Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
444
2.Агрессив ҳаракатларни ўйин мазмунига киритиш ва унга янги эмоционал
мазмун бериш. Бу орқали боланинг атрофдагиларга зарар етказмаган ҳолда
агрессив мойиллигини чиқариб юбориш (масалан, қароқчи ва казаклар ўйинида
агрессив хулқли болага қароқчи ролини бериш).
ALISHER NAVOIYNING ASARLARIDA TARBIYA VA
INSONPARVARLIK MASALALARI
Sanobar Abdurahmonova
NamDU filologiya fakulteti, o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
Qomusiy bilimlar sohibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy fan va san’atning turli
sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlarini rivojlantirish bilan birga, ta’lim-tarbiyani
takomillashtirishga ham e’tibor berdi. U o‘z «Xamsa»sida, «Maxbub ul-qulub» kabi
yirik ta’limiy-axloqiy asarida, shuningdek, «Munojot», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois»,
«Muhokamat ul - lug‘atayn» kabi asarlarida Adurahmon Jomiyning “Arba’in” nomli
asari tarjimasi «Chihil hadis («Qirq hadis)da tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ifoda etadi.
Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya
to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni
shakllantirishning mazmuni, usullarini bayon etdi.
V. Zohidov ta’kidlaganidek, «Navoiy ijodining, amaliy faoliyatining eng asosiy,
markaziy masalasi, yo‘nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti,
saodati, uning yashashi, zarur jamiyat masalalaridir».
Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra inson tabiatan tabiat bilan bog‘liq, shunga
ko‘ra xudoning mevasi sanaladi, chunki tabiatning o‘zini ham Olloh yaratgan. Shuning
uchun ham u hayotda hamma narsadan yuqori turadi, borliqning, butun mavjudotning
bebaho boyligi sanaladi. Inson o‘ziga xos xislatga, xulqqa, xatti-harakatga ega
bo`lganligi uchun ham boshqa mavjudotlardan farq qiladi.«Bular xush ovoz bilan kuy
kuylashdan, yoqimli soz chalishdan tortib, to do‘stga vafodorlikkacha, ilm-u hunar
o‘rganib tog‘ni tolqon qilishdan, tabiatni o‘z manfaatlari xizmatiga qo‘yishdan,
qahramonlikdan tortib, to halol, o‘z kuchi bilan mehnat qilib, shod-xurram
yashashlikgacha, insofli, vijdonli bo`lishdan tortib, to qanoatli sabrli, matonatli
bo`lishigacha, ozodlikni, hurlikni sevishdan tortib, to inson uchun zararli bo`lgan
yomonlikni nafratga uchratishgacha, shafoatli, shafqatli, adolatli bo`lishdan tortib, to
razillarga ayovsiz kurash e’lon qilishgacha, shirin so‘zlikdan tortib, to ochiq
ko‘ngillikgacha, sofdillikgacha..», - namoyon bo’lmadi, deydi V. Zohidov yuqoridagi
fikrini davom ettirib.
Shuning uchun ham Alisher Navoiy butun umri davomida yiqqan tajribasi asosida
«Mahbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asarini yozadi va ana shu asarida
o‘zining «Hayrat ul-abror», «Nazm ul- javohir» va boshqa ta’limiy-axloqiy asarlaridagi
axloqiy qarashlarini rivojlantiradi.
Uning mazkur asarni yozishdan maqsadi ham muqaddimada bayon etilgan: "har
ko‘cha-ko‘yda yuguribman va olim ahlidan har xil kishilarga o‘zimni yetkazibman.
Do'stlaringiz bilan baham: |