2108-gurux Xamraliyeva Jamila
Mavzu: 15 £ LINGVISTIK TADQIQOT METODLARI
Metod so’zining ma’nosi?
(grekchadan tadqiqot, o’rganish)
Metodika nima?
(bilish usulida qo’llaniladigan yo’l-yo’riqlar)
Umumiy metodologiya nima?
(falsafiy bilish metodining muayyan fan doirasida aniq qo‘llanishi)
Xususiy metodologiya nima?
(u yoki bu fan tarmog‘iga xos tadqiqot metodlari haqidagi ta’limotdir)
Har bir metod o’z ichiga qanday usullarni qamrab oladi?
(kuzatish, dalillarni to‘plash, ularni o‘rganish, qiyoslash, chog‘ishtirish, fikrlarni umumlashtirish, anketa so‘rovnoma va tajriba-sinov o‘tkazish, natijalarni statistik tahlil qilish, xulosalash)
Diaxron tadqiqot metodlari nima bilan tavsiflanadi?
(vaqt-zamon belgisining mavjudligi, ya’ni uzoq o’tmish bilan bog’lanishi)
Tavsifiy metod nima?
(sinxron analiz metodi bo‘lib, obyektni (matnni) turgan holatida berilgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi.)
Komponent tahlil qanday usulda o’rganadi?
(unda matn gaplarga, gaplar so‘zlarga, so‘zlar morfemalarga, morfemalar esa fonemalarga ajratilib tahlil qilinadi.)
Kontekstual tahlilda qanday usulda o’rganadi?
(umumlashma xulosalar chiqarishga xizmat qiladi)
Ijtimoiy-sotsiologik usul qanday usulda o’rganadi?
(so‘zlarni mavzu bo’yicha guruhlash, lingvistik-jug‘rofiy o‘rni, mavqeyi, me’yoriy-uslubiy xususiyatlarni o‘rganadi.)
Talaffuz-akustik usul orqali nima o’rganiladi?
(nutq tovushlarining talaffuz-eshitilish xususiyatlari, fonetik hodisalar tahlili o‘rganiladi)
Pnevmatik usulda nimalar aniqlanadi?
(talaffuz jarayonidagi nutq a’zolari harakati, havo oqimining og‘iz, burun va bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi harakati natijasida hosil bo‘luvchi og‘iz, tovush va shovqinlarning o‘zgarishi aniqlanadi.)
Elektroakustik usul nimalarni o’rganadi?
(nutq faoliyatidagi tovushlarni, ularga xos turlicha xususiyatlarni (cho‘ziqlik, qisqalik, baland-pastlik, ohangdorlik, shovqin) tavsiflaydi.)
Distributiv tahlil usulida nima o’rganiladi?
(til va nutq birliklari (fonema, morfema, leksema, so‘z va so‘z birikmalari)ning joylashish o‘rni, oldinma-ketin kelishi, o‘rganiladi.)
Morfologik distributsiya nima?
(bu bir so‘z turkumini boshqa so‘z turkumlari bilan munosobatga kira olishidir (sifat va ot, ravish va fe’l, artikllar va ot va hakozo). Bunda morfemalar aniqlanib, ularning aloqalari talqin qilinadi, izohlanadi.)
Leksik-semantik distributsiya nima?
(til elementlarining ma’no jihatidan o‘zaro aloqa qilish qobiliyatidir.)
Sintaktik distributsiya nima ?
(gap bo‘lakarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va munosabatidir.)
Qiyosiy-chog‘ishtirish metodi deb nimaga aytiladi?
(Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni qiyoslashga)
Qiyoslash uchun qanday tillardan foydalaniladi?
(faqat qarindosh tillardan - genetik tenglikka ega bo‘lgan tillardangina)
Statistik tahlil metodi?
(lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |