A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Odam tishi izlarini  trasologik ekspertiza



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
4. Odam tishi izlarini  trasologik ekspertiza 
qilish uslubi 
 
Odam tishi izlarini ekspertiza qilish shubhasiz kriminalistik qiziqish 
uyg‘otadi, zero, bu shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradi. Tish 
izlariga protez izlari ham kiradi. 
Odam tishi izlarini trasologik ekspertiza tomonidan hal qilinishi zarur 
bo‘lgan masalalarga quyidagilar kiradi: 
Obyektlardagi izlar yoki tanadagi jarohatlar tishlarning ta’sirida hosil 
bo‘lganmi? 
Obyektlardagi tish izlari muayyan shaxs tomonidan qoldirilganmi? 
Tish izlari odam yoki hayvonga tegishlimi? 
Bundan tashqari,  protez izlari va protezlarning o‘zini tekshirishda 
kompleks tekshiruvlar amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, ularda ekspert-
kriminalist va ortoped-stomatolog ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, protezlardagi metall 
qorishmasining tarkibi yoki tish izlarida nikel, oltin, kobalt, xrom, kumush, 
mis, zanglamaydigan po‘latning bor yo‘qligi masalasi hal qilinishi zarur. 
Ko‘pincha, tadqiqot obyekti sifatida tish siniqlari olinadi. Trasologik 
ekspertiza natijasida tish sinig‘i aynan qaysi tishga tegishliligi masalasi hal 
qilinsa,  sud biologlari tomonidan  tish sinig‘ida yoki tekshirilayotgan 
obyektda qoldirilgan so‘lak va qon qoldiqlari ekspertiza qilinadi. 
Tish izlarining  trasologik ekspertizasi tekshirish uslubining barcha 
an’anaviy elementlarini o‘z ichiga olish bilan birga, o‘zining alohida 
xususiyatlariga ega. Tish izlarini ekspertiza qilishda qiyosiy manba sifatida 
aniqlanishi kerak bo‘lgan obyekt – gumonlanuvchining tishlari emas, 
aksincha, tish qoliplari yoki eksperimental izlar o‘rganiladi, bu esa o‘z 
navbatida, tekshiruvni qiyinlashtiradi, zero har qanday eng yaxshi nusxa 
asl nusxa oldida hech narsa emas. Eksperimental izlarni tekshirishga 
tayyorlashda ularda identifikatsion alomatlar hodisa sodir bo‘lgan joydan 


 101 
olingan izlarga qaraganda iloji boricha to‘liq aks ettirilishi zarurligi 
inobatga olinishi kerak.  Eksperimental izlar neytral va zararsiz moddalar ( 
plastilin, stens, gips)dan tayyorlanadi. 
Chunonchi, stomatologlar va tish texniklariga eksperimental izlar 
olishni topshirish ekspertizani amalga oshiruvchi trasolog huzurida amalga 
oshirilishi muhimligini alohida ta’kidlash zarur. 
Dastlabki tadqiqot an’anaviy harakatlar:  ekspertiza belgilash 
to‘g‘risidagi qaror, jinoyat ishining boshqa hujjatlari bilan tanishish, 
obyektlarni o‘rash, yelim xaltalarga joylashtirish, tekshiruv obyektlarini 
ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda ekspert buyumning ko‘rinishi va 
sifatini, taqdim etilgan obyektlar soni va holatini, berilgan qiyosiy 
materiallarning to‘liqligini, shuning ularning ekspertiza o‘tkazish qaroriga 
muvofiqligini tekshirib ko‘radi. Dastlabki ko‘zdan kechirish: obyektdagi 
qaysi izlar tekshirilishi zarurligi, tekshirish qanday hajmda va qanday 
ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerakligini belgilash imkonini beradi. 
Ekspert texnik vositalarni belgilaydi va tayyorlaydi, shuningdek ularni 
qo‘llash tartibini atroflicha o‘ylab ko‘radi. 
Alohida (mustaqil) tadqiqot bosqichida izlar hosil bo‘lish mexanizmi 
va izlar aynanlashtirish (identifikatsiyalash) uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi 
masala hal qilinadi. Bu maqsadda izlarda aks etgan identifikatsion belgilar 
qayd qilinadi va baholanadi. Izlarni ta’riflashda ularning xususiyati, shakli, 
sifatlari, izlar ko‘rinishi, buyumda aks etgan tishlar soni, aynanlashtirish 
belgilarining mavjudligi qayd etiladi. 
Tadqiqotning mazkur bosqichida doim quyidagi xususiy savollarga 
javob topiladi: a) izlar yuqori yoki pastki jag‘ yoki ikkala jag‘ tishlar 
tomonidan va ularning qaysi tarafi bilan qoldirilganini aniqlash; b) izlar 
aynan qaysi tishlar bilan qoldirilgan; v) izlar protezlar tomonidan 
qoldirilganmi? 
Izlar aynan qaysi jag‘ tishlari yoki ularning qaysi tomoni bilan 
qoldirilganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda quyidagilarga alohida 
e’tibor berish zarur: tishlangan joyda yuqori jag‘ izlari tomonidan 
qoldirilgan yoysimon izlar pastki jag‘ tomonidan qoldirilgan yoysimon 
izlarga qaraganda katta; oldingi (frontal) izlar cheti ko‘proq qayrilgan. 
Yuqori jag‘ kurak tish va qoziq tishlari pastki jag‘ning xuddi shunday 
tishlarga qaraganda sezilarli darajada kattaroq. Yuqori jag‘dagi qoziq 
tishlarning ichkari sirti uzunasiga bo‘rtgan, pastki jag‘dagi qoziq tishlar u 
yalpoq yoki ozgina botgan bo‘ladi. Yuqori jag‘ katta va kichik oziq tishlar 


 102 
aniq aks etgan bo‘rtmali chaynash sirtiga ega, bunda kichik oziq tishlarda 
ikkitadan, katta oziq tishlarda to‘rtta va undan ko‘p bo‘ladi. Yuqori jag‘ 
katta oziq tishlar qoplamasi (koronkasi) rombsimon shaklga ega bo‘lsa, 
pastki jag‘ katta oziq tishlar chaynash sirti chetlari qayrilgan noto‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklga ega. 
Jag‘lar tarafini aniqlash tish izlarining o‘zaro joylashishi, tish yoyining 
shakli va qayrilish yo‘nalishiga qarab aniqlanadi. 
Izlar qaysi tish (kurak tish, qoziq tish, oziq tish)lar tomonidan 
qoldirilganini  aniqlashda g‘adir-budur kesuvchi sirtga ega kurak 
tishlarning shakli va kattaligini hisobga olish zarur. Yuqori jag‘da 
o‘rtadagi kurak tishlar chetdagi kurak tishlarga qaraganda katta bo‘lsa, 
pastki jag‘da chetdagi kurak tishlar o‘rtadagi kurak tishlarga qaraganda 
kattaroq bo‘ladi. Qoziq tishlardan yaqqol ko‘rinadigan izlar hosil bo‘ladi 
yoki jarohatlar yuzaga keladi, qattiq yuzalarda esa qoziq tishlar nuqtali 
izlar qoldiradi. 
Gumonlanuvchi tishi izlarining nusxalari alohida eksperimental 
tekshirilib, tish apparatining o‘ziga xos xususiyatlari  aniqlanadi. 
Eksperimental izlar va tishlarning gips qoliplari olingan jag‘lar to‘g‘risida 
ma’lumot bayonnomada qayd etiladi. 
Ba’zi hollarda iz hosil bo‘lish mexanizmini kuzatish va o‘rganish 
hamda qo‘shimcha nusxalarni taqqoslash maqsadida ekspertli tekshiruv 
(eksperiment) o‘tkaziladi. Eksperiment jarayonida  ekspert  iz hosil bo‘lish 
mexanizmini qayta tiklashi mumkin, bunda tekshirilayotgan izlarning aks 
etish xususiyati hisobga olinadi. Eksperiment  natijalarini qayd etishda 
ekspert tajriba o‘tkazish shartlarini bayon qiladi, chunonchi: izlar qanday 
materialdan olingan, uning ta’rifi (shakli, hajmi, sifatlari va  hokazo) 
tajriba sharti necha marta va qanday o‘zgargan? Iz qoldiruvchi obyekt 
(masalan, odam tishlari) o‘ziga xos sifatlariga ko‘ra, tajriba-eksperiment 
jarayonida  ba’zi axloqiy (etik) muammolarni, masalan, stomatolog, tish 
texnigi, hattoki psixologning maxsus yordamini talab qiladigan 
masalalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Qiyosiy tadqiqot tish apparati tarkibiy tuzilishining umumiy va 
xususiy alomatlari (belgilari)dagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash 
maqsadida o‘tkaziladi. Identifikatsiya (aynanlashtirish) qilinayotgan 
obyekt faqat aynanlashtirilayotgan belgilarni qiyosiy tekshirish natijasida 
aniqlanishi mumkin. Bunda avval umumiy, so‘ngra xususiy belgilar 


 103 
qiyoslanadi. Tadqiq qilish (tekshirish) jarayonida, agar qiyoslanayotgan 
izlardagi turdosh belgilar orasida keskin farq bo‘ladigan bo‘lsa, davom 
ettirilmaydi, ya’ni to‘xtatiladi. Basharti mazkur belgilar bir-biriga mos 
kelsa, ekspert xususiy belgilarni taqqoslashga kirishadi. 
Qiyosiy tekshiruvning asosiy usullari quyidagilardan iborat: 
taqqoslash, bir-birini ustiga yotqizish kabilar bo‘lib, mazkur usullar tish 
izlarini taqqoslashda qo‘llanilishi mumkin. Taqqoslashga talablar har 
qanday trasologik ekspertiza o‘tkazishni amalga oshirishda qo‘yilishi 
mumkin. 
Fotosuratlarda berilgan izlarni taqqoslashda ular ikki marotaba 
kattalashtirilgan aniq masshtabda berilishi shart. Shuningdek, izlar bir xil 
sharoitdagi yorug‘likda olinishi, bir xil fotomaterialda qayd etilishi zarur. 
Taqqoslash usuli tishlash izlari hosil bo‘lganda yoki tekshirilayotgan 
izlarda buzilishlar yuzaga kelganda amalga oshiriladi. Birining ustiga 
yotqizib tekshirish, tishlab uzib olish natijasida hosil bo‘lgan va oddiy 
tishlash orqali yuzaga kelgan, aniq buzilmagan izlarni qiyoslashda yoki 
kattalashtirish mikroskoplarida, fotosuratlar yordamida amalga oshiriladi. 
Oxirgi holda iz fotojadvalga to‘laligicha yopishtiriladi, eksperimental 
(tajriba usulida olingan) iz esa eng ko‘zga tashlanadigan izlar kesimi 
bo‘ylab yonlamasiga yopishtiriladi. 
Qoplash usuli tekshirilayotgan va tajriba izlarining diapozitiv 
tasvirlariga nisbatan qo‘llanilib, izlardagi belgilar bir-biriga mos kelganda 
jadval yorig‘iga qistiriladi va yorug‘likka tutib, ko‘zdan kechiriladi. 
Qiyoslash natijasida belgilarning to‘liq yoki ba’zi bir farqlar bo‘lganida 
mos kelishiga ishonch hosil qilish mumkin. 
Tadqiqot natijalarini baholashda ekspert mavjud farqlar ularni 
qiyoslash natijalariga qay  darajada ta’sir etishiga asoslantirilgan dalil-
isbotlarni keltirishlari zarur. 
Tadqiqot natijalarini baholash ekspert ishining yakuniy bosqichi 
bo‘lib, u xulosa chiqarish uchun asos hisoblanadi. Ekspert o‘zining ichki 
ishonch-e’tiqodi, barcha identifikatsion belgilarni umumlashtirish hamda 
mos tushgan va farqlanadigan belgilarni tekshirish orqali xulosa chiqaradi. 
Xulosalar ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga to‘laligicha javob berishi 
shart. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu kabi trasologik ekspertiza 
ekspertdan ishda sinchkovlikni talab qilib, mazkur faoliyatni 
muvaffaqiyatli uddalash undan nafaqat kriminalistika faniga oid bilimlarni, 
balki unga yondosh sohalar: sud tibbiyoti va stomatologiya bo‘yicha ham 
yetarlicha bilimlarga ega bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi. 


 104 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish