Birinchi bosqich - iqtisodiy muammoning qo„yilishi, uning nazariy va sifat
jihatdan tahlili.
Bu bosqichda iqtisodiy jarayon har tomonlama o„rganiladi, uning ichki va
tashqi axborot aloqalari, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi asosiy
parametrlari aniqlanadi.
Bu bosqichda asosan muammoni asl ma‟nosi ifodalanadi. Qanday
masalalarning yechimi topilishi kerakligi aniqlanadi. Izlanayotgan noma‟lum
o„zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko„zda tutadi, natija nimalarga olib keladi,
kabi savollar aniqlanadi.
Modellashtiriladigan iqtisodiy jarayonning optimallik mezoni aniqlanadi va u-
maqsad funksiyasi shaklida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |