Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
133
psixologlarga ma’lum. Bunday nomutanosiblik tufayli inson aziyat chekadi, azoblanadi
va oqibatda bu iztiroblar uning hayotida xilma xil energiyani hosil qiladi.
Kreativ CREA lotincha so’z bo’lib, yaratuvchanlik, ijodkorlik ma’nolarini
anglatadi. Bir qarashda ta’lim jarayonini kreativ g’oyalar asosida tashkil etish o’quv
dasturida belgilangan talablardan chetga chiqishdek tasavvur qoldiradi. Biroq,
kreativlik, ijodiy yondashish o’quv mashg’ulotlarini mavjud Davlat ta’lim standartlari
(DTS)ga moslashtirish, qolaversa, o’qituvchilardan o’qitish jarayoniga nisbatan kreativ,
ijodiy yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladigan metod, usul va vositalar
mashg’ulotlarni metodik jihatdan samarali, to’g’ri olib borishni ta’minlaydi.
SHaxsda kreativ fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun, eng avvalo, ularda
tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish talab etiladi. O’quv materiallarini
o’quvchilarga taqdim etishda savolning <> deb qo’yilishi topshiriqlarni
bajarish jarayonida ularning ham obyektiv, ham subyektiv fikrlash ko’nikmalarini
samarali o’zlashtirishni ta’minlaydi. Kreativlik o’quvchilarda nafaqat yangi g’oyalarni
ilgari surishini taqozo etishi, balki o’quv masalalari bo’yicha qarorlar qabul qilish, tahlil
etish ko’nikmalarini ham shakllantira olishi lozim. Kreativlik jarayoni boshlang’ich
g’oyalarni ishlab chiqish, ularni tadqiq qilish va tahlil etish, zarur bo’lsa ulardan voz
kechishni ham o’z ichiga oladi. Ayni o’rinda shuni ham aytib o’tish joizki, ta’lim
jarayoniga nisbatan kreativ yondashuv ta’lim olish, o’quv fanlari asoslarini
o’zlashtirishga nisbatan qiziqishi susaygan o’quvchilar bilan ishlash maqsadida emas,
balki barcha o’quvchilar bilan jonli, qiziqarli, jo’shqin muloqotga kirishish, ularni
faollikka undash uchun qo’llaniladi.
Psixologiyada kreativlik voqeylikni o’ziga xos aks ettirishga, kishining oilam
haqidagi boy tasavvurlarga egaligini ifoda etuvchi tafakkur uslubi sifatida baholanadi.
O’z ichki olamini bilish, tushunish, his qilish hususiyati ko’pchilikka xosdir. SHuning
uchun ham aksariyat odamlar o’z hayotini ma’lum maromga solib, ruhiyatini ongli
idora qiladi. Afsuski, ayrim kishilarda bu garmoniyani his etish va boshqarish qobiliyati
sust bo’ladi va ruhiy muammolar tufayli aziyat chekish ko’pincha shu toifadagi
odamlarda ko’proq kuzatiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, ko’pincha bu kabi
muammolarning asosiy sababi insondagi ijodkorlik va uning o’z vaqtida ro’yobga
chiqarish imkoniyati bilan bog’liq bo’lar ekan. Demak, ijodkorlikni ro’yobga chiqarish
orqali inson ruhiyatidagi tashqi va ichki olam garmoniyasiga erishish mumkin degamn
xulosa chiqarsak mubolag’a bo’lmaydi.
Psixologiya ilmida bu kabi ruhiy muammolarni o’rganish va bartaraf etish
bo’yicha ishlari talaygina. Shulardan eng samaralilaridan biri Art terapiya usulidir. Art
terapiyaning qadim zamonlardan vujudga kelgan. O’tgan asr o’rtalarida klinik
psixoterapiyada odamlarga san’at orqali ta’sir etish rivojlanib ketdi. Art terapiya
atamasini birinchi marta Andrean Xill tomonidan fanga kiritildi. U maxsus tuberkulyoz
kasalxonasida, art pedagog lavozimida ishlagan. Unga qadar olimlar Freydni fikriga
asoslanib, odamning ichki “meni ” xar xil ko’rinishda namoyon bo’ladi va o’z meni
orqali xarakatlanadi deb aytadi. Rasm chizganda xam xuddi shu narsa takrorlanadi.
Terapiyaga san’at tushunchasi kirib kelishi XX asr o’rtalarida to’g’ri keladi.
Birinchi bo’lib art terapiyani bemorlarda qo’llanilgan va samarali natijalarga
erishganlar. Ularning asosiy vazifasi bemorlarni xastaliklarni tufayli ortirilgan salbiy
emotsiyalarni yo’qotish bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |