89
Serebral turdagi yuz tuzilishi bosh
miya sohasining kuchli
rivojlanganligi bois, bosh suyagining kattaligi bilan ajralib turadi. Yuzning
yuqori va peshona qismi keng, yuz sohasining boshqa qismlaridan keskin
ravishda ajralib turgani bois yuz piramidal (asosi tepaga yo‘nalgan
konussimon) shaklga ega bo‘ladi. Serebral turdagi yuz tuzilishida mimika
(imo-ishoralar)
yuzning peshona qismida, katta jonli ko‘zlar atrofida
mujassamlashadi.
Respirator turdagi yuz tuzilishida yuz sohasining o‘rta qismi (nafas
olish apparati)ning rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Shu bois, boshning
yuz sohasi bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Burun
qirralari va bo‘shliqlari kuchli rivojlangan, yuqori jag‘ sohasi katta,
yonoqlar biroz turtib chiqqan bo‘ladi. Yuz rombsimon
shaklga ega, burun
uzunasiga qattiq rivojlangan, uning qirrasi bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.
Digestiv yuz tuzilishida yuz sohasi (tish-jag‘ apparati) rivojlangan
bo‘ladi. Yuqori va pastki jag‘ nihoyatda bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.
Pastki
jag‘ chekkalarining oralig‘i katta, pastki jag‘ sohasi juda keng, og‘ir, uning
shox o‘simtasi qisqa va keng bo‘ladi. Chaynash muskuli kuchli
rivojlangan. Og‘iz qismi semiz lablar bilan o‘ralgan. Dahan keng va
baland. Yuzning pastki qismi kuchli rivojlanganligi sababli
peshona qismi
torroq bo‘ladi, shu bois, yuz trapetsiyasimon ko‘rinishga ega bo‘ladi
(teskari konussimon yuz). Sochlar chegarasi ko‘pincha
yuzning tepa
qismiga tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Yuz imo-ishoralari yuzning pastki
qismida mujassamlashadi.
Muskulli turdagi yuz — yuzning yuqori va pastki
sohalari deyarli bir
xil, soch o‘sish chegarasi to‘g‘ri, yuz to‘rtburchak shaklga ega.
Yuqorida sanab o‘tilgan yuz tuzilishining turlari jag‘larning me’yorda
tutashishi, ya’ni jag‘ning pastki lab va dahanga nisbatan to‘g‘ri
joylashganligini nazarda tutadi. Yuz profili to‘g‘ri (klassik) ko‘rinishga
ega. Tish qisish (prikus) kamchiliklari bor odam yuzi nuqsonlarga
egaligidan dalolat beradi. Yuqori jag‘ oldinga turtib chiqqanda
(prognatiya), yuzning pastki qismi kerakli darajada rivojlanmagan va
yuzning o‘rta qismi birmuncha uzunchoq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ba’zida
yuqori lab yopilganda, tishlarni to‘liq qoplamaydi.
Aksincha, pastki jag‘
turtib chiqqanda (progeniya) u qo‘pol, og‘ir ko‘rinishga ega bo‘ladi,
ba’zida pastki lab yuqori labga qaraganda, to‘la bo‘lib, burun-lunj
sohasida
ajinlar hosil bo‘ladi (2-rasm).