A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Odam tish apparatining tuzilishi va uning



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
2. Odam tish apparatining tuzilishi va uning 
identifikatsion belgilari 
 
Odam tishi izlarini ekspertiza qilishda tish qatorining yoki tishlar 
anatomik tuzilishi, tish qisish (prikus) shakli, tish nuqsonlari, koronkalar 
(tish qoplamasi), ko‘prikchalarning bor-yo‘qligini hisobga olmasdan iloji 
yo‘qligini alohida ta’kidlash kerak. Tishlar odam tanasining betakror 
a’zolaridan biri bo‘lib, u inson hayoti davomida ikki marta paydo bo‘ladi. 
Birinchi sut tishlar 5–6 oylik chaqaloqda yorib chiqadi, 6–7 yoshdan 
sut tishlari doimiy tishlarga almashinadi. Bunda doimiy tishlar sut tishlar 
kabi tartibda yorib chiqadi. 13–14 yoshga kelib, doimiy tishlar soni 28 taga 
yetadi. Oxirgi «aql tishlari» 17 dan 40 yoshgacha chiqishi yoki umuman  
chiqmasligi mumkin. Sut tishlar doimiy tishlarga qaraganda bir nechta farq 
qiluvchi belgilarga ega. Sut tishlar birmuncha vertikal tartibda joylashadi, 
ularning asosida kichkina ildizlar bo‘ladi. Shuningdek, sut tishlari o‘zining 
rangi va shakli bilan ajralib turadi (3,4-rasmlar). 
 
 
 
3-rasm. Sut tishlarning shakli: 
1 – tepa jag‘ kesuvchi tishlari; 2 – pastki jag‘ kesuvchi tishlari; 
3 – tepa jag‘ qoziq tishi; 4 – pastki jag‘ qoziq tishi; 5 – tepa jag‘ molyarlari; 
6 – pastki jag‘ molyarlari. 
 
Doimiy tish ikkita asosiy qismga ega bo‘ladi: koronka (tish 
qoplamasi), u tishning tashqi qismidan iborat va emal bilan qoplangan  


 92 
 
 
4-rasm. Doimiy tishlarning shakllari: 
1 – tepa jag‘ kesuvchi tishlari; 2 – pastki jag‘ kesuvchi tishlari; 3 – tepa jah qoziq 
tishi; 4 – pastki jag‘ qoziq tishi; 5 – tepa jag‘ premolyarlari; 6 – pastki jag‘ 
premolyarlari; 7 – tepa jag‘ molyarlari; 8 – pastki jag‘ molyarlari. 
 
bo‘ladi. Uning ildizi alveolaga zich yopishib turadi. Odatda katta 
odamning yuqori va pastki jag‘ida 16 tadan tishi bo‘lib, ular jag‘ning chap 
va o‘ng tomoniga nisbatan simmetrik joylashgan bo‘ladi. Har bir jag‘da 
to‘rtta kurak tish, ikkita qoziq tish, to‘rtta kichik oziq tish (premolyar) va 
to‘rtta katta oziq tishlar (molyar) mavjud bo‘ladi. Tishlar bir-biridan 
o‘zining hajmi, shakli, ildizlarining soni va kesuvchi hamda chaynovchi 
sirtlarining ko‘rinishi bilan ajralib turadi (5-rasm). 
 
 
 
5-rasm. Odamning tish apparati: 
1 – kesuvchi tishlar; 2 – qoziq tishlar; 3 – kichik ildizli  (premolyarlar); 
4 – katta ildizli (molyarlar). 
 
Tishlar yuqori harorat, chirish va boshqa tashqi ta’sirlarga chidamlidir. 
Shifokorlar tish apparatini qayd etishda qulaylik tug‘dirish tariqasida 
quyidagi formuladan foydalanadilar: 


 93 
8 7 6 5 4 3 2 1 1 2 3 4 5 6 7 8 
8 7 6 5 4 3 2 1 1 2 3 4 5 6 7 8 
Bunda yuqori va pastki jag‘lar ushbu formulaning surati va maxrajiga 
to‘g‘ri keladi. Tishlar qatorining chap va o‘ng qatori shifokorga qarama-qarshi 
o‘tirgan tekshirilayotgan shaxsda qanday bo‘lsa, shunday belgilanadi. 
Stomatologik formuladan qidiruv jadvalini tuzish, ko‘zdan kechirish bayon-
nomasida tasvirlash, ekspert xulosasida foydalanish mumkin. 
Identifikatsiya qilinuvchi tish belgilarining tasnifi: 
Tish qatorlarining umumiy anatomik belgilari; 
Tish qatorlarining umumiy funksional belgilari; 
Alohida  tishlarning umumiy anatomik belgilari; 
Alohida  tishlarning xususiy anatomik belgilari; 
Tishlarning xususiy funksional belgilari. 
Tish qatorining umumiy anatomik belgilari: 
– tish qatorining umumiy shakli (ellipsimon, to‘g‘ri burchakli, 
trapetsiyasimon, uchburchak); 
– tish qatorining umumiy uzunligi (hajmi) – katta, o‘rtacha, qisiq; 
– tish qatorida notekislik (assimetriya), yuqori va pastki jag‘ hajmi va 
og‘ish radiuslarining bor yoki yo‘qligi; 
– tishlarning umumiy soni (alohida tishlarning yo‘qligi, ortiqcha 
tishlar, ya’ni haddan tashqari tishlarning jamlanganligi, tish qatori 
butunligining buzilganligi); 
– tishlar orasida oraliqning borligi – diastema (anomaliyalar: tug‘ma 
yoki   5 mm  dan ortiq orttirilgan diastema); 
– tish qatorining mavjudligi va og‘ish burchagi; 
– tish protezlarining borligi va turlari: to‘liq, qisman, yechiladigan va 
yechilmaydigan protezlar va hokazo. 
Tish qatorlarining umumiy funksional belgilari: bunda yuqori va 
pastki jag‘ning o‘zaro joylashishi, tish qisish (prikus) hisobga olinadi: 
Stomatologik amaliyotda 10 ta asosiy tish qisish turlari ajratiladi. 
– me’yordagi tish qisish – prognatik tish qisish – yuqori kurak tishlar 
va qoziq tishlar pastki tishlarning 1/3 qismini qoplab turadi (bu fiziologik 
norma 70 foiz odamlarda uchraydi); 
– to‘g‘riburchakli tish qisish (kurak tishlar kesuvchi uchlari bilan 
tutashadi); 
– yuqori jag‘ kurak tishlari pastki jag‘ kurak tishlarining 1/3 dan 
ortig‘ini qoplab turadi; 
– pastki jag‘ tishlari yuqori jag‘ tishlarini 1/3 dan ortig‘ini bekitib 
turadi; 
– ikkala jag‘ tishlari konussimon ko‘rinishda oldinga bo‘rtib chiqqan 
bo‘ladi; 


 94 
– ikkala jag‘ tishlari konus kabi og‘izning ichiga kirib turadi; 
– patologik chuqur tish qisish – oziq tishlar (molyar va premolyar)ning 
yo‘qligida; 
– ochiq tish qisish (tishlar qisilganda, pastki va yuqori jag‘ tishlari va 
kurak tishlar orasida ochiq joy qoladi); 
– kesilgan tish qisish; 
– tish bo‘lmaganda tish qisish. 
Alohida tishlarning umumiy anatomik belgilari: 
– tish ponasining hajmi – balandligi (katta o‘rtacha, kichik); 
– kesuvchi qirrasi yoki chaynash sirtining uzunligi; 
– tish ponasining shakli – kurak tishlar koronkasi (ponasi)ning uchli, 
bochkasimon bo‘lishi; 
– kurak tishlarning kesuvchi qirrasidagi o‘yiqlar soni, arrasimon 
qirrali, qoziq tishlar va oziq tishlar ponasining uchli g‘adir-budurligi, 
kubsimon va boshqacha shakldan iboratligi; 
– tish qatorida tishning joylashishi (tishlarning to‘g‘ri ketma-ketligi); 
– tishning tish qatorining umumiy chizig‘iga nisbatan joylashishi 
(tishning o‘z o‘qi atrofida aylana holda joylashishi, uning lab, lunj, til 
tomonga  og‘ganligi, tishlarning jag‘ yoyining orqasiga siljiganligi; 
– tishlar ponasi joylashishi balandligining buzilishi; 
– chaynash do‘nglarining soni. 
Tishlarning xususiy anatomik belgilari: 
– kurak tishlar kesuvchi qirrasida o‘yiqlarning shakli va hajmi
– tabiiy botiqlarning bor-yo‘qligi, ularning joylashishi, hajmi, shakli, 
soni, kesuvchi qirralar burchaklarining shakli – dumaloq yoki to‘g‘ri 
burchak (uchli) shaklga egaligi; 
– kurak va qoziq tishning til tomondagi (tish yoyi atrofida) qismida 
do‘ngcha va chuqurchalarning joylashishi, shakli va hajmi, qoziq tish 
uchining  shakli (tish burchagining og‘ishi va egilish burchagining 
kattaligi); 
– tish shakli (ovalsimon, dumaloq, rombsimon, ellipsimon), oziq 
tishlar ponasida (koronkasida) chaynash do‘nglarining joylashishi. 
Yo‘nalishi va chuqurligi, tish  ponasining chaynash sirtida nuqtasimon 
chuqurliklarning borligi, ularning soni va joylashishi; 
– tishning o‘z o‘qi atrofida o‘ng, chap tomonga aylanganligi va 
aylanish darajasi
– tish o‘zining til yoki lablar tomonga va jag‘ yoyiga nisbatan og‘ish 
yo‘nalishi va hajmi; 
– tish qatorining umumiy chizig‘iga va uning o‘qiga nisbatan tishning 
siljish darajasi; 


 95 
– tish nuqsonlarining borligi, joylashishi, shakli va hajmi, nuqtasimon 
bo‘rtiq va o‘yiqlar, tish kasallanishi sababli tish uvalanishi, teshiklar 
hamda tishlarni davolash natijasida qo‘yilgan plombalarning bor-yo‘qligi. 
Tishlarning xususiy funksional belgilari: yuqori va pastki jag‘ 
birlashganda kuzatiluvchi antagonist tishlarning o‘zaro joylashganligi. 
Tish izlarida quyidagi umumiy va xususiy belgilar kuzatiladi. Umumiy 
belgilar: tish izi boshlanishining shakli (to‘g‘ri, yoysimon, uzuq-yuluq), 
tish izining kengligi, tish izi sirtining shakli (yassi, bo‘rtgan). 
Xususiy belgilar: o‘yiq va botiqlarning joylashishi; do‘nglarning 
kengligi, chuqurligi va shakli. 
Identifikatsion tadqiqotlarda tish qatorlarining nuqsonlari, tish qisish 
rusumi, ya’ni bunda eng ko‘p identifitsatsion ahamiyatga ega bo‘lgan 
belgilar muhim ahamiyatga ega. Murdalar yoki tirik odamlarning tish 
izlarini ko‘zdan kechirishda hodisa sodir bo‘lgan joyda ekspert izlarda aks 
etgan belgilar yordamida jinoyatchi tishlarining qiyshiqligi yoki ularning 
umuman yo‘qligi, tish qisish rusumi to‘g‘risida, «ko‘zga ko‘rinarli» 
belgini aniqlash imkoniyati yuzaga keladi. Ekspert jinoyatchida tish 
protezlari bor-yo‘qligi, ularning joylashishini aniqlash orqali  uning 
qidiruvida baholi qudrat yordam berishi mumkin. 
Tish protezlari ham odamning tabiiy tishlari kabi bir qator xususiy 
belgilarga ega bo‘ladi. Mazkur belgilar tish protezlarining konstruktiv xusu-
siyatlari, shakli va katta-kichikligi, ularni yasash va «podgonka» (moslash-
tirish)da hosil bo‘lgan belgilar kiradi. Ortopedik stomatologiyada turli-tuman 
protezlar qo‘llaniladi. Bular bitta tish nuqsoni (defektida) qo‘llaniladigan 
mikroprotezlar va murakkab qurilmadagi tish-jag‘ protezlari qo‘llaniladi. 
Protezlar yechilmaydigan, yechiladigan va aralash turlarga bo‘linadi. 
Yechilmaydigan protezlarga vkladkalar (qo‘shimchalar), yarim 
koronka, koronka, shtiftli tishlar, ko‘prikchali protezlar va konsulli 
protezlar kiradi (6-rasm). 
 
 
 
6-rasm. Protezlar tuzilishining turlari:  
a – ko‘priksimon; b – plastinkali; v – byugelli. 
 


 96 
Vkladkalar (qo‘shimchalar) ko‘pincha oldingi kurak tishlarga qo‘yilib, 
tishning bir yoki ikki tomonini qoplab turadi. Yarimkoronkalar oldingi 
tishlarda kosmetik maqsadlarda qo‘llaniladi. Yon tishlarning to‘rtdan uch 
qismiga koronka qo‘yiladi. 
Vkladka (qo‘shimcha) va yarimkoronkalar ko‘pincha plastmassa yoki 
metalldan yasaladi. Izlarda ularning shakli va kattaligi vkladka yoki 
yarimkoronkaning u yoki bu tish sirti bilan birlashish joyida  chiziq 
shaklidagi botiqlar aks etishi mumkin. 
Koronkalar — bu  yechilmaydigan protezlar bo‘lib, u tish sirtining 
hamma tomonidan o‘rab turadi. Koronkalar tish yemirilishini plomba 
qo‘yish bilan tiklab bo‘lmaydigan, tishlarning patologik yemirilishi, 
ko‘prikli yoki yechiladigan protez qo‘yilganda hamda tish qatorini tiklash 
uchun qo‘yiladi. 
Ko‘priksimon protezlar koronkalar tayanch qismlari va tabiiy tishlar 
shaklidagi asosiy qismdan iborat. Ularning chaynash sirtida tabiiy 
tishlardagi kabi o‘yiq va botiqlar hosil qilinadi. O‘yiq va botiqlar soni 
kamroq, turlicha joylashgan bo‘lishi, ba’zida ularga romb va uchburchak  
shaklidagi kertiklar qilinishi mumkin. Izlarda bunday tish izlari yassi oval 
shaklida aks etishi mumkin. 
Klammer yechiladigan protezlarda tayanch yoki fiksatsiya qilish 
(mustahkamlash) uchun qo‘llaniladi (7-rasm). 
 
 
 
7-rasm.  Turli xildagi tayanchli klammerlar: 
a – simdan egilgan klammer; b – mumdan yasalgan qoplama; 
v – quyilgan tayanchli klammer. 
 
Shtiftli tish tish koronkasi  o‘rnini bosuvchi sifatida qo‘llaniladi 
(odatda qoziq tish yoki kurak tishda). U odatda tishning ildizi sog‘ bo‘lgan 


 97 
hollarda qo‘llaniladi. Bunday tishlar metalldan, plastmassadan, marmardan 
yoki ularni birga qo‘llash orqali yasaladi (8-rasm). 
 
 
 
8-rasm.  Shtifli tish. 
 
Yuqorida sanab o‘tilgan protezlar – tekshirishning eng ko‘p 
uchraydigan obyektlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Barcha protezlar ulardagi tashqi xususiyatlar aks etgan izlarni 
qoldiradi. Mazkur belgilar, izlarni qoldirgan odam shaxsini aniqlashda 
foydalanilishi mumkin. 
Protez belgilari: 
 – doimiy protezlar va koronkalarning joylashish joyi, shakli va 
kattaligi; 
 – qisman protezlarning joylashish joyi, shakli va katta-kichikligi 
(tishning faqat lunj yoki lab tomonini qoplovchi yarimkoronkalar); 
 – shtiftli tishlarning katta-kichikligi va shakli (tish ildizi bo‘ylab 
qirqilgan shtiftli tish, Richmondning halqali koronkasi, Ilyinaning shtiftli 
tishi – kubli vkladka (qo‘shimcha); 
 – klammerning o‘q bo‘ylab kesishuvidagi shakli (dumaloq, yarim 
dumaloq, yassi) va uning uzunligi (to‘liq yoki halqali, to‘rttdan uch qismli, 
ikki yelkali, bir yelkali); 
 – koronkalar kesuvchi sirtining xususiyatlari (dumaloq, yassi 
burchakli, til va lab tomondagi sirtlari tekis, silliq); 
 – yasama tishlarning chaynash sirtidagi g‘adir-budurlarning shakli, 
kattaligi va o‘zaro joylashganligi. 
Shubhasiz, tish apparatining  tarkibiy tuzilishi, protezlar va ularning 
identifikatsion belgilarini bilish, kriminalistlar oldida turgan vazifalarni hal 
qilish uchun zaruriy dalil-isbot bo‘lib xizmat qiladi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish