modellashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Modellashtirish jarayonini amalga
oshirish uchun avvalo obyekt to„g„risida (firma, korxona, tarmoq, milliy
iqtisodiyot) yetarli va ishonchli ma‟lumotlarga ega bo„lish lozim. Ushbu
ma‟lumotlarning ishonchliligiga va yetarli darajada bo„lshiga tuzilayotgan yoki
Modellashtirish jarayonini amalga oshirish uchun avvalo obyekt to„g„risida
(firma, korxona, tarmoq, milliy iqtisodiyot) yetarli va ishonchli ma‟lumotlarga ega
bo„lishiga tuzilayotgan yoki yaratilayotgan modelning sifatli va hayotiyligi ko„p
Modelni qurish bosqichi haqiqiy (original) obyekt haqida ba‟zi bilimlarni
talab qiladi. Original obyekt va modelning yetarli darajada o„xshashligi masalasi
aniq tahlilni talab etadi. Modellashtirishning 2-bosqichida model o„rganilayotgan
mustaqil obyekt sifatida maydonga chiqadi. Bunday tekshiruvlarning shakllaridan
biri “modeli tajribalari” o„tkazish hisoblanadi. Ularda modelning ishlash shartlari
ongli ravishda o„zgartiriladi va uning “hulqi‟‟ haqidagi ma‟lumotlar tartibga
solinadi. Bu bosqichning yakuniy natijasi R model haqida olingan jami bilimlar
hisoblanadi.
3-rasm. Modellashtirish jarayonining umumiy sxemasi.
3-bosqichda bilimlarni modeldan original obyektga ko„chirish amalga
oshiriladi. Subyekt haqida jami bilimlar to„planadi. Bu bosqich aniq qoidalar
asosida o„tkaziladi. Model haqidagi bilimlar shunday tizimlashtirilishi kerakki,
unda original obyektning modelni qurishda o„zgartiriladigan yoki o„z aksini
topmagan xususiyatlari hisobga olinishi zarur.
Biz original obyekt va modelni o„xshashlik belgilarining o„zida aks ettira
olgan har qanday natijani to„la asos bilan modeldan originalga ko„chira olamiz.
Agar bu modelni tekshirishning ma‟lum natijasi modelning original obyektdan
farqi bilan bog„liq bo„lsa, bu natijani ko„chirish asossiz hisoblanadi.
4-bosqich - model yordamida olinadigan bilimlarning amaliy tekshiruvi va
obyekt haqidagi umumlashtiruvchi nazariyani yaratish, obyektni o„zgartirishda
yoki boshqarishda olingan bilimlarni qo„llashdan iboratdir. Modellashtirishning
mohiyatini tushunishda shuni ham esda tutish lozimki, modellashtirish - obyekt
haqidagi bilimlarning yagona manbai emas. Modellashtirish jarayonini - undan
juda keng bo„lgan obyektni umumiy o„rganish jarayoni o„z ichiga oladi. Bu hol
faqatgina modellashtirish jarayonida emas, balki o„rganishning turli-tuman
vositalari asosida olinadigan tadqiqotlar natijasini umumlashtirish va
birlashtirishni
o„z ichiga oluvchi yakuniy bosqichda ham hisobga olinishi zarur.
Modellashtirish-takrorlanuvchi (siklik) jarayondir. Bu shuni bildiradiki,
birinchi 4-bosqichli sikldan so„ng ikkinchisi, uchinchisi va hokazo keladi, sikl
takrorlanadi. Bunda tekshirilayotgan obyekt haqidagi bilimlar kengayadi va tobora
aniqroq bo„ladi, boshlang„ich model esa takomillasha boradi. Obyektni ham
o„rganish natijasida paydo bo„lgan kamchilik va model qurishdagi xatolar birinchi
sikldan so„ng aniqlanib, keyingi sikllarda tuzatilishi mumkin. Demak,
modellashtirish uslubiyotida o„z-o„zini rivojlantirish asoslari mavjud.
Iqtisodiy-matematik modellarni tuzish ham, yuqoridagi umumiy sxemaga
mos, bir qancha bosqichlardan tashkil topadi (4-rasm).
4-rasm. Iqtisodiy-mamemamik modellashtirishning bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: