Nutq o'qitish vositasi.
O'quv materialini o'quvchilarga muvofakkiyatli yetkazish uchun o'qituvchi bayon
etish metodikasi bilan bir katorda nutq tehnikasini ham yahshi egallagan bulishi
kerak. Nutq tehnikasi, kupchilik hollarda tabiat in'omi bulmay, balki o‘z ustida
tinmay ishlash natijasidir.
O'1ituvchi o'1uv materialini har hil tarzda bayon etib, bunda ijobiy natijalarga
erishishlari mumkin. O'qituvchi mukammal biladigan, o'quvchilarning chuqur va
puhta bilim olishlariga imkon beradigan metodikagina yahshi bo'ladi. shu
munosabat bilan nutq tehnikasi yuzasidan har bir o'qituvchiga bir hil darajada va
istagan holda yarayveradigan metodik maslahat berish kiyin. Shuning uchun ilgor
pedogogik tajribani umumlashtirishga asoslangan ba'zi tavsiyalarni keltirib
o‘tamiz.
Avvalo shuni nazarda tutish kerakki, darsda o'quv materialini og‘zaki bayon etish
tashki samaraga mulljallangan nutq bulmay, balki o'quvchilarga yangi bilimlar
bayon etishidir.
O'quv materialini o'quvchilarga karab, jonli tilda bayon etishga harakat qilish,
«biz», «siz», «biz siz bilan» kabi olmoshlardan kuprok foydalanish,
o'quvchilarning dikkatiga e'tibor berib turish kerak.
O'quvchi nutqining ifodali bulishi uchun mimika va imo-ishoralar katta
ahamiyatga ega, chunki ular bayon etilayotgan materiallarning ma'naviy buyogini
kuchaytirishga, unga uz munosabatini bildirishga yordam beradi. Ammo mimika,
imo-ishoralarga haddan tashqari berilib ketish yaramaydi.
o'qituvchi o'quv materialini bayon etar ekan, unga befarq qaray olmaydi. Bu narsa
o'quvchilarni ham befark karay olmaydigan qiladi. O'qituvchi bayon etayotgan
materialning emotsional buyogi o'quvchilar e'tiborini aktivlashtiriladi.
Ta'lim jarayonini ijobiy emociyalar asosida kurish zarur. I. P. Pavlov ijobiy
emociyalarga bosh miya katta yarim sharlari mahsuldor ishlashining manbai
sifatida karar edi. Psihologlar ijobiy emotsiyalarni inson faoliyatining kudratli
stimuli deb hisoblaydilar. Didatika zerikish ta'limning ashaddiy dushmani
ekanligini isbot qilgan.
Tabiiyki, bayonning emocional buyogi imkoiyatlari kup darajada fanning
mazmuniga bog‘liq. Gumanitar fanlar o'qituvchilarida bunday imkoniyatlar,
masalan, umutehnika va mahsus fanlar o'qituvchilrnikiga karaganda ancha katta.
Birok eng «quruq» fan ham jonli, kizikarli, jozibali tarzda bayon etilishi zarur.
Bunga erishish vositalari juda kup. Bo'lar jumlasiga tarihga kichikroq sayohat
qilish ham, kizikarli faktlar, amalda ishlatiladigan misollar keltirish ham,
solishtirish ham kiradi va hokazo.
Har bir pedogokning nutq sifati va ovoz tembri har hil bo'ladi. Tegishlicha mashq
qilib, ovozning yokimli bulishiga erishi mumkin. Nutqning individual
kamchiliklariga, masalan, dimogdan suzlash, suzning ohirgi qismini «yutib
yuborish» va shu kabi kamchiliklarga barham berish zarur. Nutqni parazit
suzlardan tozalash lozim.
O'qituvchi ovovzining o‘zi bemalol gapira oladigan ohangini aniqlab olishi juda
foydali. Bu ohangdan chetga chiqish nutqni jonlantiradi.
Nutqning past balandligi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining auditoriyani
tuldirib, eng ohirgi katorda utirgan o'quvchilar ham eshitadigan ovozi normal
hisoblanadi. Birok haddan tashqari baland ovoz o'quvchilarni charchatib kuyadi.
Nutqning tezlik va balandlik darajasini, shuningdek, ohangini o'quv materialining
qiyinlik hamda muhimlik darajasiga karab o‘zgartirish zarur. Muhim qonun
koidalar, tariflarni oddiyroq yoki ikkinchi darajali materialga qaraganda balandrok
ovoz bilvan va sekinrok bayon etgan ma'qul. Hamma vakt aniq va ravshan
gapirishga harakat qilish lozim. Yangi terminlarni ayniksa aniq aytish zarur.
Tajribali o'qituvchilar o'quv materialini bayon etish jarayonida ayrim jumlalar
orasida va har bir muhim fikr yoki tarifdan keyin bir oz tuhtab-tuhtab oladilar. Bu
hol ukvuvchilar e'tiborini oshiradi va bayon etilayotgan materialni tushinib olishi
uchun vaqt beradi.
Nutq tehnikasi o'qituvchining kundalik ishi natijasidir; uni doimo takomillashtirib
borish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
boshqalarning qanday gapirayotganini kuzatib borish, ishdagi urtoklari,
shuningdek, majlis, ma'ruza, konfirentsiyada gapirganlar nutqining afzalliklari va
kamchiliklarini tahlil qilish lozim;
hamma vakt uz nutqini mashq qildirishga intilish kerak; nutqni Yuqori madaniyatli
va tehnikali qilishning eng yahshi usuli majlis, kengash, seminar, pedogogik
ukishlarda keng auditoriya oldida nutq so‘zlashdir.
Suhbat - o'quv jarayonini tashkil etishning savol-javobli metodi. Umumtehnika va
mahsus fanlar o'qituvchilari suhbatning ikkita asosiy turidan: asosiy maqsadi
o'quvchilarga yangi bilimlarni bayon etishdan iborat bulgan suhbat hamda
o'quvchilarning
bilimlari
mustahkamlanadigan,
takrorlanadigan,
tekshirib
kuriladigan va baholanadigan suhbatdan foydalanadilar. Suhbatning har bir turi
uchun uz metodikasi hosdir.
Agar suhbatdan kuzlanadigan maqsad yangi bilimlarni bildirishdan iborat bo'lsa,
o'qituvchi urganilishi kerak bulgan masalani urtaga tashlaydi va mantiqiy
mulohazalar yuli bilan o'quvchilarni muayyan hulosaga olib keladi. Bunda
o'qituvchi o'quvchilarni ilgari olingan bilimlar, kuzatishlar, hayotiy va ishlab
chiqarish tajribasini takrorlashga, hodisalarni solishtirish, takkoslashga, uz fikrini
bayon etishga undaydi. Suhbatning asosiy alomati - o'quv materialin muhokama
qilishda o'quvchilarning bevosita ishtirok etishi suhbatning uziga hos
hususiyatlarini belgilaydi. Bunday suhbat jarayonida o'quvchilarning bilimlari va
tajribasi suzlab berishdagiga karaganda ancha samarali aniqlanadi va foydalaniladi,
materialni uzlashtirish jarayoni tularok hamda operativrok nazorat qilinadi, ilgari
olgan bilimlari ancha chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Jamoa suhbat umumiy
manfaatdorlik vaziyatini yaratadi, o'quvchilarning e'tibori va qizqishini oshiradi,
mushohadasini aktivlashtiradi tashabbus hamda mustaqillikni rivojlantiradi, darsda
bilimlarning ongli ravishda uzlashtirilishini ta'minlaydi va uy ishini osonlashtiradi.
Ilg‘or o'qituvchilar suhbatining goyaviy mazmuniga katta ahamiyat beradilar,
uning imkoniyatlaridan o'quvchilarnijamoalilik ruhida tarbiyalash, o'quvchilar
bilimini e'tikodga aylantirish uchun, bilish va ijodiy kuchlarini rivojlantirish uchun
keng foydalanadilar.
Suhbat o'quvchilarning yangi bilimlarini idrok etishini ta'minlabgina kolmay, balki
bu bilimlarni tushunib olishi va sistemaga solishga imkon beradi ham. Ammo
yangi materialni bayon etish metodi bulgan suhbat, bir kancha afzalliklarga ega
bulishiga karamay, pedagogikada «sof holda» nisbatan kam kullaniladi. Buning
asosiy sababi shuki, o'quvchilarni yangi materialni uzlashtirishga sekin-asta olib
kelish jarayoni kup vakt oladi va o'qituvchiningg mahsus tayyorgarlik kurishini:
savollarni o'quv materialining mantikiga muvofiq tanlash, ta'riflash, joylashtirishni,
o'quvchilardan kutilishi mumkin bulgan javoblar hamda asosiy hulosalarni uylab
olishni, shuningdek anchagina vaktni talab qiladi. O'quvchilar urganiladigan
material yuzasidan bir kator tayyorgarlikka ega bulishlari kerakligi ham suhbatdan
foydalanishni kiyinlashtiradi: suhbatni «bush joyda» utkazib bulmaydi.
O'quvchilarning ayni fan yoki boshqa fanlardan olgan bilimlari, kuzatishlar,
darsliklarning,
spravochniklarning
materialini,
jurnallardagi
makolalarni,
tehnikaviy va tehnologik hujjatlarni o'rganish, o'quvchilarning ishlab chiqarish
ta'limi jarayonida ortirgan tajribasi, hayot tajribasi suhbat manbai bo'ladi.
Yuqorida aytib utilganlar asosida yangi materialni bayon etish metodi bulgan
suhbatdan foydalanishning ba'zi shartlarini aniqlash mumkin:
eng muhim, prinsipial ahamiyatga ega bulgan materialni suhbat metodida urgangan
ma'kul;
suhbat metodida o'rganish uchun mazmuni aniq mantiqiy izchillikka ega bulgan
materialni tanlash zarur;
suhbatda o'quvchilar bilimni muayyan sistemaga keltirish, fanlararo boglanishni
amalga oshirish, o'quvchilarning nazariy bilimlari bilan ishlab chiqarish tajribalari
urtasida boglanish urnatish uchun foydalanish eng katta samara beradi;
suhbatni boshqa metodlari: tushuntirish, kitob bilan ishlash, o'quvchilarning
mustaqil kuzatishlari, namoyish qilish, mashqlar, laboratoriya - amaliy ishlar bilan
birga kushib utkazgan ma'kul.
Suhbatning muvafakiyatli utishi ko‘p jihatdan shu suhbat temasining to'g‘ri
tanlanishiga va konkret o'quv vazifasiga bog‘liq. Suhbat temasini aniq ifodala
berish, o'quvchilarga bilimlarni uzlashtirish uchun yana nimalar qilish lozimligini
kursatib berish juda muhimdir.
Yangi bilimlar berish maqsadida utkaziladigan suhbat induktiv va deduktiv usul
bilan olib borilishi mumkin.
O'qituvchilar induktiv usulni o'quvchilarni uzlarida bor bilimlarga va ishlab
chiqarish tajribasiga tayanib, mustaqil hulosalar chiqarishga va umumlashtirishlar
qilishga olib keladigan holllarda qullaydilar.
O'qituvchi keltirib chikargan yoki bayon etilgan koida, shart, talabni o'quvchilar
boshqa hollarga tatbik eta boshlagan, o'qituvchi savoliga javob berib va uning
topshirigini bajarib, yangi hodisalarni analiz qila boshlagan, mazkur koidani ana
shu hodisalarga tatbik etish mumkinligi to'g‘risida mulohaza yurita boshlagan
vaktda deduktiv usuldan foydalaniladi.
Suhbatning samarali chiqishi uchun o'quvchilarga beriladigan savolni to'g‘ri
tanlash, ta'riflash va quyish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Evristik, izlash suhbatida
savollarni o'qituvchi faoliyatining formasi debgina qaramaslik kerak. O'qituvchi
urtaga tashlagan har bir savol o'quvchilar ongida tegishli savol tugdirishi, paydo
bulgan noaniqliklarga barham berish istagi hosil qilishi, yangi assotsiasiyaga
undashi zarur.
Shu nuktai nazardan karaganda, savol fikrning bilish bilan bilmaslik urtasida
turadigan, yangi mulohaza hamda tushunchalardan oldin keladigan va ayni vaktda
ularning hosil bulishiga yordam beradigan alohida formasidan iborat, deb aytish
mumkin.
Ana shu asoslanilganda, savolga nisbatan kuyiladigan asosiy talab o'quvchilarning
aktiv fikrlash faoliyatini, zehnini ustirishdan iborat. Bundan tashqari, savollarga
nisbatan kuyiladigan talablarni aytib utish zarur: qisqalik va aniqlik; maqsadga
muvofiklik; mantiqiy ravshanlik va oddiylik; suhbatnin bundan oldingi savollari va
mavzusi bilan bog‘liqligi; mazmun va shaklining aniqligi; amaliy yunalganlik;
o'quvchilarning ishlab chiqarish tajribasini hisobga olish.
Aso siy kushimcha, yordamchi savollar bo'ladi. Asosiy savollardan kuzda
tutiladigan maqsad - eng muhim materialni ochib berish; kushimcha savollardan
kuzlangan maqsad - asosiy materialni aniqlashtirish, unga aniqlik kiritish;
yordamchi savollardan ko‘zda tutiladigan maqsad - tanish ma'lumotlarni
o'quvchilar esiga tushirishga yordam berish, o'quvchilar fikrini zarur tomonga
karatish.
Yangi materialni suhbat metodida bayon etishda o'quvchilarga beriladigan savollar
nihoyatda hilma hildir. Savollarning quyidagi guruhlarini ajratib kursatish
mumkin:
narsalarni, ularning tasvirlarini, hodisalar, jarayonnlar, faktlar va shu kabilarni
solishtirish hamda taqqoslashga oid savollar;
urganilayotgan faktlar, hodisalar, jarayonlarni umumlashtirish va ularning muhim
alomatlarini ajratib kursatishga doir savollar;
bilimlardan bir hil vaziyatlarda foydalana bilishni aniqlash uchun beriladigan
savollar;
sababi izohlashga oid savollar;
isbotlashga oid savollar, «ha» va «yuk» ekanligiga isbotlar keltirish;
fanlararo boglanishni urnatishga oid savollar;
tushunchaalarni ta'riflashga oid savollar.
O'quvchilarning javoblariga nisbatan kuyiladigan talablardan, avvalo, onglilik va
asoslanganlikni aytib utish kerak. Har bir javob o'quvchining fikrlash
mustaqilligini aks ettirishi lozim. O'qituvchi o'quvchilardan tehnika jihatidan va
adabiy jihatdan savodli ifodalangan aniq hamda ravshan javob kaytarishni talab
qilishi shart. O'quvchilarning nutq madaniyatini tarbiyalashga fikrlash
madaniyatini tarbiyalashning tarkibiy qismi deb karamok lozim.
Suhbatni tashkil etishga nisbatan kuyiladigan talablar, birinchi navbatda, savollar
qo‘yish usullariga va o'quvchilarni javob kaytarish uchun undashga taaluklidir.
Savollarni butun guruhga berish, sungra o'quvchilar javob berishga tayyorlanishi
uchun bir oz tanaffus qilish, shundan keyingina biror o'quvchining familiyasini
atash tavsiya qilinadi.
Suhbatning mantiqiy rejasiga kat'iy amal qilish juda muhim. Savollar bilan
javoblar shunday tartibda kelishi kerakki, o'quvchilar mavzuning izchilligini
hamma vakt sezib turadigan bulsin. Suhbat jarayonida o'quvchilar e'tiborini butun
urganilayotgan materialni tushunish uchun asosiy bulgan fakt va hulosalarga
qaratish alohida ahamiyatga ega.
O'qituvchi suhbat ipining uchini hamisha o‘z qo‘lida tutib turishi kerak. Shu bilan
birga savollar qo‘yishning va ularni ta'riflashning ilgari belgilab kuyilgan tartibiga
ko‘r-ko‘rona amal qilish yaramaydi. Savollarni o'quvchilarning javoblariga karab
har qila bilish, fikrlarning borishini tartibga solish, har qaysi o'quvchining kuchli
va kuchsiz tomonlarini hisobga olish zarur. Agar o'quvchi savolga javob
kaytarishga kiynalsa, boshqa o'quvchini chakirishga shoshilish yaramaydi, savolni
o'quvchiga tushunarlirok bulgan yangi varinatda berish va to'g‘ri javob yunaltirish
mumkin bulgan biror faktni eslatib utish lozim. Ammo javobni ochik oydin
beruvchi savollar berish yaramaydi.
Suhbatni yakunlar yasash bilan tugallash zarur: o'qituvchi suhbat jarayonida
urganilgan masalalarga aniq ta'riflar beradi.
Hozirgacha gap suhbat olib borish usuli to'g‘risida bordi, bunda savollarni
o'qituvchi berdi, o'quvchilar esa bu savollarga javoblarni uylab ko‘rdilar va
o'qituvchi rahbarligi ostida ma'lum hulosaga keldilar. Suhbatning bunday tuzilishi
eng tipikdir. Lekin suhbat jarayonida o'quvchilar ham savol berishi mukin;
o'quvchilar savolni o'qituvchiga ham, guruhdagi urtoklariga ham berish mumkin.
bunday metodik usulning afzalligi shundaki, birinchidan, o'qituvchi, savolning
harakteriga karab, o'quvchilar bilimining kanchalik chuqur ekanligi, ularning bilish
aktivligi, kizikuvchanligi va o‘rganilayotgan hodisalarni tushunish darajasi
to'g‘risida bir fikrga keladi; ikkinchidan, ko‘pincha chuqur, asosli savol bir-biri
bilan ketma-ket boglangan boshqa savollarning uzluksiz zanjiridan iborat bo'ladi;
birinchi savolning hal qilinishi ikkinchi, uchinchi savolni keltirib chikaradi va,
shunday qilib, o'quvchilar aktiv ishga jalb etiladi. Bu holda savollar o'quvchilar
bilimlari va qiziqishlarining chuqurlik mezonigina emas, balki bu qiziqishni
kuvvatlab turuvchi vosita ham bo'lib qoladi.
O'qituvchining vazifasi savolarning murakkabligini va pedagogik kimmatini doimo
oshira borib, o'quvchilarni savollar berishga undashdan iborat. O'quvchilarni savol
berishga undash usullaridan quyidagilarni ta'kidlab utish mumkin: o'qituvchining
ukib chi?ilgan matn, rasm, ko‘rsatma kullanmaga oid savollar tuzish to'g‘risida
o'quvchilarga beradigan topshirigi; javob kaytarayotgan o'quvchiga, o'qituvchiga
savollar berishni taklif eitsh; o'quvchilarni ataylab muayyan kiyinchiliklarga
tuknashtirish va hokazo.
Atamalarning talaffuzi.Nutqning sofligi, nutq madaniyati .
Tarbiya - ma'naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda
tutgan holda, o'qituvchining o'quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro
amaliy va nazariy muloqotidir.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari
tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
A) Talabaning qaysi hislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida
rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun hizmat qiluvchi manbalarni
izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun hizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni
qaysisini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi.
Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta'lim-tarbiya tizimi,
jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni
tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-harakatini sekin-
asta ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini
tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa
moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib,
komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan
uzoq davom etadigan mas'uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi.
Buning uchun bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma'naviy,
insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va
bolalarga bo'lgan munosabat muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va
atrofdagilarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga qarab
shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So'ng sekin-asta qilayotgan
ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi,
ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday
metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod - yunoncha atama bo'lib - aynan nimagadir yo'l, usul orqali maqsadga
erishish yo'lini bildiradi. Metod, ya'ni usul ahborotni uzatish va qabul qilish
harakteriga qarab:
1. So'z orqali ifodalash usuli.
2. Ko'rgazmalilik usuli.
3. Amaliy, namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usuli.
Yuqoridagi metodlar (usullar) o'z navbatida quyidagi guruhchalarga bo'linadi:
Birinchi guruh - so'z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali
qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa usullarga;
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko'rish orqali
tarbiyalash usullariga;
Uchinchi guruh - tarbiya ma'lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish.
o'rnak ko'rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko'rsatish;
To'rtinchi guruh - o'quvchi-talabalarning yahshi bajargan ishlarini, o'rtoqlari oldida
yoki ota-onalar majlisida ma'qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam,
stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. Suratlarini hurmat
tahtachasiga yopishtirish va boshqa og‘zaki, ‖rahmat‖, ‖barakalla‖ kabi
rag‘batlantirish usullarini kiritish mumkin.
Tarbiyachining rag‘batlantirish usuli ikkiga bo'linadi:
1. Siz buyurgan ishga burch va mas'uliyat bilan yondashganligini rag‘batlantirish.
2. Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini rag‘batlantirish.
Masalan: Bugun ishdan kech qaytishingizni aytib, farzandingizga ish buyurdingiz.
Farzandingiz siz buyurgan ishni bajarib qo'ydi. U siz buyurgan ishga burch va
mas'uliyat bilan yondoshdi. Siz farzandingizdagi bu ijobiy o'zgarishga befarq
bo'lmay, qolgan farzandlaringizga bo'lgan mehringizni suiste'mol qilmagan holda,
uni suyib, elkalariga qoqib,yoki peshonasidan o'pib qeyingi, bu harakatingiz
qolgan farzandlaringizni ham tarbiyalasin. Ularni mustaqil yumush qilishga
undasin. Bu holatdan keyin farzandlaringiz o'zini sizga nihoyatda kerakligini
sezadi. Oilaga yordami tekkanligidan mamnun. o'zida yo'q hursand, o'zini katta
bo'lib borayotganligini his etib boradi. Siz esa ana shu beg‘ubor, mehrli
rag‘batlantirishingiz orqali unda mehnatga qiziqish va uni uddalay olish
qobiliyatiga ishonch hosil qildingiz.
Jazo - bu bolaning noto'g‘ri qilgan ishiga o'zini iqror qildirish.
Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o'z hatosini
tushungan bo'lsa-yu, sizga qilgan hatosini aytolmay izza chekib turgan bo'lsa, uni
jazolashga zarurat yo'q. Endi bu hatoni qaytarmayman, degan ma'noda sizga
qarayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal ham hato
qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda quyidagi jazo turlari qo'llaniladi.
· Tushuntirish.
· Tanbeh berish.
· Ogohlantirish.
· qattiq ogohlantirish.
· Uyaltirish.
Yuqoridagi jazo turlarini o'qituvchi o'quvchiga yuzma-yuz hech kimning guvohisiz
qo'llaydi. Ammo gruppadosh o'rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb
bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uyat - bu insonning eng nozik sezgisi bo'lib, o'quvchini o'rtoqlari yoki kollektiv
orasida izza qilish (uyaltirish) eng yuqori jazo hisoblanadi.
O'quvchini jamoa orasida izza qilishni eng ohirgi chorasiz qolganda qo'llash
mumkin. Eng ma'quli o'quvchi bilan yuzma-yuz mehrli ohangda, unga ishonch
bildirib, qaltis yo'ldan qaytarish mumkin.
Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida ortirgan saboqlari va
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan, o'zgalarning nafratini
qo'zqatadigan hatti-harakatlardan o'zini tiya bilish.
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖asarining 1-
bobida: Ma'naviyat insonning kon - koni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti,
oila tarbiyasi, ajdodlar o'giti, Vatan tuygusi, bu hayotning ba'zida achchik, ba'zida
quvonchli saboglari bilan katra-katra bo'lib singib boradi. Ayniksa tabiatga,
odamlarga yaniklik, doimo yahshilikni uylab yashash, halol mehnat kilish
dunyoning tangsiz mehnat va guzzalliklaridan bahramand bo'lish ma'naviyatiga
ozuka beradi. Uni yanada kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |