www.ziyouz.com kutubxonasi
10
kelib: «Boshpanasiz, bir amallab jon saqlab yurgan bir g’arib-da... Xo’jalikning dalada beradigan issiq
ovqati bo’lmasa, tentirab ketib qolarmidi... o’ziyam, qo’ydek yuvosh ekan...» — deb achinib
gapirishardi. Bora-bora kishilar Doniyorga ko’nikib qolishdi shekilli, uni boshqa gap qilmaydigan
bo’lishdi. Odamlarning u bilan ishi bo’lmay qo’ydi.
Ertasi saharlab Doniyor ikkalamiz otlarni xir-monga olib keldik: shu payt Jamila yangam kelib
qoldi. U bizni ko’rishi bilan uzoqdan qichqirdi.
— Ey, kichkina bola, qaysisi mening otlarim, bu yoqqa haydab kel! Xomutlari qani? — deb umri
bo’yi aravakashlik qilgan odamdek, g’ildiraklari joyidamikin degandek tepib ko’rar, u yoq-bu yog’ini
sinchiklab ko’zdan kechirardi. Biz Doniyor bilan otlarni yetaklab, xirmonga yaqinlashib kelganimizda,
ikkalamizning aftu angorimiz Jamilaga g’alati ko’rindi shekilli, u bir kulimsirab qo’ydi. Doniyorning
uzun va oriq oyoqlaridan qo’nji keng soldatcha etiklari chiqib ketgudek bo’lib shalvirab turardi, men
boisam, qorayib, toshdek qotib ketgan oyoqlarim bilan otni niqtab kelardim.
— O’xshatmaguncha uchratmas, deganlaridek juda topishibsizlar-ku. — Shu-shu go’yo bizning
jilovimizni qo’liga olgandek, u buyruq qilaverdi: — Qani, tez-tez bolinglar, urushda turish yo’q,
ertaroq salqinda jo’nay qolaylik, — deb otlarini aravaga qo’sha boshladi.
Jamila, Doniyorning bori ham, yo’g’i ham bilinmaydi, degandek, uni nazariga ilmasdi. Gapirishsa
ham men bilan gaplashardi. U bizdan qolishmay yelib-yugurib ishlardi. Jamiladagi bu jasorat, ayniqsa
o’zini katta olib gapirishi Doniyorga qattiq tekkandek boidi. Doniyor chakkasi tirishib, uni ham
yoqtirmagandek, ham hayratda qolgandek, tumshayib teskari burilib oldi. Jamila buni payqagani ham
yo’q. Doniyor tarozi ustidagi qoplardan birini indamay dast ko’tarib aravasiga tashlaganda, Jamila
unga yopisha ketdi:
— Bu nima qiliq, har kim o’z bilganicha ishlayveradimi? Qani, qo’lingni ber, qo’llashganni xudo
qoilaydi! Hoy kichkina bola, aravaga chiq, qoplarni joylashtir!
Jamila Doniyorning qolidan shartta ushlab, qopni ikkovlashib ko’targanida, Doniyor uyalganidan
qip-qizarib ketdi. Shundan keyin ham ular qoplarni qo’llashib ko’tarib bosishdi, qo’llari bir-biriga
chirmashib, qop ustidan asta sirpanib tusharkan, Doni-yor o’ng’aysizlanib unga qaramaslikka harakat
qilardi. Jamila boisa parvoyifalak, har safar tarozibon xotinning yoniga kelganida, u bilan hazil-huzul
qilib, hiring-hiring kulishardi. Jo’nash oldidagina u ko’zini bir qisib qo’yib, Doniyorga:
— Hoy yigit, isming nima, Doniyormidi, ko’rinishdan erkakka o’xshaysan-ku, qani yo’l boshla! —
dedi.
Doniyor bu safar ham miq etmadi, Jamilaga cho’chigandek bir qarab qo’ydi-da, aravani haydab
ketdi. «Obbo sho’ring qurg’ur-ey, muncha uyalmasang!» — deb achinib qo’ydim unga.
Yo’l olis, dashtdan yigirma chaqirimcha yo’l bosib, Qoratog’ darasidan o’tib, stansiyaga borish
kerak.
Shunisi yaxshiki, xirmondan to stansiyagacha yol qiyalab boradi, otlarga ham ancha yengil edi.
Ulug’tog’ tog’ining etagidagi ko’m-ko’k daraxtlar ichiga ko’milgan ovulimiz to daradan chiqib
ketguncha, xuddi kaftdagidek aniq ko’rinib turardi. Daraning etagidan esa temir yol kesib o’tadi.
Shunday qilib, biz har kuni stansiyaga g’alla tashib yurdik. Ovuldan ertalab cliqib, stansiyaga
peshinda yetib boramiz. Taqir yo’ldagi shag’al arava g’ildiraklari ostida g’ichirlardi. Kun isigan sayin
otlarning yag’rinlaridan ter quyilib oqardi...
Saratonning jazirama quyoshi hammayoqni qovjiratib kuydiradi. Stansiyaga kelsang ot-aravaning
ko’pligidan qadam bosolmaysan. Tog’ etagidagi uzoq xo’jaliklardan eshak va ho’kizlarga g’alla ortib
kelgan bolalar bilan xotinlarning kiyimlari terdan sho’ri chiqib, chang bosgan betlari qorayib kuyib,
shamoldan lablari yorilib, yalangoyoq, yalangbosh horib-tolib kelardilar. Zagotzernoning hovlisi qiy-
chuv bo’lib, uning darvozasiga: «Hamma g’alla front uchun!» degan shior yozib qo’yilgandi. Paxsa
bilan aylantirib olingan pasqam hovlining tashqarisida vagonlarni bir-biriga ulab yurgan parovoz
qaynoq bug’ chiqarib, qumursqadek tinmay harakat qilardi. Sal naridan poyezdlar quloqni kar qilgudek
darajada bo’kirishib o’tishadi. Xuddi darvoza oldiga cho’ktirilgan tuyalar o’rnidan turgisi kelmay, jini
Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |