Fiziologiyasi va gigiyenasi


Hujayraning irsiy apparati



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

Hujayraning irsiy apparati. Har qanday  hujayraning.  shu jum - 
ladan.  odam organizmi  hujayrasining  irsiy apparati  bo'lib  DNK  hi­
soblanadi.  DNK  hujayra  yadrosida  tarqalib  u  yerda xrom osom alar 
deb ataluvchi tuzilm alar hosil  qiladi.  Xromosoma DNKda shifrlan- 
gan  holdagi  irsiy  axborotlarni  saqlaydi.  Aynan  DNK  ota-ona  hu- 
jayralaridan  qiz  hujayralarga  irsiy  axborotlarni  yetkazib  beradi.
Axborotlarni  yozib  olish  uchun  ayrim  «simvol»lardan  tash­
kil  topgan  kod  bo'lishi  zarur.  Ana  shunday  «sim voblardan  DNK 
molekulasidagi  nukleotidlar hisoblanadi.  Bir necha ming ketma-ket 
joylashgan  nukleotidlardan  iborat DNKning  gigant  molekulasidagi 
qator oqsil  molekulalarida  uning  tuzilishi  haqidagi  yozuvlar yashi- 
ringan -   «sirli»  bo'ladi.  Uzun  ipsimon  DNK  molekulasi  bir-birini 
orqasidan joylashgan qismlardan  iborat va  ularning  har  birida qay- 
sidir  oqsilning  tuzilishi  haqidagi  axborot  saqlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bizga  M orze  alifbosi  tanish,  uning  kodida  bor  y o 'g 'i  ikkita 
belgi  mavjiid  (nuqta  va  tirelar).  Alifboning  har  bir  harfi  nuqta  va 
tirelarning  m a'lum   kombinatsivasiga  mos  keladi.  Xuddi  shunga 
o ‘xshash  holatni  DNK  molekulasida  ham  kuzatish  mumkin.  Bu 
yerda  kodlangan  belgilar  rolini  DNKning  polinukleotidli  zanjirida 
k o ‘p marta takrorlanuvchi to ’rtta nukleotid bajaradi. Yuqorida qayd 
qilinganidek  azotli  asoslarning  boshlang’ich  harflari:  A -   adenin. 
G  -   guanin,  T  -   tim in  va  С  -   sitozin  bilan  belgilanadi.
Oqsillarda 20 ta aminokislota topilgan va ularning har biri DNK 
molekulasidagi  m a'lum   darajada navbatlashib takrorlanuvchi  nuk- 
leotidlarda  yashiringan.  Har  bir  am inokislota  uchta  yonma-yon 
turuvchi  aminokislotalardan  iborat  bo'lgan  DNKning  m a’lum 
qismiga  mos  keladi.  Masalan,  A-C-C  fragment  triptofan  aminkis- 
lotasiga  to 'g 'r i  kelsa,  C-B-C  qismi  metioninga  va  h.  k.  Shunday 
qilib,  20  aminokislotaning  har  biri  uchun  shifrlangan  guruh  uchta 
nukleotidlardan  tashkil  topgan  bo'ladi  (triplet)  (AAA.  GCG,TGA 
va  h.  k.).  Oqsil  tuzilishidagi  aminokislotalarning  navbatma-navbat 
jovlashuvi  DNKda  tripletlarning joylanishi,  navbatlashuvi  singari 
shifrlangandir.
Oqsil  hujayralarning  hayoti  uchun  zarur  bo'lgan  m a'lum   tu­
zilishi  haqidagi  dastur  shifrlangan  nuldetidlar  qatori,  ya'ni  DNK 
molekulasining  qismi  genlar  deb  ataladi.
Nihoyat.  uzoq  muddatli  evolutsiya  davomida  yuzaga  keluvchi 
yadro DNKasi hujayralarning irsiy axborotlarini tashuvchi hisobla­
nadi.
Lekin DNK  hujayra yadrosida joylashgan bo'lsa,  aynan ana shu 
hujayra  uchun  xos  bo'lgan  oqsillarning  sintezlanishi,  asosan,  sito- 
plazmada,  uning  mayda  organoidlarida-ribosom alarda  bajariladi.
Axborotlar  qay  tarzda  ribosomalarga  beriladi?  Bu  axborotchi 
RNKlar  yordamida  amalga  oshadi.  Axborot  RNKlaridagi  nukleo- 
tidlarning  navbatlashuvi  DNKning  bitta  qismining  tuzilishini  aks 
ettiradi.  Bunday hollarda,  DNK molekulasida saqlanuvchi oqsillar­
ning  tuzilishi  haqidagi  axborotlar  i-RNK  larga  qayta  yoziladi  deb 
yuritiladi.  i-RNK  molekulalari  ribosomalarda  tanlanadi  va  xuddi
www.ziyouz.com kutubxonasi


m atrisadagidek sitoplazmada saqlanuvchi  aminokislotalardan  oqsil 
molekulalarining  yig'ilishi  yuz  beradi.  Oqsillarning  hosil  bo'lishi 
uchun  sarflanadigan  am inokislotalar dastlab ATF  bilan maxsus  fer- 
mentlar  ishtirokida  faollashadi.
Faollashgan am inokislotalar transport t-RNK  molekulalari  bilan 
tashiladi.  Turli  am inokislotalar  uchun  o'zlarining  t-RNKasi  faoli­
yat ko'rsatadi. t-RNK bilan am inokislotalar energiyaga boy bo'lgan 
fosfat  b og’lari  yordamida  birikadi.  Ribosomalarda  t-RNK  am ino­
kislotalardan  ajraladi:  t-RNK  xuddi  chelnok  singari  ishlaydi,  faol­
lashgan  aminokislotalarni  tashiydi.  faollashgan  aminokislotalarni 
ribosomalarga  olib  kelib.  so'ngra  undan  chiqib  ketadi.
Shu  y o'l  bilan  DNK da  saqlanuvchi  irsiy  axborotlar  oqsil  tu- 
zilm alarida realizasiya qilinadi  va  ularning  spetsifikligi  aniqlanadi.

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish