kamchiliklami
o’rnini
to’ldiruvchi, yugurishni xohlamay-digan yoki yugura olmaydigan
o’yinchilar uchun zarur bo’lgan tizim yo’q.
Odatda orqa chiziqlar uchun to’rta o’yinchi, o’rta chiziq uchun
kamida ikkiti va oldingi chiziqlar uchun esa kamida ikki o’yinchi talab
qilinadi. Shunday qilib, sakkizta maydon yinchilarining joylashishi
byicha umumiy nuqtaiy nazar mavjud. Demak, hohishga ko’ra
joylashtirilishi mumkin bo’lgan ikki o’yinchi qoladi. Ulami oldingi
chiziqlarga joylashtirish mumkin, unda joylashish sxemasi 1 -4-2-4
bo’ladi. yana bu ikki o’yinchini o’rta chiziqlarga joylashtirish mumkin,
bunda joylashish sxemasi 1-4-4-2 bo’ladi. o’yinchilarning bittasini o’rta
chiziqqa, boshqasini esa oldingi chiziqqa joylashtirish ham mumkin,
ya’ni 1-4-3-3 sxemasi bo’yicha. Bitta o’yinchini to’rta orqa chiziq
o’yinchilarining ortidan, boshqasini esa o’rta yoki oldingi chiziqqa
joylashtirish mumkin, bunda joylashish sxemasi 1-1-4-3-2 yoki 1-1-4-2-
3 boMadi. o’yin boy berilganda, odatda bu ulaming 1-4-3-3 tizimi
bo’yicha o’ynaganlaridan emas albatta. Ayrim mualliflar shuni sabab
qilib ko’rsatadilar. Ko’p hollarda o’yinni boy bergan jamoalarda o’zaro
harakatlaming u yoki bu vazifalari bajarilmaydi.
Son (1-4-4-2) va sifat (harakat diapazoni keng universal
o’yinchilami tanlash) jihatdan o’rta chiziqni kuchaytirish bilan raqibning
hujum harakatlarida noaniqlik omillari, vujudga keladi, demak
maydonning hohlagan nuqtasidan bunday harakatlami amalga oshirish
mumkin bladi. Zamonaviy hujum va himoya, jamoada kamida
sakkizta ishtirokchiga ega bo’lishi kerak va yuklama jamoaning barcha
chiziqlari orasida teng taqsimlanishi lozim. Demak juda harakatchan, har
tomonlama rivojlangan va chidamkor o’yinchilar kerak. Ulaming
dastlabki holati, albatta hujum va himoya chiziqlaridan o’tishi shart
emas. Ular maydonning istalgan nuqtasidan o’yin olib borishni bilishlari
shart. Bu o’ta murakkab o’yin. Nafaqat ijro etuvchilar uchun, balki unga
qarshi turuvchilar uchun ham murakkabdir.
Bunday o’yinda
o’yinchilaming taktik o’zaro harakatlarining roli ancha o’sadi.
299
Zamonaviy futbolda, u yoki bu futbolchining maydonda egallangan
o’mi, uning o’yin davomida qanday vazifalami bajarishiga javob bo’la
olmaydi. Buni faqat o’yin vaqtida uni kuzatibgina bilish mumkin. Ya’ni
maydonda kuchni taqsimlanishi emas, jamoaviy vazifalami amalga
oshirish muhim rol o’ynaydi. Orqaga qancha o’yinchi qo’yiladi, o’rtada
qancha, oldinda qancha gap bunda emas. Balki, maydonda ishtirok
etayotgan barcha o’yinchilaming hujum va himoya harakatlarining
nisbati qanday ekanligi ahamiyatga ega. So’zsiz, o’yinchilar maydonda
joylashishlari lozim, lekin oldindan berilgan jamoaviy vazifalaming
hajmidan kelib chiqib o’yin jarayoni o’zgarib ketadi. Ma’Jum zonaga
tushgan futbolchi aibatta shu zona uchun tavsifli vazifalami bajarishi
kerak. To’liq o’zaro almashinuv amalga oshiriladi. Masalan, ikki
himoyachi qanot va markaziy hujumga jalb etildi va harakat davomida
ular shunchalik ilgarilab ketdilarki, oldingi chiziqda boTib qoldilar.
Lekin, hujum boy berilganda himoyadagilar birinchi navbatda ikkinchi
eshelon bo’lib hujum uyushtirgan hujumchi va yarim himoyachilami
yopishlari shart.
Shunday qilib, futbolda dialektik qonuniyatlar o’z ta’sirini o’tkazadi
deb aytish mumkin. 0 ’zgarmas o’yin tizimi mavjud emas. u yoki bu
vaqt boMagi davomida har qanday o’yin tizimi qayta shakllanadi va
o’zgartiriladi. Futbol, qachonki uning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillar, hususan, texnika, taktika, jismoniy sifatlaming rivojlanish
darajasi hamda o’yin qoidalarining o’zgarishi hisobga olingandagina
taraqqiy etadi.
0 ’yin tizimining uyg’unligi muvoffaqiyat garovidir. Agar o’yinni
o’tgan
kunning
toifasi
bilan
fikrlaydigan,
ongli
taktikani
qo’llamaydigan, etarli darajada jismoniy, texnik va odob-ahloq
tayyorgarligiga ega boMmagan o’yinchilar tashkil etsa, unda tizim eng
hamonaviy bo’lgani bilan o’z o’zidan muvoffaqiyatsizlikka olib keladi.
Bu dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi jamoalar tajribalarida ham
tasdiqlanadi. Himoya va o’rta chiziqda o’yinchilar sonini ko’payishi,
keng maydonda joy o’zgartirib qo’qisdan va tezkor hujumlar bilan
harakatlanayotgan hujumchilarga etarlicha qarshilik ko’rsata oladi. Shu
vaqtning o’zida hujum maydonini qismlariga ajratib zich himoyani
cho’zishning eng muhim usullardan biri bo’lib qoladi.
Shunday qilib, boMim yuzasidan xulosa qilib shuni aytish joizki,
zamonaviy futbolga hos boMgan qirralar quyidagilar hisoblanadi:
- futbolchilaming taktik harakatlarini universallashtirish;
300
- hujum harakatlarini awali, davomi va yakunida futbolchilaming
zaro harakatlari sonini oshiruvchi, o’yin harakatlarini jadallashtirish;
- darvozaga zarbalar soni ko’paydi, bu esa o’z navbatida qoida
buzilishlari sonini ko’payishiga olib keldi, to’pni o’yinga kiritish esa
asosiy guruh taktik harakatlar (jarima, ochiq, burchak, autdan to’pni
tashlab berish) hisoblangan stardart holatlardan boshlanadi;
- futbolchilaming o’yin harakatlarini universallashtirish va
jadallashtirish
o’zaro
harakatlami
tartiblashtirishni,
ulaming
uyg’unligini oshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |