Tarvuz urug‘lari. Tarvuzdan murabbo, sukatlar, tarvuz asali,
sharbatlar, meva puresi ishlab chiqarishda chiqindi sifatida tarvuz
urug‘lari hosil bo‘ladi.
Tarvuzning – tarkibida 0,7% dan 3,5% gacha urug‘ bo‘ladi.
Tar vuz urug‘larining qobig‘i mexanik mustahkamligining yuqo-
riligi va uglevodlarga boyligi bilan ajralib turadi. Urug‘larning
kimyoviy tarkibi: suv 7–10%; lipidlar 21–23%; oqsil (Nx6,25) 18–
27%; kletchatka 38–54%; saxaroza 1,0% gacha; kraxmal 8–9%;
kullar 2,4–2,5%.
Urug‘larning sifati tarvuzlarning yetilganlik darajasi va
urug‘larni mevadan ajratib olish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Tar-
vuz urug‘larida mag‘iz miqdori 44–46%, mag‘zining moyliligi
48–51%, qobig‘i 9–11%. Urug‘larning uzunligi 8–10 mm, kengli-
gi 5–8 mm, qalinligi 2–3 mm. Urug‘larning absolut massasi 100–
105 g, uyum zichligi 460–470 mg/m
3
.
Tarvuz yog‘i to‘q sariq rangda, hidsiz. U asosan ozuqaviy
maqsadlar uchun ishlatiladi. Moysizlantirilgan urug‘lar chorva
ozuqasi uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |