A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Buzish qurollaridan qolgan izlarning hosil bo‘lishi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126
2. Buzish qurollaridan qolgan izlarning hosil bo‘lishi 
 
Trasologiyada qabul qilingan tasniflashga ko‘ra, buzish qurollarining 
mexanik izlari statik va dinamik izlarga bo‘linadi. Ularning hosil bo‘lish 
mexanizmini ko‘rib chiqamiz. 
Statik izlar buzish quroliga kuch bilan ta’sir etishda iz hosil bo‘luvchi 
yuzaga nisbatan perpendikular (qiya) yo‘nalishda harakatlanishi natijasida 
hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda buzish qurolining ta’sir qiluvchi yuzasi 
mazkur yuzada iz qoldiradi, ya’ni iz hosil qiluvchi moslamalarning 
muayyan nuqtalari iz hosil qiluvchi obyektning muayyan nuqtalarida aks 
etadi. Shunday qilib, qurol belgilari o‘ziga o‘xshash nuqtali akslanishga 
ega bo‘ladi; ya’ni buzish qurolidagi har bir shartli nuqta izdagi muayyan 
nuqtaga to‘g‘ri keladi. Mazkur izlar ko‘pincha urish, teshish, richagli 
buzish qurollari bilan ta’sir qilishda paydo bo‘ladi. 
Statik izlar hajmli va yuzaki bo‘lishi mumkin. Hajmli izlar buzish 
quroli bilan o‘zaro ta’sirga kiruvchi obyektga qaraganda qattiqroq 
bo‘lganda, iz hosil bo‘lish kuchi oxirgisining materialidan pishiqroq 
bo‘lganda yuzaga keladi. Bunda buyum plastik deformatsiya holatiga 


 110 
o‘tadi hamda  muayyan deformatsiyalangan holatda buzish quroli bilan 
o‘zaro ta’siridan hosil bo‘lgan relyefni o‘zida aks ettiradi va ta’sir 
tugagandan so‘ng, u buzish qurolining shaklini o‘zida saqlab qoladi. 
Bunda qurolning bo‘rtib turuvchi qismlari konform botiqlar, botiq qismlari 
esa do‘nglar ko‘rinishida akslanadi. Mazkur akslangan qurol qismlari 
ularni hosil qilgan relyef (notekislik) elementiga nisbatan qarama-qarshi 
ko‘zgu kabi akslanadi. Hajmli akslanishning afzalligi uning uch 
o‘lchovdan iboratligi bo‘lib, bu o‘z navbatida buzish qurolining iz hosil 
qiluvchi yuzasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi. 
Yuzaki izlar ikki o‘lchovli bo‘lib, ularda faqat tashqi yuza va relyef 
detallarining chegaralari akslanadi. Ular o‘z navbatida qatlam bo‘lish va 
ko‘chish izlariga bo‘linadi. 
Qatlam bo‘lish izlari deb, buzish quroli yuzasini qoplovchi moddaning 
ta’sir qilinuvchi yuzaga o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan izlarga aytiladi. Bu 
metallning oksidlanishi (korroziya) mahsulotlari, bo‘yoq zarralari, metall 
zangi, moylash mahsulotlari  va boshqalar — iz moddasi deb atalib, 
obyektning iz hosil qiluvchi maydoni yuzasining tuzilishi elementlarning 
aks ettirilishini ta’minlaydi. 
Iz qabul qiluvchi obyektda ko‘chish izlarining hosil bo‘lish mexanizmi 
buzish quroli bilan ta’sir etish vaqtida biror-bir moddalar bilan qoplangan 
yuza yoki uning bir qismining qurol sirtiga ko‘chishini nazarda tutadi. Bu 
kabi izlarda buzish quroli sirtining chegaralari hamda qisman relyefining 
izlari qolishi mumkin. Buzish quroliga o‘tib qolgan moddalar zarrasida 
(masalan, bo‘yoq ko‘chib tushgan joylarda) bo‘linish izlari bo‘ladiki, ular 
orqali butun jismni tiklash imkoniyati yuzaga keladi. 
Buzish quroli va uning alohida qismlari tashqi tuzilish belgilariga ega 
bo‘ladi. Odatda izlarda qurolning uncha katta bo‘lmagan iz hosil qiluvchi 
qismi akslanadi. Aynan shu orqali uning turi, hajmi va xususiy sifatlarini 
aniqlash imkoni tug‘iladi. Tashqi tuzilish belgilariga: buzish quroli va 
qismlarining tarkibiy tuzilishi, materiali, turi (yuzasida u yoki bu qoplama-
larning mavjudligi), buzish quroli va qismlarining geometrik shakli va 
hajmi, shuningdek mazkur qurol nusxasini unga o‘xshash quroldan 
ajratishga imkon beruvchi alohida xususiyatlari kiradi. 
Konstruktiv tarkibiy tuzilish belgilari asosan biror-bir maqsad uchun 
ishlatiladigan asboblarda mavjud bo‘lib, unga tegishli konstruktiv 
elementlar, izlarda aks etadi. Masalan, mix sug‘uruvchi lomcha  ishchi 
qismlarining konstruktiv belgisi yassi, yoysimon qayilgan o‘yiq uchli 
asbob bo‘lib, uning uchlari muayyan burchak ostida bir-biridan ajralib 
turadi. 


 111 
Buzish quroli yasalgan material belgilari ba’zi hollarda izlarda 
bevosita yoki bilvosita aks etishi mumkin. Masalan, to‘siq bilan buzish 
quroli o‘zaro ta’sir qilish joyida yog‘och tolalarining ko‘p qavat bo‘lishi 
richag yoki urish (zarba berish) quroli sifatida yog‘ochli buyumning 
ishlatilganligidan dalolat beradi. Metall buyumlarda yaqqol ko‘rinib 
turuvchi bosim izlari – birmuncha qattiq metalldan yasalgan qurol 
ishlatilgani to‘g‘risida dalolat beradi. 
Ta’sir qiluvchi maydonning geometrik shakli, qismlarining hajmiga 
asbobning qurilishi (yoki qo‘l ostiga tushgan buyumning turi)ga ko‘ra, 
to‘siqni buzgan asbob to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Tashqi 
qurilish belgilari umumiy tavsifga ega bo‘lib, buzish qurollarining alohida 
guruhga tegishli belgilari, turi, ko‘rinishini aniqlash uchun xizmat qilishi 
mumkin. 
Buzish  quroli tashqi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari uni 
alohidalashtirishga imkon beruvchi xususiy belgilarga kiradi. Odatda ular 
qurolni yasash, saqlash, ishlatish va ta’mirlash natijasida yuzaga keladi. 
Sanoat korxonalarida yasalgan asboblar sifat nazoratidan o‘tadi va odatda 
sirtida nuqsonlar, detal shakllarida hech qanday kamchiliklar bo‘lmaydi. 
Relyefning o‘ziga xos xususiyatlari abraziv (charxlash, silliqlash asboblari 
uchun ishlatiladigan mayda donador qattiq) materiallarni qo‘llash orqali 
ishchi qismlariga ishlov berish natijasida vujudga keladi. Qo‘lbola  
ishlangan asboblarga berilgan shakl, o‘lcham va yuza sirtining silliqligida 
nuqsonlar mavjud bo‘lib, ularni mazkur tashqi belgilar orqali alohida 
guruhlarga kiritish imkonini beradi. Asbobni  saqlash uchun to‘g‘ri 
kelmaydigan sharoitda saqlash, uning sirtida korroziya va zang hosil 
bo‘lishiga olib keladi. Asbobni ishlatish va ta’mirlash uning tashqi 
ko‘rinishidagi xususiyatlariga ta’sir qiladi: asbob sirtida turli-tuman 
yoriqlar, metallning ushoqlanishi, parchin, g‘udurlar hosil bo‘ladi. 
Asbobni ta’mirlash (rixtovka, bolg‘alash, charxlash), odatda asbob sirtida 
yangi relyef izlarini yuzaga keltiradi, ba’zida asbob tashqi tuzilishining 
umumiy xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. 
Shu munosabat bilan kriminalistikada «identifikatsiyalash davri» 
degan tushuncha paydo bo‘lgan, mazkur davr mobaynida buzish 
qurolining iz hosil qilinuvchi sirtidagi belgilar o‘zgarishsiz saqlanadi. 
Izning identifikatsion ahamiyatini aniqlash (u umumiy yoki xususiy 
bo‘lishi mumkin), uning kelib chiqishini tekshirish orqali amalga oshirish 
mumkin. Chunonchi, tahlil, tasodif va zaruratning birligi to‘g‘risidagi 
nazariy qoidaga tayangan holda amalga oshiriladi. Har bir alohida 
belgining kelib chiqishi va tabiatini bir-biridan alohida emas, aksincha, 


 112 
belgilarning shakllanishiga sabab bo‘lgan yagona jarayonning bir qator 
umumiy shartlari sifatida tahlil qilish zarur. Xususiy belgilar sirasiga bir 
vaqtning o‘zida yuzaga kelgan sabab, shart-sharoitlarning majmui kiradi. 
Bolg‘a sopidagi o‘yiq bolg‘a yasalgan metalldan qattiqroq buyumga 
muayyan burchak ostida katta kuch bilan urish natijasida hosil bo‘ladi. 
Bunda zarba kuchi, uning burchagi, obyekt sirtining yuzasi va qattiqligi 
erkin tarzda berilishi mumkin. Hosil bo‘lgan o‘yiq (o‘zining shakli, hajmi, 
joylashishi)ga  qarab tasodifiy xususiyatga ega bo‘lib, xususiy belgi 
sifatida qabul qilinishi mumkin. Agar aynan shunday belgining boshqa 
bolg‘ada hosil bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lsa, uning identifikatsion 
ahamiyati keskin kamayadi. Aksincha, bu kabi belgining yuzaga kelishi bir 
guruh buyumlar (predmetlar) uchun ehtimolli bo‘lsa, u xususiy belgilar 
qatoridan umumiy belgilar qatoriga kiradi. 
Buzish qurollarining dinamik izlari. Ular orasida quyidagilarni ajratish 
mumkin: 
sirg‘alish (zichlanish, qirindi tushishi); 
erkin tarzda kesish va bo‘lish; 
ko‘ndalang kesish va uzib olish; 
parmalash; 
arralash; 
maxsus asboblarni qo‘llash («balerina» moslamasi, kesuvchi doira, 
shisha keskich va h.k.) 
 
 
 
2-rasm.  Dinamik  izlarning hosil bo‘lishi (sirg‘alish):  
a — chiziqli  ta’sir natijasida hosil bo‘lgan izlar;  
b — yuzali ta’sirda hosil bo‘lgan izlar. 
 
Sirg‘alish izlari iz hosil qiluvchi kuch (F) (2-rasm), iz hosil bo‘luvchi 
yuza bo‘ylab emas, (90° dan katta yoki kichik burchak ostida yo‘nalganda 
hosil bo‘ladi (2-rasm, a). Mazkur  kuchni tashkil etuvchi (F
1
)  iz hosil 
qiluvchi obyekt iz hosil bo‘luvchi yuzaga ta’sir qiladi, ikkinchisi esa (F
2



 113 
uni turgan joyidan siljitishga harakat qiladi. Basharti ikkinchi birikma 
o‘zining kattaligiga ko‘ra birinchisidan ustun kelsa, obyekt iz hosil 
qiluvchi yuza bo‘ylab siljiydi. Bunda iz hosil qiluvchi narsaning har 
qanday shartli nuqtasi (masalan, relyefning bo‘rtib chiqqan qismi) 
harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab bitta trassa – iz qabul qiluvchi obyektda 
o‘yiqning hosil bo‘lishiga imkon beradi. 
Sirg‘alishda  odatda ikki turdagi izlar hosil bo‘ladi – chiziqli va 
yuzaki. Chiziqlar izlar buzish qurolining kesuvchi uchining sirg‘aluvchi 
ko‘ndalang harakatlanishi uchun xosdir. Mazkur holatda iz hosil  qiluvchi 
obyektning bir xil nuqtalari iz qabul qiluvchi obyektning turli nuqtalarida 
akslanadi. Izda buzish qurolining izlari adekvat (o‘xshash) emas, trassalar 
(parallel chuqurchalar) kabi relyefning muayyan elementlariga mos 
ravishda akslanadi. Bunday izlarda statik izlar bilan solishtirganda, iz hosil 
qilish obyekti to‘g‘risida ma’lumot kamroq bo‘lsa-da, biroq ular buzish 
qurolining guruhiy tegishliligi va uning aynanligini aniqlash uchun muhim 
omil hisoblanadi. 
Yuzali izlar u yoki bu buzish quroli yuzasining iz qabul qiluvchi 
obyekti bo‘ylab sirg‘alish natijasida yuzaga keladi (2-rasm, b). Bunda iz 
hosil bo‘luvchi maydon doirasida joylashgan relyef nuqtalari trassalar 
(ariqchalar) hosil bo‘lishida ishtirok etib, ular bir-birini qoplagan holda 
o‘zaro singib ketadi. Mazkur izda relyef izlari va akslangan izlar orasida 
o‘zaro moslikni aniqlash qiyin bo‘lgani bois, ular bo‘yicha buzish qurolini 
identifikatsiya qilish mumkin. 
Ekspert asosan chiziqli ta’sir qilish natijasida hosil bo‘lgan izlar bilan 
ishlaydi. Shu bois, bu kabi izlarda belgilarning aks etish (ifodalanish)ga 
ta’sir etuvchi asosiy jihatlarini ko‘rib chiqish  maqsadga muvofiqdir. 
Sirg‘alish izlari ham yuzaki va hajmli bo‘lishi mumkin. Yuzaki izlar u 
yoki bu moddaning iz hosil bo‘luvchi yuzaga qoplanishi yoki aksincha, uni 
mazkur moddaning ochiq joylar bilan ketma-ket kelgan parallel chiziqlar 
ko‘rinishidagi izlar qolib,  relyefning bo‘rtgan yoki botgan qismlariga mos 
keladi. Bunda akslanishning aniqligi moddaning konsistensiyasi (zichligi), 
uning obyekt yuzasi bilan birikish kuchi, iz hosil bo‘luvchi yuzaga  
yopishishi (uni bo‘yash) xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Sirg‘alishning hajmli izlarining hosil bo‘lishi statik hajmli izlarning 
hosil bo‘lishiga mos keladi. Uning yagona farqli tomonlaridan biri iz qabul 
qiluvchi obyektning ko‘chishi natijasida parallel chuqurchalar va ularni 
ajratib turuvchi do‘ngchalar (valiklar) yuzaga keladi. 
Sirg‘alishning tashqi hajmli izlarining hosil bo‘lishida iz hosil bo‘lish 
jarayoni va bir obyektning ikkinchisiga nisbatan siljishini ta’minlovchi iz 


 114 
hosil bo‘luvchi yuzaga bosilish kuchi katta ahamiyatga ega. Iz hosil 
qiluvchi relyef va iz hosil bo‘luvchi yuza relyefi mikro belgilarining 
buzilishiga imkon bermaydigan holda bosish chegaralarini aniqlashtirish 
ushbu belgilarning yaqqolligi va to‘liq akslanishiga sabab bo‘ladi. Hajmli 
sirg‘alish izlarida hosil bo‘lgan izlarni ko‘ndalang kesish orqali izlar hosil 
bo‘lgan relyef elementlarini geometrik nisbatlarda va ulushlarda qaytarish 
imkoniyati yuzaga keladi. Izlardagi trassalar (chuqurchalar)ning shakli va 
kattaligiga iz hosil bo‘luvchi maydon va iz hosil qiluvchi qurol yuzasining 
o‘zaro ta’siri (joylashishi) ta’sir qilib, ular buyumdagi izlarning frontal va 
tutashgan qismlari orqali aniqlanishi mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, kesish maqsadida ham ishlatilishi mumkin 
bo‘lgan qurol (masalan, otvertka)ning ishchi qismi (uchi) pona 
ko‘rinishiga ega. Pona hosil hosil qiluvchi qirralar asbob tig‘i uchida 
birlashadi, u esa o‘z navbatida ko‘ndalang kesimida asbob ishchi 
burchagining tepasini tashkil qiladi. Kesuvchi qirra ishchi burchagining 
kattaligi eng kam bo‘lgan sharoitda (masalan, xavfsiz ustara tig‘i) to‘g‘ri 
chiziqli emas, silindrsimon yuzani tashkil etadi. Binobarin, uning tekis 
yuza bilan o‘zaro ta’sirida asbobning iz hosil bo‘luvchi yuzaga nisbatan 
og‘ish burchagiga qarab, tig‘ qirrasi bo‘ylab joylashgan turlicha chiziqlar 
(qatorlar) hosil bo‘ladi. Mazkur og‘ish burchagi o‘zgarishida relyef 
detallarining iz hosil bo‘luvchi yuzada proyeksiyalanish hajmi va 
ko‘rinishi o‘zgaradi. 
Frontal burchak, og‘ish burchagi deb ham atalib, iz hosil bo‘lgan 
yuzaga va asbob ishchi burchagining bissektrisasida joylashadi. U asbob 
harakatlanishiga nisbatan «ochiq» bo‘ladi. Xususan, asbobning ishchi 
qismi, ishchi burchagining yuzasi bilan chegaralangan muayyan yuzani 
aks ettiradi. Uning frontal  ishchi burchagining yarmisi va 1800 ni tashkil 
qilgan asbob ishchi burchagining yarmisini ayirib tashlashda hosil bo‘lgan 
ko‘rsatkichga teng.  Agar asbob tig‘i bir tomonlama charxlangan bo‘lsa, 
ishchi burchagining yarmisi va frontal burchakning eng chetidagi 
ko‘rsatkichlar hisobga olinmaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
mazkur burchakning minimal va maksimal ko‘rsatkichida asbob ishchi 
qismlarining qirralari va iz hosil bo‘luvchi yuza orasida tashqi izlar hosil 
bo‘ladi. Basharti, frontal burchak kattaligi  900 dan kichik bo‘lsa, odatda 
zichlanish izi, burchak  900 dan katta bo‘lganda, qirilish (ko‘chish) izlari 
hosil bo‘ladi. 
Sirg‘alish izlari, odatda tig‘ va qirra, ya’ni asbob uchining kesishuv 
chizig‘i keskin ifodalangan chiziqni tashkil qilgan asboblar yordamida 
hosil qilinadi. Sirg‘alish izlarida buzish qurolining tashqi tuzilishi haqida 


 115 
unchalik ko‘p ma’lumot olib bo‘lmaydi. Mazkur izlar orqali faqat iz hosil 
bo‘luvchi maydon kengligi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish mumkin. 
Bu kabi izlar bo‘yicha identifikatsiya, odatda, qurol relyefi hamda unga 
yaqin joylashgan tig‘ maydonini tashkil etadi. 
Qurolni yasashda uning tig‘i (uchi) yo‘niladi, natijada iz yuzasining 
o‘ziga xos mikrorelyefi hosil bo‘ladi. Asbobga bunday ishlov berish 
abraziv va boshqa turdagi charxlash doiralarini qo‘llash orqali amalga 
oshiriladi. Ular tartibsiz ravishda joylashgan qattiq zarralar birikmasidan 
iborat bo‘lib, charxlash vaqtida ular buyumdan o‘zining miqdori,  shakli va 
hajmi, shuningdek o‘zaro joylashuviga ko‘ra, boshqa buyumlarda 
takrorlanmaydigan relyef qatlamini buzib yuboradi. Qurol tig‘i va 
relyefining boshqa qismlariga ekspluatatsiya qilish va saqlash holati ham 
ta’sir qiladi. Xulosa qilib aytish mumkin, relyef elementlari o‘zida  xususiy 
belgilar majmuini tashkil qilib, u muayyan buzish qurolini boshqa shu kabi 
qurol turlaridan alohidalashtiradi. 
Erkin kesish va bo‘lish (chopish) izlari pichoq, bolta, tarosh va boshqa 
asboblarning obyekt sirtida hosil bo‘lib, sirg‘alishga o‘xshaydi. Ular iz 
hosil bo‘luvchi maydon va asbob kesuvchi qirrasining relyefi to‘g‘risidagi 
dalilni o‘zida mujassamlashtiradi. Izlarda belgilarning ifodalanish darajasi 
iz hosil qiluvchi kuch kattaligi va yo‘nalishi, ularning iz hosil bo‘lish 
jarayonida o‘zaro joylashishiga, buzish qurol materialining mexanik 
xossalari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka bog‘liq. Biroq, yuqorida aytib 
o‘tilgan omillarning oxirgisi sirg‘alish izlarining yuzaga kelishida bo‘lgani 
kabi hamma vaqt ham frontal va qarama-qarshi burchaklar katta- 
kichikligiga asoslanmaydi. 
Kesish yoki bo‘lish vaqtida qarama-qarshi burchakning kattaligi 
o‘zgaradi, frontal burchak (iz yuzasi va asbob ishchi burchagining 
kesishish bissektrisasi orasida joylashgan bo‘lib) 1800  burchakka yaqin 
o‘zgarishsiz holatda bo‘lib, uni hisobga olishning zarurati yo‘q. Buzish 
quroli va to‘siqning o‘zaro joylashuvi va bir-birining sirti bilan ta’sirlanish 
burchagini aniqlash zarurati  yuzaga kelganda o‘lchanishi mumkin 
(masalan, pichoq yoki bolta tig‘ining yuzasi va obyekt yuzasi o‘lchanadi). 
Kesish izlariga  ombir, kombinatsiyalashgan yassi ombir orqali hosil 
bo‘lgan izlar, qirqish izlariga qaychi, cheti to‘mtoq tok qaychi bilan qirqish 
orqali hosil bo‘lgan izlar kiradi. Ular hosil bo‘lishining o‘ziga xos 
xususiyati shundaki,  bunda (odatda sim yoki kichik diametrli qayishsimon 
metall) bir vaqtning o‘zida o‘zaro bir nuqtada mustahkamlangan kesuvchi 
elementlar – ombir uchi, qaychi pichoqlari va boshqalar ta’sir etadi. Bunda 
frontal va qarama-qarshi burchaklar o‘zgarmaganligi bois, iz hosil bo‘lgan 


 116 
maydonni izlash va umuman olganda identifikatsiya qilish vazifasini hal 
qilish imkonini beradi. Odatda, bu kabi asboblar ta’sirida bo‘linish yuzasi 
ikkita tekis yuzaga bo‘linadi va bir-biri bilan muayyan burchak ostida 
birlashadi hamda botiq hosil qiladi. 
Parmalash izlari ikki tomoni ochiq teshik va uchi yopiq teshiklardan 
hosil bo‘lgan izlarni tashkil etadi. Parma teshuvchi uskuna bo‘lib, bir yoki 
bir nechta teshuvchi qirralardan iborat bo‘ladi. Asosiy teshuvchi 
qirralarning relyef xususiyatlari ochiq teshiklarda ifodalanmaydi. Bunday 
izlar bo‘yicha qo‘llangan parmaning diametri va parmalash qaysi 
tomondan amalga oshirilganini aniqlash mumkin. 
Uchi yopiq teshiklar sirtida odatda parma kesuvchi qirralarning bir-
biriga nisbatan markazlashgan holda joylashgan halqa chiziqlar 
ko‘rinishda parma qirralarining relyefi akslanadi. Ko‘ndalang  chiziqlar 
ko‘rinishida relyef parmalash vaqtida hosil bo‘ladigan qirindida akslanadi. 
Parmalash izlarida kesuvchi qirralar relyefi xususiyatlarining akslanishi 
mazkur izlarni hosil qiluvchi muayyan parmani identifikatsiya qilish 
imkonini beradi. 
Arralash izlari yog‘och, arra, metall, dastarra (nojovka), shlisovka, 
napilnik (tishi mayda arra), nadfil va boshqalar qo‘llash natijasida yuzaga 
keladi. Arralash  jarayonining boshqa turdagi kesish turlaridan farqlovchi 
umumiy xususiyatlaridan biri – bo‘linayotgan obyektga bir vaqtning o‘zida 
ta’sir qiluvchi qirrali tishlarning ta’siri bo‘lib, ularning har biri arralangan 
joydan payraha (qirindi) chiqargan holda, uning ichiga sekin-asta botadi 
(3-rasm). Bunda  hosil bo‘lgan izlarni to‘liq va to‘liqsiz  arralash izlariga 
bo‘lish rusum bo‘lgan. Ularga arra sal tekkan joy (nadpil) va keng 
arralangan joy (propil) kiradi. 
 
 
 
4-rasm.  Metallni kesish tasmasi bilan kesish jarayonida 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish