Mavzu: Iqtisodiy matematik modellar tasnifi Reja



Download 328,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi328,81 Kb.
#247207
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4. Iqtisodiy matematik modellar tasnifi.



Mavzu: Iqtisodiy matematik modellar tasnifi 

Reja: 

1. Iqtisodiy matematik model turlari. Modellashtirish jarayoni va bosqichlari 

tavsifi. 

2. Modellashtirish bosqichlari. 

 

1.  Iqtisodiy  matematik  model  turlari.  Modellashtirish  jarayoni  va 

bosqichlari  tavsifi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  iqtisodiy  jarayonlarni 

modellashtirish  o„ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Chunki,  birinchidan,  bozor 

tavakkalchilik  va  noaniqlik  elementlariga  ega;  ikkinchidan,  resurslaming 

chegaralanganligi;  uchinchidan,  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste‟molchilar  o„rtasida 

raqobatning  mavjudligi;  to„rtinchidan,  iqtisodiy  ko„rsatkichlarni  istiqboldagi 

holatini oldindan ko„ra bilishning zarurligi va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli 

xil bo„ladi va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi. 

Kuzatilayotgan  obyektlarni  chuqur  va  har  tomonlama  o„rganish  maqsadida 

tabiatda  va  jamiyatda  ro„y  beradigan  jarayonlarning  modellari  yaratiladi.  Buning 

uchun  obyektlar  hamda  ularning  xossalari  kuzatiladi  va  ular  to„g„risida  dastlabki 

tushunchalar  hosil  bo„ladi.  Bu  tushunchalar  oddiy  so„zlashuv  tilida,  turli  rasmlar, 

sxemalar,  belgilar,  grafiklar  orqali  ifodalanishi  mumkin.  Ushbu  tushunchalar 

model deb aytiladi. 

Model so„zi lotincha modulus so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor degan 

ma‟noni anglatadi. 

Keng  ma‟noda  model  biror  obyektning  yoki  obyektlar  tizimining 

namunasidir. Model tushunchasi biologiya, tibbiyot, fizika va boshqa fanlarda ham 

qo„llaniladi. 

Jamiyatdagi  va  iqtisodiyotdagi  obyektlarni  matematik  modellar  yordamida 

kuzatish va o„rganish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. 

Iqtisodiy model - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda 

modelning  hayotiyligi,  uning  modellashtiriladigan  obyektga  aynan  mos  kelishi 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Lekin  yagona  modelda  o„rganilayotgan  obyektning 

hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng harakterli va 

eng muhim belgilari aks ettiriladi. 

Demak,  modelning  haqiqiyligi  to„plangan  ma‟lumotiar  hajmiga,  aniqlik 

darajasiga, 

tadqiqotchining 

malakasiga 

va 

modellashtirish 



jarayoniga, 

aniqlanadigan masalaning harakteriga bog„liqdir. 

Modellashtirish  usuli  istalgan  tabiatli  obyektlarni  tekshirish  uchun 

qo„llanilishi  mumkin  bo„lganidek,  o„z  navbatida  istalgan  obyekt  modellashtirish 

vositasi bo„la oladi. Iqtisodiy jarayonlar va ko„rsatkichlarni modellashtirishda turli 

xil usullardan foydalaniladi.  




Ushbu  usullar  yordamida  tuziladigan  barcha  modellarni  2  turga  bo„lish 

mumkin: moddiy modellar va ideal modellar.  

Moddiy modellar real obyektlarni tabiiy va sun‟iy materiallar yordamida  aks 

ettiradi: bo„r bilan doskada, qalam bilan qog„ozda formula yozish, kartondan biror 

maketni tuzish, metalldan aviamodel yasash. 

Ideal  modellar  insonning  fikrlash  jarayoni  bilan  chambarchas  bog„langandir. 

Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi. 

Moddiy  modellar  o„z  o„rnida  geometrik,  fizik  va  belgili  (simvolli) 

modellardan iborat. 


Download 328,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish