www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Yon-atrofdagi odamlar:
— E, bu qanday shaddod kelin o’zi! Tushganiga hech qancha vaqt bo’lmay, tilidan zahar sochadi-
ya! — deganlarida, oyim:
— Mayli, shunisi yaxshi! Kelinimiz ochiq-yoriq, sira bo’sh kelmaydi... Ana shunday ko’nglida kiri
yo’q odam yaxshi, indamay yurgan pismiqlardan qo’rqish kerak, hamma fisq-fasod o’shalardan
chiqadi, — deb javob qaytarardi.
Otam bilan haligi «ishchan» degan oyim boshqa qaynota, qaynonalardek Jamilani turtmay,
so’kmay, aksincha, o’z farzandlaridek erkalatishib: «Xudo ishqilib o’ziga insof bersin, to’g’ri yurib,
to’g’ri tursa bo’lgani!» — deyishardi. Ular voyaga yetgan to’rt o’g’ilarini harbiyga jo’natishib, ikki
xonadondagi yakkayu yagona kelinini ranjitishadimi? Biroq men oyimning ba'zi ishlariga hayron
qolardim. Boshqalarni qo’yib turaylik, oyim birovlarning qo’liga qaraydigan ayollardan emas edi. Har
yili kuz kelishi bilan odati bo’yicha otam tayyorlagan olti qanotli qora o’tovni tikib, archa tutatardi.
Bizlarni chizgan chizig’idan chiqmaydigan qilib tarbiyalab, hargiz ikki oilaning boshini qovushtirib
kelardi. Oyimning aytgani-aytgan, degani-degan edi. Ammo Jamila oramizda ajralib turardi. To’g’ri, u
kampirlardan biroz tortinar, ularning hurmatini joyiga qo’yar, biroq ovuldagi ko’pchilik kelinlardek
indamay boshini quyi solib o’tirmas yoki teskari qarab po’ng’illamas, ko’nglida borini yashirib
o’tirmay, shartta gapirib qo’ya qolar edi. Gaplari o’rinli bo’lsa, oyim uni ko’pincha ma'quliar, lekin
o’shanda ham o’z gapini ikki qilmasdi. Nazarimda, oyim uni bir so’zligi, to’g’riligi uchun o’ziga yaqin
tutar, kelajakda uni ikki xonadonning boshini qovushtirib, ro’zg’orning rizq-barakasini o’zidek saqlay
oladigan uddaburon o’rinbosar qilib qoldirish niyatida bo’lsa kerak.
— Xudoga shukr, tagli-joyli yerga tushding, bolam. Bu ham bo’lsa sening baxting, buni sira ham
yodingdan chiqarma. Xotin degan tangrining berganiga shukr qilib, ro’zg’orida birini ikki qilib yursa,
shuning o’zi katta davlat. Biz chol-kampir topgan-tutganimizni o’zimiz bilan birga go’rga olib
ketarmidik... O’z qadr-qimmatingni bilsang, sira kam bo’lmaysan, doim martabang baland bo’ladi,
bolam, — deb eslatib turardi. To’g’ri, chol-kampirlarning cho’chiganicha bor edi: Jamila juda sho’x,
yosh bolaga o’xshardi. Bir qara-sangiz o’zidan-o’zi kampirlarga suykalib erkalanar, yo bo’lmasa
birdan qah-qah urib kular, yoki ko’chadan kirib kelayotganida xuddi yosh qizchalardek ariqdan
lorsillab sakrab o’tar, yoxud o’zicha xirgoyi qiiib yurardi. Kampirlar Jamilaning bu qiliqlarini
o’zlaricha gap qilib: «Hali bola-da, bora-bora quyulib qoladi» deb qo’yishardi.
Menga bo’lsa yangamning shunaqaligi yoqardi. Ba'zida ikkivomiz olishib, kurashib, quvlashib ham
ketaverardik.
Jamila sarvqomat, bejirim ayol edi. Ikki o’rim qora sochini boshiga chambarak qilib o’rib, ustidan
tang’ib olgan oppoq durrasi uning bug’doyrang kulcha yuziga shunday yarashib tushar ediki, asti
qo’yaverasiz! Jamila kulganda uning shahlo ko’zlarida navqiron yoshlik barq urar, shunda u beixtiyor
qaddini rostlab, ovulning sho’x laparlarini kuylab yuborardi. Ovuldagi yigitlar, ayniqsa frontdan qaytib
kelgan yigitlarning Jamilani ko’z ostiga olishib, tegishib yurganlarini necha bor payqardim.
Hangomatalab yangam ular bilan bemalol hazil-huzul qilishardi-yu, biroq haddidan oshganlarning
ta'zirini berib qo’yardi. Bari bir bu mening izzat-nafsimga qattiq tegar, yangamni rashk qilardim.
Shuning uchun ham haligi “bezorilarga” o’zimni ko’rsatib qo’yay deb: «Hoy, bilib qo’yinglar, bu
mening yangam bo’ladi-ya, ko’p pashshaxo’rda boiavermanglar* degandek, ularning so’zini shartta
bo’lib, viqor bilan xo’mrayib qarardim.
«Endi mma qildik, buning yangasi ekan-ku!» deb yigitlar masxara qilib kulishganida, qizarib-
bo’zarib, azbaroyi xo’rligim kelganidan yig’lab yuboray derdim. Buni sezgan yangam xursand bo’lib,
kulgidan o’zini tiyolmay jilmayib: «Ishlaring bo’lmasin, nima, yanga degan yerda qolibdimi? Yur
ketdik, qayinim!» deb ularning battar qitig’iga tegar, so’ngra boshini mag’rur ko’targancha dadil
qadam tashlab ketardi. U yigitlarning ta'zirini berganidan ham xursand bo’lib, ham o’ziga xo’rligi
kelib, menga qarab bir kulimsirab qo’yardi. Balki u: «E tentak, yangamga ko’z-quloq bolaman
deysanmi? Agar buzilaman desam, ming ko’z-quloq boisang ham buzilaman. Axir men chumchuq
Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |