149
zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan
hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 21 sentyabrida Xalqaro
valyuta fondining a‘zosi bo‘ldi. O‘zbekistonning XVFdagi kvotasi 275,6
mln. SDRni tashkil etadi.
Ovoz berishda O‘zbekiston Respublikasi Koreya, Avstraliya, Yangi
Zelandiya, Papua-Yangi Gvineya, Mongoliya, Vanuatu, Solomon orollari,
Samoa, Seyshel orollari, Palau, Mikroneziya, Marshal orollari, Kiribatti, Tuvalu
kabi 15 ta davlat guruhiga kiradi.
XVFning O‘zbekistonda vakolatxonasi 1993 yilning sentyabridan ish
boshladi.
XVF bilan hamkorlik asosan moliya sektorini rivojlantirish va makroiqtisodiy
islohotlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
1995-1996 yillar mobaynida XVF O‘zbekiston Respublikasiga umumiy
qiymati 165,2 mln. SDR bo‘lgan kredit ajratdi, jumladan 99,75 mln. SDR
tuzilmaviy qayta o‘zgartirish mexanizmlari va 65,45 mln. SDR – «Stend-bay»
kreditlarini tashkil etdi.
Ushbu kredit liniyalari tarkibiy va institutsional islohotlarni amalga oshirish
va iqtisodiyotda bozor munosabatlarini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini
qo‘llab-quvvatlashi yo‘naltirildi. Moliyaviy sohaga ajratilgan mablag‘lar ichki
valyuta bozoridagi operatsiyalarni kengaytirish, bank tizimi qonunchiligi va to‘lov
tizimini takomillashtirishga qaratilgan edi.
2001 yilning sentyabr va 2006 yilning fevral oylarida «Stend-bay» va
tuzilmaviy qayta o‘zgartirish kreditlari bo‘yicha oxirgi to‘lovlar amalga oshirildi,
natijada O‘zbekiston Respublikasining XVF oldidagi kredit qaytishi bo‘yicha
majburiyatlari to‘liq bajarildi.
2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy bank va XVFning
hamkorligi jarayonida so‘mning ayirboshlashi va O‘zbekiston bilan XVF
o‘rtasidagi Kelishuvning VIII moddasida ko‘zda tutilgan «Iqtisodiy va moliyaviy
siyosat bo‘yicha Memorandum» va «Joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy
valyutani ayirboshlashni ta‘minlash ish rejasi» ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
O‘zbekiston va XVF o‘rtasidagi konstruktiv muloqot Ish rejasida ko‘zda
tutilgan barcha choralarni bajarishga yordam berdi, natijada 2003 yilning 15
oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar
bo‘yicha milliy valyutani ayirboshlashini ta‘minlash borasidagi VIII moddaning
2(a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘yicha majburiyatni olishga erishildi.
Oxirgi yillarda XVF turli yo‘nalishlar bo‘yicha texnik ko‘maklashuvni
amalga oshirib keldi. Ulardan biri Markaziy bankka bank tizimida korporativ
boshqaruvni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha
ko‘rsatilgan yordamdir.
XVFning tavsiyalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan «Tijorat banklarining kapital adekvatliligiga bo‘lgan talablar
to‘g‘risida», «Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan rezervlarni shakllantirish va
foydalanish, aktivlar sifatini klassifikatsiyalash», «Tijorat bankning likvidlilik
boshqaruviga bo‘lgan talablar to‘g‘risida», «Banklar va ularga tegishli shaxslar
o‘rtasidagi bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risida» va «Bir qarzdorning yoki o‘zaro
Do'stlaringiz bilan baham: