zbekiston respublikasioliy va rta maxsus ta'lim vazirligi


 ’yinchilar orasida o’zaro hamfikrlik tez-tez buzilgan



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/266
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#249805
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   266
Bog'liq
021futbolnazariyasivauslubiyatipdf

0 ’yinchilar orasida o’zaro hamfikrlik tez-tez buzilgan 
o’yin holatlari
0
’y
in
 
h
o
la
tl
a
ri
K
u
ti
lm
a
g
a
n
u
za
ti
sh
la
r
H
ar
a
k
a
tl
a
rd
ag
i
b
u
zi
ii
sh
la
r
A
ld
a
m
ch
i
h
ar
ak
at
la
ri
d
a
gi
b
u
zi
li
sh
la
r
S
tr
a
x
o
v
k
a
d
a
g
i
b
u
zi
li
sh
la
r
To’
pn

o
rq
a
g
a
 
u
za
ti
sh
Ahamiyatli 
jixatlar 
%
39,2
35,7
10,7
7,2
7,2
306


Asosan tushunmovchilik,  kutilmagan  uzatishlarda (39,2% holat) va 
o’yinchilaming  joylashishida 
(35,7% 
holat) 
ko’proq 
uchradi. 
Almashinuv  harakatlarida  (10,7%),  starxovkada  (7,2%),  va  to’pni 
orqaga uzatishda (7,2%) ancha kam buzilishlar sodir bo’ldi.
0 ’yinda o’zaro hamfikrlik qaysi  o’yin amptuasi uyg’unlashuvlarida 
ko’proq buzilgan va u yoki bu amplua uyg’unlashuvidagi niyatlar tavsift 
qanaqaligini aniqlab quyidagi maMumotlar olindi (29-jadval).
29-jadval
O’yio ampluasi uyunligiga bogMiq buzilishlarning foiz nisbati
/—Ч
Buzilishlar tipi (%)
0 ’yin
ampluasi
uyg’unligi
B
u
zi
li
sh
la

so
n

(%
\

..
..
K
u
ti
lm
a
g
a
n
u
za
ti
sh
la
r
H
a
ra
k
tl
a
n
is
h
d
a
A
ld
a
m
ch
i
h
ar
a
k
a
tl
a
ri
d
a
S
tr
a
x
o
v
k
a
d
a
T
o
’p
ni
 
o
rq
a
g
a
 
u
za
ti
sh
Hujumchi
himoyachi
61
46,5
39,5
11
0
3
Hujumchi
hujumchi
30
33
40
16
0
11
Himoyachi
himoyachi
9
0
20
0
80
0
0 ’zaro hamfikrlik “hujumchi-himoyachi” (61%) bilan bog’liq  o’yin 
vaziyatlarida ko’p kuzatiladi.  “hujumchi-hujumchi”  (30%)  uyg’unligida 
ikki  marta  kam  bo’lib  “himoyachi-himoyachi”  (9%)  uyg’unligidagi 
o’yinlarda  esa  juda  kam  kuzatildi.  Har  bir  ajratilgan  o’yin 
bog’lamlaridan,  “tomonlar”ning  o’zaro  harakatlari  moslashmagan  turli 
o’yin 
momentlari 
ajratildi. 
Demak, 
“hujumchi-himoyachi” 
va 
“hujumchi-hujumchi”  bog’lami  uchun  uzatishlar  va  harakatlanisnlarda 
o’zaro hamfikrlikning buzilish hosdir,  vaholanki,  “hujumchi-hujumchi” 
uyg’unligida aksincha ko’proq harakatlanishda. “Himoyachi-himoyachi” 
o’yin 
bog’lamlarida  o’zaro  hamfikrlikning  buzilishlari 
asosan 
straxovkada namoyon bo’ladi.
307


Yuqorida  bayon  etilganlami  bo’lim  materiallarini  umumlashtirib 
quyida-gicha xulosa qilish  mumkin,  futbolda yoshi  va maxorati turlicha 
sportchilar  tomonidan  bajarilgan  individual  texnik-taktik  harakatlami 
nazorat qilishga bag’ishlangan juda ko’p tadqiqot ishlari  mavjud.  Gumh 
taktik harakatlarining samaradorlik darajasi,  asosan  zamonaviy  futbolda 
yuqori  malakali jamoalarda ahamiyati  katta  bo’lishiga  qaramay  hozirgi 
paytdi bu krsatkichlar nazoratiga bag’ishlangan ishlar juda kam.
Bunday  holatning  asosiy  sababi,  ehtimol  musobaqa  jarayonida 
futbol-chilaming o’zaro harakatlarini  baholash  va  nazorat  qilishni  qayd 
etib  borishning  murakkabligidir.  Bu  albatta,  yinning  bunday  muhim 
tarkibini 
takomilash-tirishga 
yo’naltirilgan 
uslubiyatlar 
ishlab 
chiqilmagan, ishlab chiqilganlari ham juda kuchsiz.
11.4. Guruh taktik harakatlar samaradorligiga 
psixologo-pedagogik tayyorgarlikning ta’siri
Futbolda  TTH  takomillashtirishda  psixologik  tayyorgarlik  katta 
ahamiyatga  ega.  Butun  sport  faoliyati  davomida  sportchi  bilan 
muntazam  tarbiyaviy  ishlami  olib  borish,  psixologik  tayyorgarlikka 
kiradi.  U  o’z-o’zini  nazorat  qilish  va  o’z-o’zini  tahlil  qila  olishni 
o’rgatish,  o’z  sheraklari  va  raqib  imkoniyatlarini  baholay  bilish, 
musobaqa  va  mashg’ulotlardagi  qiyinchiliklami  enga  olish  hamda  sabr 
va matonatni rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
Ko’pgina  tajribali  murabbiy-amaliyotchilar  fikricha,  musobaqa  va 
mash-g’ulot 
faoliyati 
jarayonida 
futbolchilami 
psixologik 
tayyorgarligisiz 
biron-bir 
natijaga 
erishib 
bo’lmaydi. 
Sport 
amaliyotchilarining  o’z  tarbiyalanuvchilarining  shaxsini  o’rganish  va 
sportchiiaming 
bir-birlari 
haqidagi 
bilimlarini 
shakllantirish 
muammolariga bo’lgan qiziqishlari, jamoani  boshqarish  samaradorligini 
oshirish yo’llarini izlab topishga undaydi.
Turli  sport  o’yinlari  turlarida  guruhlar  va  jamoalar,  guruh 
dinamikasi,  guruhni  tashkil  etishga  bag’ishlangan  ko’p  sonli  tadqiqot 
ishlarida,  birgalikdagi  faoliyatni  tashkil  etish  va  guruhning  rivojlanish 
darajasi  shaxslar  orasidagi  munasabatni  shakllanishiga  katta  ta’sir 
ko’rsatishi  ifodalangan.  Bundan  tashqari, jamoa  a’zolarining  yakdil  va 
hamjihatligiga  shaxslar  orasidagi  munosabatning  aksincha  ta’siri  ham 
ta’kidlab  o’tilgan.  Bunda,  soddaligi  va ishonchliligi  bilankuchli  boMgan 
sotsiometrik  uslubiyatlar  keng  qo’llaniladi.  Tadqiqotchilar, 
bu
308


uslubiyatni  alohida  faoliyat turlarining o’ziga hos  hususiyatlariga  ko’ra 
tanlash mezonini muvofiqlashtirib modifikatsiyalashtirdilar.
Mutaxasisslar  fikri  bo’yicha  futbolchilaming  taktik  vazifalar 
elementlarining  tuzilishi,  zveno  va  chiziqlar  bo’yicha taktik  vazifalami 
hal  etish  vaqti  va  usullari  to’g’risidagi  o’yinchilaming  tassavvuri  bilan 
bog’liq  fikrlash jarayonlarini tadqiq  etganlar.  Albatta,  nafaqat u yoki  bu 
vazifaning  tuzilish  vaziyatini,  balki  sportchilaming  alohida  elementlar 
kabi,  taktik  vazifalami  ham  bajarish  vaqti  haqida  tassavvurini  qayd 
etganlar.
Boshqa guruh mutaxasisslari, guruh faoliyati  samaradorligini tadqiq 
etishda  bevosita  o’yin  hamfikrligi  mohiyatini  aks  ettiruvchi:  sheriklar 
orasida o’yin  vaziyatini  baholashdagi  o’xshashlik,  sheriklar  bir-birining 
harakatlarini bashorat qila olish bilimlami qoMIadilar. Ular beshta omilni 
aniqlab ekspert baholash tizimini ishlab chiqdilar:
1. Jismoniy imkoniyatlar;
2. Texnika (texnik usullaming aniqligi va o’z vaqtida bajarilishi);
3.  Taktika  (taktik  usullami  aniq  va  o’z  vaqtida  bajarilishi, 
xususan,to’psiz harakatlanish);
4. Iroda sifatlari (o’yinda ulaming namoyon blishi);
5.  Faoliyat  samaradorligi  (ma’lum  holatlarga,  ya’ni  darvozani 
ishg’ol  etish,  gol  vaziyatlari  va  hokazolarga  olib  keluvchi  harakatlami 
ishtirok etish).
Ekspert,  o’yinchini  10  ballik  tizimga  ko’ra  5  ta  parametrlami  har 
biri  bo’yicha  baholar  bilan  tanishtiradi.  Ekspertlar  uchun  mezon 
quyidagicha  bo’ldi,  ulaming  fikricha  ushbu  o’yinchining  ushbu 
vaziyatda  mumkin  bo’lgan  maksimal  harakatidan  o’yinchilaming  yo’l 
qo’ygan hatolari olib tashlanadi.
Ulaming xulosalari quyidagicha:
-  o’yinchini  jamoaga  kirishida  uning  harakat  modeli  (uslubi  kabi) 
o’zgarmasligi kerak;
-  zveno  va  chiziqlar  bo’yicha  sheriklami  shunday  tanlash  kerakki, 
bunda  ular  tomonidan  bajariladigan  vazifalar,  jamoada  zveno  va 
chiziqlar  byicha,  ushbu  o’yinchining  sherigagi  tegishli  majburiyatlar 
bilan mos kelishi kerak;
- sheriklaming imkoniyatlari bir-biriga deyarli teng blishi kerak;
-  chiziqlar  byicha  sheriklarda  o’yin  holatini  tushunishda 
hamfikrlik  bo’lishi  kerak.  Chiziqlar,  o’yinni  “bir  vaqtda  va  bir  xil 
ritmda” tushunuvchi, hamjixat va hamfikr o’yinchilardan tashkil  topishi 
kerak.
309


Sanab  o’tilgan  alomatlar bo’yicha yinchilami  yagona chiziqlarga 
keltirish  mumkin  emas,  chunki  sheriklardan  bittasi  o’z  chiziqning 
foydasi  uchun  unga  tegishli  o’yin  holatini  o’zgartirishga  (vaqtincha 
bo’lsa ham) qodir bo’lishi  lozim. Bunday vaziyatlarda murabbiy, har bir 
o’yinchi  ham  samaradorlik  uchun  zararsiz  o’yin  holatini  o’zgartirishga 
qodir emasligini, o’yinchining ijodiy imkoniyatlari to’liq ochilishi uchun 
faqat uning individualligini saqlash kerakligini doimi yodda tutishi shart.
I.Bezak, 
LMashak 
taxistoskopiya 
uslubiyatini 
qo’llab, 
futbolchilaming  chegarlangan  vaqt  bo’laklarida  ma’lum  taktik 
vaziyatlarda  qaror  qabul  qila  olish  qobilyatlarini  tadqiq  etdilar.  Ular 
darvoza  atrofida  sodir  boMuvchi  4  ta  sxematik  vaziyatlarni  ishlab 
chiqdilar.  Fikrlash  jarayoni  1,5  soniyaga  bo’lindi.  Taklif  qilingan 
vaziyatlarda  qaror  qabul  qilish  uchun  sinaluvchilar  4  ta  imkoniyatdan 
bittasini tanlashlari mumkin bo’ldi:
A -  darvozaga zarba;
B -  darvozaga yaqinlashish va unga zarba;
V -  chapga o’z o’yinchisiga uzatish;
G -  o ’ngga o’z o’yinchisiga uzatish.
Maxsuldorlik  va  vaziyatni  taktik  o’zlashtiri!ishi  nuqtaiy  nazaridan 
A,  B,  V,  G  hal  etishning  alohida  muqobil  usullari  ma’lum  miqdordagi 
ballar  bilan  baholandi.  Amalga  oshirilgan  vaziyatlarning  har  birida  10 
ball bo’ldi.
Bayon  etilgan  uslubiyatni  sxematik  taktik  vaziyatlami  to’g’ri 
baholash  va  hal  etish  hamda  sportchilami  psixologik  nuqtaiy  nazardan 
tanlash  uchun  qo’llash  maqsadga  muvofiq.  Bundan  tashqari,  alohida 
o’yinchilar uchun  maxsuslash-tirilagan mashg’ulot jarayoni  yo’nalishini 
ishlab  chiqishda,  ulaming  shaxs  sifatida  chuqurraq  o’rganish  uchun, 
futbol  musobaqalari  vaqtida  o’yinchilar  orasida  taktik  vazifalami 
taqsimlashda foydalanish yaxshi samara beradi.
Ushbu  boMimda  keltirilgan  ma’lumotIardan  ko’rinib  turibdiki, 
sportda jamoaning ijtimoiy-psixologik tuzilmasi muhim ahamiyatga ega. 
Albatta,  ohirgi  yillarda  sportchilar  tayyorgarligining  aynan  shu 
tomonlarini  o’rganish  maqsadida  katta  e’tibor  berilmoqda.  Ushbu 
tadqiqotchilar  har  bir  aniq  holatlarda  o’zlarini  qiziqtirgan  savollami 
baholash uchun turli hil uslubiyatlardan foydalanganlar.
Sport o’yinlarida,  aynan  futbolda eng muhim  savol  -  bu  musobaqa 
faoliyati  jarayonida  jamoa  a’zolarining  o’zaro  harakatlari  va 
harakatlaming 
muvofiqligi 
muammolari 
hisoblanadi. 
Jamoani 
muvoffaqiyatli  boshqarish  uchun  murabbiy,  mavjud  boMgan  sportchilar
310


orasidagi  munosabatlar  tavsifi  haqida  toMiq  tassav-vurga  ega  boMishi 
lozim.  Murabbiy  ular  haqidagi  maMumotlaming  ko’pchiligini  bevosita 
futbolchilar  adob-ahloqini  va  faoliyatini  kuzatish  jarayonida  oladi. 
Shunday  qilib,  murabbiy  tasarrufida  asosiy  amaliy  qiziqishni  namoyon 
etuvchi  maMumotlar  boMadi.  Ulaming  qiymati,  guruhda  barcha 
munosabatlar  avj  oladigan  birgalikda  o’quv-mashg’ulot  va  o’yin 
faoliyatini  amalga  oshiriladigan  muhitda  aniqlanadi.  Ammo,  guruhda 
munosabatlarni aniq baholash va miqdorini o’zgartirish mumkin boMgan 
eng  samarali  usul  -   bu  sport  pedagogikasida  keng  qoMlaniladigan 
sotsiometrik uslubiyatdir.
Ilmiy-uslubiy  adabiyotlar  tahlili  shuni  krsatadiki,  futbolning 
zamonaviy  rivojlanish  bosqichida,  guruh  taktik  harakatlar  darajasi, 
asosan yuqori  malakali jamoalarda birinchi  darajasli ahamiyatga egadir. 
GTH 
sifati, 
sportchilaming  jismoniy,  texnik, 
ahloqiy-irodaviy 
tayyorgarligi  hamda  individual  va  guruhda  zaro  harakatlaming  ongli 
uyg’unligiga asoslanadi.
0 ’zaro  harakatlaming  muvoffaqiyati  o’yinchilaming  maqsadga 
muvofiq  harakatlanishi  va  to’p  uzatishning  samaradorligiga  bogMiq. 
Hamda jamoadagi  ko’p  sonli  futbolchilaming himoyalanish  kabi  hujum 
harakatlariga ham  bogMiqdir.  Bunga,  o’rta  chiziq  va himoya  chizig’ida 
o’yinchilar sonini ko’payishi yaxshi samara beradi.
Guruh  zaro  harakatlaming  samaradoligi  ko’p jihatdan jamoadagi 
ijtimoiy-psixologik muhit bilan ham aniqlanadi. Uning qiymati,  guruhda 
barcha munosabatlar avj  oladigan birgalikda o’quv-mashg’ulot  va yin 
faoliyatini  amalga  oshiriladigan  muhitda  aniqlanadi.  GTH  muhim 
ahamiyatga  ega  boMishiga  qaramay, 
aynan 
shu 
muammoga 
bag’ishlangan  tadqiqot  ishlari  juda  kam.  Bizning  nazarimizda  bunday 
holatning  asosiy  sababi,  uni  qayd  etish  va  baholashning  murakkabligi 
blsa kerak.  Shuning uchun, jamoa taktik tayyorgarligining eng muhim 
tarkibiy  qismi  boMgan  GTH  takomillashtirish  byicha  uslubiy 
adabiyotlar  etarli  emas.  Demak,  birinchi  navbatda  GTH  tuzilmasini, 
futbolchilar 
maxoratini 
aniqlash, 
turli 
darajadagi 
(Jahon 
va 
O’zbekistonning  eng  yaxshi  jamoalari)  jamoalaming  MF  diagnostik 
tahlil  qilish lozim.  Qiyosiy tahlil MF ko’rsatkichlari  mezoni ahamiyatini 
ochib berishga imkon beradi. 0 ’yinchilar tayyorgarligining samaradolik 
tuzilmasini  va  ulaming  o’zaro  guruh  harakatlarini  aniqlash,  GTH 
takomillashtiruvchi  maxsus  vositalarga  boMgan  talabni  aniqlashga 
imkon beradi.
311



Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish