Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
445
Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarni tajriba
qilibman". Alisher Navoiy muqaddimada kishilarni ikki guruhga «munosib kishilar» va
«nomunosib kishilar»ga bo`lib, hayotda inson ana shu nomunosib kishilardan o‘zlarini
tiyishi va yaxshi-yomonni ajrata olishda «Mahbub ul-qulub»dan foydalanishi zarurligini
ta’kidlaydi. Demak, Navoiy hayot tajribalari asosida yoshlarni haqiqiy, komil inson
bo`lishga undaydi va hayot saboqlaridan xulosa chiqarishda ushbu asaridan foydalanish
mumkin, deydi.
Yaxshilik va yomonlikning aslini ham, zahrini ham tortib ko‘rdim. Xasislar va
karamlilar yetkazgan yara va bergan malhamni ko‘nglim tag-tugi bilan sezgandirman.
Zamon ahlidan ba’zi hamsuhbatlar va davr kishilaridan ayrim do‘stlar bu hollardan
xabarsiz va ko‘ngillari bu yaxshilik va yomonlikdan asarsizdir... Bu xildagi hamsuhbat
va do‘stlarni xabardor qilmoq va bu hollardan ogoxlantirmoq lozim ko‘rindiki, har
toifaning xislatlaridan ma’lumotlari va tabaqaning ahvolidan bilimlari bo`lsin, keyin
munosib kishilar xizmatiga yugursinlar va nomunosib odamlar suhbatidan tortinishni
zarur bilsinlar va barcha odamlar bilan maxfiy sirlardan so‘z ochmasinlar. Shayton
sifatlar hiyla va aldovlariga o‘yinchoq bo`lib qolmasinlar. Kimki har xil kishilar bilan
suhbatlashish va yaqinlashishni havas qilsa, bu kaminaning tajribasi yoshlar uchun
yetarlidir». Asar uch qismdan iborat bo`lib, Navoiyning o‘zi ta’kidlaganidek, birinchi
qismi har xil toifa odamlar fe’l-atvori va ahvoli, kayfiyati; ikkinchi qism yaxshi fe’llar
va yomon xislatlar xosiyati; uchinchi qism esa xilma-xil foydalar va hissalar ko‘rinishi,
ya’ni yaxshi fe’llar va xislatlarga oid tanbehlardan iboratdir. Buyuk mutafakkir Alisher
Navoiy o‘z davrining ilg‘or, ma’rifat allomasi sifatida inson kamolotida ilm-fanning
o‘rni, aql va idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Navoiy tasavvuridagi komil insonga xos bo`lgan eng yuksak fazilatlarga
ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga muhabbat ham kiradi. Chunki baxtli hayotga intilgan
Navoiyning ijodkor, oqil, qobiliyatli, dono inson o‘zining kuch-quvvatiga, aql-u
zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan,
ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo’lini nurafshon etadigan quyosh,
odamlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan omil sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni «Nazm
ul-javohir» asarida:
Kim olim esa nuktada barhaq de oni.
Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni.
Har kimsaki yo‘k ilm anga ahmoq de oni.
Majlisdaki ilm bo’lsa uchmoq de oni.
«Hayrat ul-abror» dostonining o‘n birinchi maqolatida ilmni shunday sharhlaydi:
«Ilm sehrining baland axtarligidakim, jahl tunin yoritmoq uchun «ayn»i, quyoshdan
«lom»i oydin va «mim» kunduzdin nishona aytur. Va jahl shomi tiyra
manzarlig‘idakim, g‘aflat chohini zalolat kechasida zohir qilib, bu kechada saxovatdin
fasona aytur. Va olimning bovujhai falokat quyoshdek sarv balandligi va johilning
bovujudi ganj-u mol tufroq aro najandlig‘i». Bunda arab tilida aynning ma’nosi quyosh,
lomning ma’nosi esa oy bo`lib, yana lom shaklli oyga o‘xshaydi va abjad hisobida
«o‘ttiz»ni bildiradi. Mim esa kunduz ma’nosini bildiradi.
Alisher Navoiy ilmni quyosh va oy hamda kunduzga o‘xshatib, u insonni baxt-
saodatiga eltadi demoqchi bo’ladi, ya’ni bu maqolat «ilm osmonining yulduzlardek
baland martabaliligi haqidakim, bilimsizlik tunni yoritish uchun «ayn» quyosh, «lom»
Do'stlaringiz bilan baham: |