Modellashtirayotgan jarayonning iqtisodiy matematik modeli tenglamalar,
tengsizliklar tizimi, funksiyalar shaklida ifodalanadi. Oldin modelning turi, keyin
uning o„zgaruvchilari, parametrlari, aloqa shakllari aniqlanadi. Demak, matematik
modelni tuzilishining o„zi bir necha bosqichlardan iborat.
Uchinchi bosqich - modelning matematik tahlili.
Bu bosqichning maqsadi - modelni umumiy xususiyatlarini aniqlashdir. Bu
yerda model matematik usullar bilan tekshiriladi. Eng asosiysi, modelni yechimi
borligini isbotlash zarur. Agar modelning matematik yechimi bo„lmasa, unda
keyingi bosqichlarni bajarish mumkin emas bo„lib qoladi. Shuning uchun yoki
masalaning iqtisodiy qo„yilishini o„zgartirish kerak yoki matematik ifodalashning
yanada aniqroq qo„yilishi zarur bo„lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: