Microsoft Word jamila chingiz aytmatov ziyouz com doc



Download 173,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/30
Sana31.12.2021
Hajmi173,09 Kb.
#255515
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Jamila



Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

1

Chingiz Aytmatov 



 

JAMILA 

 

Qissa 



 

G’afur G’ulom nomidagi 

nashriyot-matbaa ijodiy uyi 

2005 


 

 

 



Har gal safarga chiqishim oldidan kichkina yog’och ramkaga solingan surat oldida turish menga 

odat bo’lib qolgandi. Ertaga ovulga jo’nashim kerak. Mana, hozir ham o’sha suratga tikilib, go’yo 

undan oq yo’l tilayotgandek ko’zimni uzolmay, uzoq termilib qoldim. 

Suratni hali biron marta ham ko’rgazmaga qo’yganim yo’q. Ovuldan qavm-qarindoshlarim 

kelishganida ko’rib qolishmasin, deb yashirib qo’yaman. Demak, suratda biror nojo’ya narsa 

tasvirlangan ekan, deb o’ylamang tag’in, uning iymanadigan, shuningdek, bu bir nodir asar, «ko’z 

tegadi» deydigan hech joyi ham yo’q, shunchaki o’rgamchikka chizilgan bir surat. Unda oddiy dala 

manzarasining aynan tasviri berilgan, xolos. 

Suratning orqa planida so’lg’in kuz osmonining chekkalari oqarib ko’rinadi. Shamol parqu 

bulutlarni uzoq-uzoqlarga, qorayib ko’ringan tog’ cho’qqilari sari haydab borardi. Suratning old 

qismida sarg’ish libos kiygan bepoyon dala, keng daryo tasvirlangan. Yog’in-sochindan keyin 

po’rsillab yotgan, chekkalaridagi qamishlar bir-biriga ayqashib ketgan yo’lda ikki yo’lovchining oyoq 

izlari ko’zga tashlanadi. Yo’lovchilar uzoqlashgan sayin, oyoq izlari xiralasha boradi, go’yo yana bir-

ikki qadam yurishsa ramkadan chiqib ketadigandek tuyulardi. Ha, aytmoqchi, yo’lovchilardan biri... 

Keling, bir boshdan gapirib bera qolay. 

Bu voqea bolaligimda yuz bergan edi. Ikkinchi jahon urushi uchinchi yilga qadam qo’ygan, 

ayniqsa Kursk bilan Oryol ostonalarida dahshatli janglar borardi. O’shanda biz bir gala o’spirin bolalar 

xo’jalikda ekin sug’orib, arava haydab, o’t o’rib yurar edik, xullas, urushga ketgan erkaklarning og’ir 

mehnati bizning zimmamizga tushgan edi. 

Ayniqsa, hosil yig’im-terimida haftalab uy betini ko’rmasdik, kechayu kunduz xirmonda bo’lardik 

yoki stansiyaga g’alla tashirdik. 

Stansiyaga qatnab yurib, ko’pdan beri uydagilarni ko’rmaganim uchun o’roqning ayni qizigan, 

saraton kunlarining birida yo’l-yo’lakay uyga kirib o’tay, deb bo’sh aravamni yo’ldan burdim. 

Biz azaldan ko’chaning boshidagi yonma-yon tushgan ikki uyda turardik. Ularning balandligi uch 

metrcha keladigan. devorlari juda pishiq qurilgan bo’lib, daryo tomoni daraxtlar bilan o’ralgan hovli 

bizniki edi. Men katta uyning o’g’li edim. Akalarim urushga ketgan, ulardan xat-xabar yo’q edi. 

Ikkalasi ham balog’atga yetib, ayni uylanadigan vaqtda ketishgan. Keksa otam — duradgor-usta. Tong 

saharda namozini o’qirdi-da, ustaxonaga jo’nardi, shu ketganicha qosh qorayganda kelardi. 

Xo’jalikdagi barcha aravalar uning qo’lidan o’tardi. Uyda onam bilan singilcham qolardi, xolos. 

Berigi kichik uyda esa yaqin qarindoshlarimiz turishardi. Qarindoshimiz deyishimning boisi, 

oradan ikki-uch avlod o’tib ketgan bo’lsa ham, ular bilan azaldan mol-jonimiz bir edi. Ota-bobolarimiz 

birga ko’chib, birga qo’nib, juda ahil yashagan ekan, bu odatni muqaddas bilib, biz ham oraga sovuqlik 

tushirmay, apoq-chapoq bo’lib kelardik. Jamoa xo’jaligi tuzilganda otalarimiz bir joyda 

o’troqlashganlar. Bugina emas, ikki suv o’rtasidagi Orol ko’chada turuvchiarning hammasi bir otaning 

farzandlari edi. 



Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov 

 

 




Download 173,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish