitoblarni real vaqt rejimida olib borishga sharoit
yaratdi, natijada banklar faoliyati samaradorligi sezilarli darajada ortdi va
tavakkalchiliklarini minimal darajaga tushirishga imkon berdi. Tijorat banklari va
Markaziy bankni bog‘lab turadigan telekommunikatsiya tarmog‘i yagona balans
taqdim etilishini ta‘minlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |