3.Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni.
O‘quv materiali qator xususiyatlarga ega: u bilimlarning O‘qituvchidan
o‘quvchilarga siljishini aks ettiradi; unda ma`lumot va ta`lim mazmuni
moddiylashadi; o‘quv materiali darslikning bir qismi; ta`lim o‘quv materialini
o‘rganishdan boshlanadi; o‘quv materiali ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni
o‘rtasidagi oraliq zveno hisoblanadi; ta`lim mazmuniga pedagogik ishlov berish
o‘quv materialidan boshlanadi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, didaktik loyihalashning barcha ko‘rinishlari
ma`lumot mazmuni, ta`lim mazmuni tushunchalari bilan bog‘langan.
«Ma`lumot mazmuni - yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab
hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini
didaktik ishlov berish yo‘li bilan tanlangan bilimlar, ko‘nikma- malakalar, ijodiy
faoliyat tajribasi va munosabatlardir» (Didaktika, - T., «Fan», 1997, 85 b)
Ma`lumot mazmuni o‘quv rejalari, dasturlari, predmetlari, darsliklari,
qo‘llanmalarida moddiylashtiriladi. Shunga qo‘ra bular ma`lumot mazmunini
loyihalash vositalari hisoblanadi.
Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O‘qitish va o‘qish uchun
sinfga olib kiriladigan bilim, ko‘nikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi,
shakllantiriladigan munosbatlarni «ta`lim mazmuni»tushunchasi kontekstida
qaraymiz. quv materiallari, o‘quv elementlari, o‘quv savollari, o‘quv ko‘rsatmalari,
o‘quv topshiriklari ta`lim mazmunining shakllari bo‘lib, ularni loyihxalashda
topshiriq, savol, muammo, test, mustaqil ish kabilar ta`lim mazmunini loyihalash
vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Ta`limni didaktik loyihalash muammosi murakkab tizim sifatida quyidagicha
tarkibiy qismlardan iborat: ma`lumot mazmuniga ijtimoiy talab - komil insonni
yetishtirib chiqarish maqsadiga ko‘ra didaktik ishlov berish.
Didaktik loyihalash muammosini tasavvur qilish darajalarini pastdan yuqoriga
qarab raqamlab chiqamiz: I o‘quv materiali darajasi. Bunda «ta`lim mazmuni
o‘quv materialida moddiylashadi». Moddiylashtirish shakllari: o‘quv topshirigi,
muammosi, savoli, ko‘rsatmalar, misol va masalalar, test, texnik vosita, chizma,
jadval va boshqalar. II Ta`lim mazmuni darajasi. Bu erda « ta`lim mazmuni
darsliklarda moddiylashadi» degan ezisga asoslanamiz. III ma`lumot mazmuni
darajasi, «ma`lumot mazmuni dasturlarda moddiylashadi» degan tezisga
asoslanamiz. IV fan darajasi. Bunda «fanning umumiy asoslari o‘quv
predmetlarida moddiylashadi» degan tezisga asoslanamiz. V ijtimoiy tajriba
didaktik loyihalashning so‘nggi, eng yuqori darajasida «ijtimoiy tajribaning
mazmuni pedagogik konsepsiyalarda moddiylashadi» degan tezisda ish ko‘riladi.
Buni qo‘yidagi jadvalda ifodalashimiz mumkin:
Ta`limni didaktik loyihalash muammosi Ta`limni
didaktik loyihalash muammosini tasavvur etish
Darajalari
Predmeti
Natijalari
V
Ijtimoiy tajriba
Ta`lim
konsepsiyasi
IV
Fan
O‘quv predmeti
III
Ma`lumot
mazmuni
Dasturlar
II
Ta`lim mazmuni Darsliklar
Mavzu: O’qitish vositslari tushunchalari.O’qitish vositalari klastifikatsiyasi
modiy va ma’naviy vositalari.
Reja.
1. O’qitish jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish.
2. Metodlar quyidagi sinflarga ajratiladi.
3. O’quv materialini tushintirish metodi.
Sinf – dars tizimi
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk Chex pedagogi Yan Amos
Komenskiy (1592-1670) tarixda birinchi bo‘lib maktab ta‘limida sinf – dars
tizimini yaratdi.
Sinf – yoshi va bilimi jixatdan bir xil bo‘lgan ma‘lum miqdordagi o‘quvchilar
guruhidir.
O‘qitishda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish
Ma‘lim guruh uchun belgilangan o‘quv materiallarining harakteri, mazmuni va
hajmi shu sinf talabalarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim.
O‘qitish jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish
Talabaning o‘ziga yarasha qiziqishlari mavjud, shu bilan birgalikda talabaning
o‘ziga xos bo‘lgan yutuqlari va kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‘quv
jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar, har qancha unumli
metodlardan foydalanmasinlar o‘quv jarayonida yaxshi natijalarga erisha
olmaydilar.
Darsga bo’lgan talablar
1. Dars ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan
bo‘lmog‘i lozim.
2. Dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.
3. Dars turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim.
4. Dars hilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib
borilmg‘i lozim.
5. Darsga ajratilgan xar bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq
lozim.
6. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta‘minlamog‘i lozim.
7. Darsda o‘quv materiallarining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar, texnika
vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
O’qitish metodlari
Metod – yunoncha atama bo‘lib, ―yo‘l‖ degan ma‘noni anglatadi, ya‘niy maqsadga
erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar quyidagi sinflarga ajratiladi:
so‘z orqali ifodalanadigan metod;
ko‘rgazmali metod;
amaliy metod;
Ta‘lim jarayonida talabalarni o‘zlashtirish, fikrlash jarayonini tashkil etish
bo‘yicha quyidagi metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
o‘qitishning ma‘ruza metodi;
o‘qitishning amaliy ishlar metodi;
laboratoriya ishlari metodi;
mustaqil ishlar metodi.
Hikoya qilish metodi
Pedagog tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid fakt, hodisa va voqealarning
yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil
bayon etiladi. Bu metod materiallarni bayon qilishda, obrazlarga harakteristika
berishda va ijtimoiy hayotdagi voqealarni tasvirlashda qo‘l keladi. Hikoya qilish
davomida talabalar passiv tinglovchi bo‘lib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
O’quv materialini tushintirish metodi
Pedagog tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning narsa, hodisa va voqealarning
mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarni uqtirishdir. Bu metod
ko‘proq matematika, ona tli, rus tili va shunga o‘xshash fanlarni o‘qitishda qo‘l
keladi. Pedagogning ma‘lum bir fanning u yoki bu mavzuga oid qonun, qoidalarni
qanchalik asosli ekalnligini faktlar, misol va dalillar keltirish, shuningdek
masalalar, misollar ishlash yo‘li bilan isbotlab beradi.
Ma’ruza metodi
Bu metod o‘quv materialini hajmini kattaligini, mantiqiy tuzilishi, obrazlari, isbot
va umumlashtirishning anchagina murakkabligi bilan faqlanadi. Agar hikoya
darsning bir qisminigina egallasa, ma‘ruza odatda uni to‘la qamrab oladi. Ma‘ruza
davomida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, mavzuga oid ko‘rgazmali
materiallarni namoyish etish, ma‘ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar
samaradorlikni oshiradi.
Suhbat metodi
Bu metod asosan savol-javob yo‘sinida olib boriladi. Suhbatlarning ma‘lum
maqsadga qaratilganligi, ularning xarakterini belgilaydi. Suhbat metodi talabalarni
faol ishtiroki orqali o‘tkazilganligidan mustaqil fikrlash, xulosalash kabi hislatlarni
talabalarda shakllantiradi
O’qitishning ko’rgazmalilik metodi
O‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilik metodidan foydalanishning muhimligi,
o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib
mushohada qilishga talabani undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga
ishonch hosil qilish nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgata
bilishidadir
O’qitishning amaliy ishlar metodi
Amali metodlarga masalalar yechish, chizmalar tayyorlash, yozma mashqlarni
bajarish kabilarni kiritish mumkin. Nazariy jihatdan egallangan bilimlar amalda
qo‘llab ko‘riladi. Grafik jadval va kartalar chizish ham tegishli ko‘nikma va
malakalarni hosil qilishga va ularni mustahkamlashga yordam beradi.
Laboratoriya ishlari metodi
Laboratoriya metodining boshqa o‘qitish metodlaridan farqi shundaki, bu metod
bilan ish ko‘rilganda har qaysi talaba nimanidir mustaqil, shaxsan tajriba qilib
ko‘radi. Dars pedagog rahbarligida talabalarning mustaqil tajriba o‘tkazishlariga
qaratilgan bo‘ladi. Laboratoriya
mashg‘ulotlarida mustaqillik, faollik,
tashabbuskorlik oshadi.
Mustaqil ishlar metodi
Keyingi davrda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishga katta e‘tibor
berilmoqda. Chunki bu metod talabada ijodkorlik, mustaqillikni rivojlantiradi.
O‘quv dasturlarida mustaqil ta‘lim uchun soatlar ajratilmoqda. Talabalarni
mustaqil ishlarini tashkil etishda ma‘lum fanning xususiyatidan kelib chiqib
mustaqil ishning mazmuni, shakli va vazifalari tanlab olinadi. Topshirilgan
mustaqil ishni bajarish uchun pedagog kerakli adabiyotlar va yo‘l-yo‘riqlarni
ko‘rsatishi, qisqacha tushintirib berishi lozim.
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari,
usullari haqida shunday fikrlarni bildiradi. O‘quv jarayonida pedagog quyidagi
qonuniyatlarga amal qilishi lozim:
talabani zeriktirmaslik;
bilim berishda turlilikka asoslanish;
uzviylikka, izchillikka rioya qilish.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) bilim olishda shaxslarni o‘quv muassasasida o‘qitish
zarurligini qayd etar ekan, ta‘limda quyidagi tamoyillarga e‘tibor qaratish
zarurligini ta‘kidlaydi:
o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga e‘tibor berish;
bilim berishda talabalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish;
Mavzu:
O'qitishning
muommoli
vositalari.
Nutq
o'qitish
vositasi.
Atamalarning talaffuzi. Nutq madaniyati. Nutqning sofligi.
Reja:
1.O'qitishning muammoli vositalari.
2.Nutq o'qitish vositasi.
3. Atamalarning talaffuzi. Nutqning sofligi, nutq madaniyati .
O'qitishning muammoli vositalari.
O'zbekiston Respublikamizdagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin
fuqarolik jamiyati qurish yo'lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf
qilishga, uni o'zligini anglashda imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishga va ma'naviy
intellektual, aqliy-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.
Bu o'z navbatida insoniyat yaratgan ma'naviy-ilmiy boyliklarga, insonning o'ziga
yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A. Karimov
aytganlaridek: ―Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi,
bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir‖. Bunday yangicha
yondashishlar pedagogika fanining ob'ekti va predmetini kengaytirdi. Endi
pedagogika fani faqat ta'lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy
ta'minlovchi fan emas, komil inson shakllanishini, rivojlanishini ta'minlovchi keng
sohalarni o'z ichiga oladi.Shuning uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi
milliy ta'minot maqsadida shahsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va
ob'ekti sifatida qaraladi. Ma'lumki, pedagogika fani tarbiya va ta'limning inson
rivoji, shahs kamoli va mutahassis shakllanishida ta'lim tizimi o'z ichiga
olmaydigan etnik, antropologik, genetik, tarihiylik, mustaqillik, tabiiy-ekologik,
intuitiv, ruhiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan
tashqari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy
mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari yoyildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖ asarining
kirish qismida kuyidagilarni yoritib o'tgan: Mazkur asarda Mamlakatimizdagi
umumta'lim maktablarining yukori sinflarida, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar, Oliy o'quv yurtlarining talabalari, olim va
tatkikotchilar, o'kituvchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari, umuman
ma'naviyat va marifat dunyosi bilan kizikadigan insonlar foydalanishlari mumkin.
Shu jumladan asarda oilada tarbiyaning o'rni va ta'siri hakida batafsil tushunchalar
berilgan.
Jamiyat taraqqiyoti tarihi shuni ko'rsatadiki, faqat ma'naviyat-ma'rifat keng quloch
yoygan, ilm-urfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda
bir-biriga mehr-oqibatli,kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday
jamiyatda halqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga,
ezgulikka intilishi kuchli bo'ladi. Bunday jamiyat fuqarolarida sog‘lom fikr, aql-
idrok har doim ustuvor bo'ladi. qayta qurish, oshkoralik va milliy mafkura siyosati
mahsulidan bahramand bo'lgan Respublikamiz halqi chuqur bilim va yuksak
tafakkurga asoslangan ana shunday adolatli, huquqiy jamiyat qurish yo'lidan dadil
olg‘a bormoqda. Prezidentimiz o'zining ―O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat‖
asarida bunday deydi: ―Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar
demokratik davlat qurishga intilayapmiz. Adolatga intilish halqimiz ma'naviy-
ruhiy dunyosiga hos eng muhim hususiyatdir. Adolatparvarlik g‘oyasi butun
iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko'maklashuv
mehanizmida o'z aksini topishi kerak‖.
Prezidentimiz o'zining uzoqni ko'ra oladigan dono siyosati tufayli Respublikamizni
turg‘unlikdan, ma'naviy va iqtisodiy qaramlikdan ozod qilib, yangi mustaqil
jamiyat qura oldi. Bu jamiyatning asosini nima tashkil qiladi? Uning kuchi
qayerda?
o'z mustaqil yo'lini tanlagan Respublikamizda Prezidentimiz tomonidan olib
borilayotgan milliy mafkura asosida quyidagi besh tamoyil yotadi:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.
2. Qonunning ustuvorligi.
3. Davlat bosh islohoti.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.
Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat qariyalar,
nogironlarga ko'rsatilayotgan g‘amho'rlikda, yoshlarning bilim olishlari uchun
doimiy ravishda ko'rilayotgan chora-tadbirlarda o'z aksini topmoqda.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: ―Halq ochlikka, yo'qchilikka, qimmatchilikka
chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi‖.
Qomusimizda, ―har bir fuqaro dinidan, irqidan, millatidan, kelib chiqishidan,
amalidan qat'iy nazar qonun oldida barobardir‖, deyiladi.
Respublikamizda amalga kiritilgan va ishlab chiqilayotgan qonunlarda quyidagi
kafolatlar ta'minlangan:
- aholi turli tabaqalarining o'zaro uyg‘un bo'lishi ta'minlangan;
- barchaning tengligini, farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni
yuzaga keltirishdagi hizmati va huquqiga qarab har bir inson o'z ulushini olishga
imkon yaratilgan.
Yurtboshimiz haqiqat, adolat kabi insoniyat abadul-abad intilgan sifatlarni o'z
timsollarida ko'rsatib berayotgan chinakam rahbar sifatida tobora halqning qalbiga
singib bormoqda. U istagan adolat dunyosi istiqloldan so'ng yurtimiz uzra bosh
ko'tardi. Mustaqillik bizga ma'rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat
qurish imkoniyatini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o'z o'rni, mavqeiga
yarasha vijdonan hissa qo'shmog‘i lozim. Biz pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar
ham talaba yoshlarda adolatparvarlik, vatanparvarlik, teran aql-idroklilik kabi
ma'naviy sifatlarni tarbiyalashda o'z mehnatimizni ayamasligimiz, butun kuch-
quvvatimizni ishga solishimiz kerak.
Buning uchun eng avvalo inson fazilatlarining o'zaro munosabatlarini va o'rnini
aniqlab olmog‘imiz lozim. Insonning ma'naviyati uning odobi, hulqi,
madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy va
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o'z navbatida inson ijobiy
sifatlarining kamol
topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan
iborat.
Sifat alohida bir shahsning muayyan bir hislatini ifodalovchi ahloqiy kategoriyadir.
Fazilat - alohida shahs, el, elat, halq, ulusga taalluqli bo'lgan ijobiy ahloqiy sifatlar
majmui.
O'qib-uqqan, chuqur ma'naviyatli, adolatli va adolatsizlikning farqiga tushungan
inson qaysi yo'ldan borayotganligini tushunib etadi. Yurtiga nisbatan mehr, qurur
paydo bo'ladi. Natijada u ham Vatanining ravnaqiga munosib farzand sifatida o'z
hissasini qo'shadi. Ajdodlarimiz yashab o'tgan, meni o'z bag‘riga olib
ulyoaytirayotgan Vatan uchun men nima qila oldim, meni go'dakligimdan edirib-
ichirgan ota-onam, ona zamin, qonlari tomirimda jo'sh urayotgan ajdodlarimiz
sha'niga munosib ishlar qilayapmanmiyo- degan savollarni o'z vijdoni oldiga
ko'ndalang qo'yadi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖asarining 4-
bobida : Barchamizga ayonki, inson kalbiga yo'l avvalo ta'lim-tarbiyadan
boshlanadi. Shuning uchun kachonki bu hakda gap ketsa, ajdodlarimiz koldirgan
bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz katori biz uchun eng yakin
bo'lgan yana bir buyuk zot o'kituvchi va murabbiylarning oliyjanob mehnatini
hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini
tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifalarni ado etishda birincha galda anashu
mashakkiyatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz. Ertaga o'rnimizga
keladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakillantirishda ularning hizmati
nakadar beqiyos ekanini tasavvur qilamiz.
Bu yorug‘ olamda har bir odam o'zitning mehribon ota-onasiga, ustoz va
muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorchilik tuygusi bilan yashaydi. Inson uz
umri davomida kanday yutuk va natijalarga erishmasin, kaerda kanday lavozimda
ishlamasin maktab dargohida olgan ta'lim - tarbiyasi uning etuk shahs va malakali
mutahassis bulib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasizdir. ...
...Insonni uning ma'naviy olamini, kashf etadigan yana bir kudratli vosita borki, u
ham bulsa, so'z sa'nati badiiy adabiyotidir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir
va yozuchchilarning esa inson ruhining muhandislari deb tariflanishi bejiz emas
albatta. Halkimiz orasidan manashu g‘oyat mashaqqatli sohaga butun hayoti va
noyob iste'dodini bag‘ishlab, adibiyotimiz hazinasidan munosib o'rin egallagan
o'lmas asarlar yaratgan buyuk so'z sanatkorlari- ularning barchasining nomlarini
zikr etish, albatta, ko'p vaktni ta'lab kilgan bo'lur edi - etishib chikkani bilan
barchamiz fahrlanamiz.
Adabiyot so'z san'ati afzaldan halk kalbining ifodachisi, hakikat va adolat jarchisi
bo'lib keladi. Hususan, mustakillik yillarida yurtimizda ma'naviyatimizning g‘oyat
muhim
va
uzviy
kismi
bo'lgan
adabiyotni
rivojlantirish
shoir
va
yozuvchilarimizning ezgu mehnatini kadrlash va munosib rag‘batlantirish bo'yicha
amalga oshirilayotgan ishlar o'z hosilini berayotganligini badiiy adabiyotimiz
jihatidan ham janrlar nuqtiiy nazaridan ham rang - barang bo'lib borayotgani
adabiyot maydonida yangi- yangi nomlar paydo bo'layotgani kitobhon hakimizning
albatta quvontiradi. Bularning barasi milliy tiklanish jarayonlari kalam halkining
ijodiy izlanishlari uchun kanday katta ufqlar ochib berganini yana bir bor
ko'rsatadi. Deylik, hozirga payitda tarihiy mavzuni yoritishda - bu Imom Buhoriy
yoki Imom Termiziy bo'ladimi, Jaloliddin Manguberdi yoki Amir Temur siymosii
yaratish bo'ladimi, olis va yakin o'tmishning hali ochilmagan sahifalarini aks
ettirish bo'ladimi, buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo'li tasvirlangan ko'plab
asarlar dunyoga kelmoqda.
Biz pedagoglar va ota-onalarning burchi farzandlarimizni va talabalarimizni
Vatanga
muhabbatli,
imonli,
e'tiqodli,
adolatparvar
qilib
tarbiyalash,
shakllantirishdan iboratdir. Bunday fazilatlarni o'zida kasb etgan yoshlarimiz,
qanday vaziyatda bo'lmasin, hamma vaqt o'ziga to'g‘ri yo'l tanlay oladi.
O'zlarining chuqur bilimlari va adolatli hatti-harakatlarini ko'nikmaga aylantirgan
bunday nufuzli talaba yoshlarimiz mustaqil jamiyatimizga tamal toshini qo'yguvchi
fidoyi insonlar bo'lib etishishlari muqarrardir.
Inson - tabiatning eng buyuk ne'mati. Unga aql-idrok, ong, farosat kabi buyuk
fazilatlar ato etilganki, inson bu fazilatlarga sayqal berib, rivojlantirib, olamni,
insoniyatni kamolotga etaklab boradi. Taniqli shoirimiz E.Vohidov aytganlaridek:
Mulki borliq ichra bir mahal,
Mo''jazgina olam yaralgan,
Bermoq uchun dunyoga sayqal,
Olam aro odam yaralgan.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi
odob,
ahloq,
madaniyat,
ma'naviyat
elementlarining
unda
qanchalik
mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o'rinda bu kategoriyalarning mohiyati
ustida to'htalib o'tish joizdir.
Odob - har bir insonning o'zi bir inson yoki jamoa bilan bo'lgan muloqotida hamda
yurish-turishida o'zini tuta bilishidir.
Hulq - odobning ichki tuyiq ko'nikmaga aylangan ko'rinishi.
Ahloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan hulq-odob
normalari majmui.
Madaniyat - ―jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida
to'plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi‖.
Ma'naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar
majmuasi.
Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi. Ong
esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin-asta
takomillashib, komillikka erishib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan, chizgilardan ko'rinib turibdiki, inson ma'naviyatli bo'lishi
uchun juda ko'p insoniylik bilimlari sarchashmasidan bahramand bo'lishi, o'z
ustida tinmay izlanishi va hayotni kuzatib, undan saboq chiqarib borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |