Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya


Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana13.10.2019
Hajmi1,05 Mb.
#23456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
zamonaviy oquv texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi


3.Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni.  
O‘quv  materiali  qator  xususiyatlarga  ega:  u  bilimlarning  O‘qituvchidan 
o‘quvchilarga  siljishini  aks  ettiradi;  unda  ma`lumot  va  ta`lim  mazmuni 
moddiylashadi;  o‘quv  materiali  darslikning  bir  qismi;  ta`lim  o‘quv  materialini 
o‘rganishdan  boshlanadi;  o‘quv  materiali  ma`lumot  mazmuni  va  ta`lim  mazmuni 
o‘rtasidagi  oraliq  zveno  hisoblanadi;  ta`lim  mazmuniga  pedagogik  ishlov  berish 
o‘quv materialidan boshlanadi.  
Yuqoridagilardan  ko‘rinadiki,  didaktik  loyihalashning  barcha  ko‘rinishlari 
ma`lumot mazmuni, ta`lim mazmuni tushunchalari bilan bog‘langan.  
«Ma`lumot mazmuni - yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab 
hozirgi  zamon  fani,  texnikasi,  ishlab  chiqarishi,  fikrlashining  umumiy  asoslarini 
didaktik  ishlov  berish  yo‘li  bilan  tanlangan  bilimlar,  ko‘nikma-  malakalar,  ijodiy 
faoliyat  tajribasi  va  munosabatlardir»  (Didaktika,  -  T.,  «Fan»,  1997,  85  b) 
Ma`lumot  mazmuni  o‘quv  rejalari,  dasturlari,  predmetlari,  darsliklari, 
qo‘llanmalarida  moddiylashtiriladi.  Shunga  qo‘ra  bular  ma`lumot  mazmunini 
loyihalash vositalari hisoblanadi.  
Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O‘qitish va o‘qish uchun 
sinfga  olib  kiriladigan  bilim,  ko‘nikma-malaka,  ijodiy  faoliyat  tajribasi, 
shakllantiriladigan  munosbatlarni  «ta`lim  mazmuni»tushunchasi  kontekstida 
qaraymiz. quv materiallari, o‘quv elementlari, o‘quv savollari, o‘quv ko‘rsatmalari, 
o‘quv  topshiriklari  ta`lim  mazmunining  shakllari  bo‘lib,  ularni  loyihxalashda 
topshiriq,  savol,  muammo,  test,  mustaqil  ish  kabilar  ta`lim  mazmunini  loyihalash 
vositasi bo‘lib hisoblanadi.  
Ta`limni  didaktik  loyihalash  muammosi  murakkab  tizim  sifatida  quyidagicha 
tarkibiy  qismlardan  iborat:  ma`lumot  mazmuniga  ijtimoiy  talab  -  komil  insonni 
yetishtirib chiqarish maqsadiga ko‘ra didaktik ishlov berish.  
Didaktik  loyihalash  muammosini  tasavvur  qilish  darajalarini  pastdan  yuqoriga 
qarab  raqamlab  chiqamiz:  I  o‘quv  materiali  darajasi.  Bunda  «ta`lim  mazmuni 
o‘quv  materialida  moddiylashadi».  Moddiylashtirish  shakllari:  o‘quv  topshirigi, 
muammosi,  savoli,  ko‘rsatmalar,  misol  va  masalalar,  test,  texnik  vosita,  chizma, 
jadval  va  boshqalar.  II  Ta`lim  mazmuni  darajasi.  Bu  erda  «  ta`lim  mazmuni 
darsliklarda  moddiylashadi»  degan  ezisga  asoslanamiz.  III  ma`lumot  mazmuni 
darajasi,  «ma`lumot  mazmuni  dasturlarda  moddiylashadi»  degan  tezisga 
asoslanamiz.  IV  fan  darajasi.  Bunda  «fanning  umumiy  asoslari  o‘quv 
predmetlarida  moddiylashadi»  degan  tezisga  asoslanamiz.  V  ijtimoiy  tajriba 
didaktik  loyihalashning  so‘nggi,  eng  yuqori  darajasida  «ijtimoiy  tajribaning 
mazmuni pedagogik konsepsiyalarda moddiylashadi» degan tezisda ish ko‘riladi.  
Buni qo‘yidagi jadvalda ifodalashimiz mumkin:  

Ta`limni  didaktik  loyihalash  muammosi  Ta`limni 
didaktik loyihalash muammosini tasavvur etish  
Darajalari  
Predmeti  
Natijalari  
 
Ijtimoiy tajriba  
Ta`lim 
konsepsiyasi  
IV  
Fan  
O‘quv predmeti  
III  
Ma`lumot 
mazmuni  
Dasturlar  
II  
Ta`lim mazmuni   Darsliklar  
 
Mavzu:  O’qitish  vositslari  tushunchalari.O’qitish  vositalari  klastifikatsiyasi 
modiy va ma’naviy vositalari. 
Reja. 
1. O’qitish jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish.  
2. Metodlar quyidagi sinflarga ajratiladi.  
3. O’quv materialini tushintirish metodi.  
Sinf – dars tizimi  
XVI  asrning  oxiri  va  XVII  asrning  boshlarida  buyuk  Chex  pedagogi  Yan  Amos 
Komenskiy  (1592-1670)  tarixda  birinchi  bo‘lib  maktab  ta‘limida  sinf  –  dars 
tizimini yaratdi.  
Sinf  –  yoshi  va  bilimi  jixatdan  bir  xil  bo‘lgan  ma‘lum  miqdordagi  o‘quvchilar 
guruhidir.  
O‘qitishda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish  
Ma‘lim  guruh  uchun  belgilangan  o‘quv  materiallarining  harakteri,  mazmuni  va 
hajmi shu sinf talabalarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim.  
O‘qitish jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish  
Talabaning  o‘ziga  yarasha  qiziqishlari  mavjud,  shu  bilan  birgalikda  talabaning 
o‘ziga  xos  bo‘lgan  yutuqlari  va  kamchiliklari  ham  bor.  Agar  pedagoglar  o‘quv 
jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar, har qancha unumli 
metodlardan  foydalanmasinlar  o‘quv  jarayonida  yaxshi  natijalarga  erisha 
olmaydilar.  
Darsga bo’lgan talablar  
1. Dars ma‘lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan 
bo‘lmog‘i lozim.  
2. Dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim.  
3. Dars turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim.  
4.  Dars  hilma-xil  usul,  uslub  va  vositalardan  unumli  foydalangan  holda  olib 
borilmg‘i lozim.  
5.  Darsga  ajratilgan  xar  bir  soat  va  daqiqalarni  tejab,  undan  unumli  foydalanmoq 
lozim.  
6. Dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta‘minlamog‘i lozim.  

7.  Darsda  o‘quv  materiallarining  mazmuniga  oid  ko‘rsatmali  qurollar,  texnika 
vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.  
 
O’qitish metodlari  
Metod – yunoncha atama bo‘lib, ―yo‘l‖ degan ma‘noni anglatadi, ya‘niy maqsadga 
erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar quyidagi sinflarga ajratiladi:  
so‘z orqali ifodalanadigan metod;  
ko‘rgazmali metod;  
amaliy metod;  
 
Ta‘lim  jarayonida  talabalarni  o‘zlashtirish,  fikrlash  jarayonini  tashkil  etish 
bo‘yicha quyidagi metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:  
o‘qitishning ma‘ruza metodi;  
o‘qitishning amaliy ishlar metodi;  
laboratoriya ishlari metodi;  
mustaqil ishlar metodi.  
 
Hikoya qilish metodi  
Pedagog  tomonidan  yangi  o‘tilayotgan  mavzuga  oid  fakt,  hodisa  va  voqealarning 
yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil 
bayon  etiladi.  Bu  metod  materiallarni  bayon  qilishda,  obrazlarga  harakteristika 
berishda  va  ijtimoiy  hayotdagi  voqealarni  tasvirlashda  qo‘l  keladi.  Hikoya  qilish 
davomida talabalar passiv tinglovchi bo‘lib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.  
O’quv materialini tushintirish metodi  
Pedagog  tomonidan  o‘rganilayotgan  mavzuning  narsa,  hodisa  va  voqealarning 
mazmunini xarakterlaydigan tushuncha, qonun va qoidalarni uqtirishdir. Bu metod 
ko‘proq  matematika,  ona  tli,  rus  tili  va  shunga  o‘xshash  fanlarni  o‘qitishda  qo‘l 
keladi. Pedagogning ma‘lum bir fanning u yoki bu mavzuga oid qonun, qoidalarni 
qanchalik  asosli  ekalnligini  faktlar,  misol  va  dalillar  keltirish,  shuningdek 
masalalar, misollar ishlash yo‘li bilan isbotlab beradi.  
Ma’ruza metodi  
Bu metod o‘quv materialini hajmini kattaligini, mantiqiy tuzilishi, obrazlari, isbot 
va  umumlashtirishning  anchagina  murakkabligi  bilan  faqlanadi.  Agar  hikoya 
darsning bir qisminigina egallasa, ma‘ruza odatda uni to‘la qamrab oladi. Ma‘ruza 
davomida  muammoli  vaziyatlarni  vujudga  keltirish,  mavzuga  oid  ko‘rgazmali 
materiallarni namoyish etish, ma‘ruza oxirida umumiy xulosalar chiqarish kabilar 
samaradorlikni oshiradi.  
Suhbat metodi  
Bu  metod  asosan  savol-javob  yo‘sinida  olib  boriladi.  Suhbatlarning  ma‘lum 
maqsadga qaratilganligi, ularning xarakterini belgilaydi. Suhbat metodi talabalarni 

faol ishtiroki orqali o‘tkazilganligidan mustaqil fikrlash, xulosalash kabi hislatlarni 
talabalarda shakllantiradi  
O’qitishning ko’rgazmalilik metodi  
O‘qitish  jarayonida  ko‘rgazmalilik  metodidan  foydalanishning  muhimligi, 
o‘rganilayotgan  narsa  va  hodisalarni  hissiy  idrok  etishga,  ularni  kuzatib 
mushohada qilishga talabani undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga 
ishonch hosil qilish nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgata 
bilishidadir  
O’qitishning amaliy ishlar metodi  
Amali  metodlarga  masalalar  yechish,  chizmalar  tayyorlash,  yozma  mashqlarni 
bajarish  kabilarni  kiritish  mumkin.  Nazariy  jihatdan  egallangan  bilimlar  amalda 
qo‘llab  ko‘riladi.  Grafik  jadval  va  kartalar  chizish  ham  tegishli  ko‘nikma  va 
malakalarni hosil qilishga va ularni mustahkamlashga yordam beradi.  
Laboratoriya ishlari metodi  
Laboratoriya  metodining  boshqa  o‘qitish  metodlaridan  farqi  shundaki,  bu  metod 
bilan  ish  ko‘rilganda  har  qaysi  talaba  nimanidir  mustaqil,  shaxsan  tajriba  qilib 
ko‘radi.  Dars  pedagog  rahbarligida  talabalarning  mustaqil  tajriba  o‘tkazishlariga 
qaratilgan  bo‘ladi.  Laboratoriya 
mashg‘ulotlarida  mustaqillik,  faollik, 
tashabbuskorlik oshadi.  
Mustaqil ishlar metodi  
Keyingi  davrda  talabalarning  mustaqil  ishlarini  tashkil  etishga  katta  e‘tibor 
berilmoqda.  Chunki  bu  metod  talabada  ijodkorlik,  mustaqillikni  rivojlantiradi. 
O‘quv  dasturlarida  mustaqil  ta‘lim  uchun  soatlar  ajratilmoqda.  Talabalarni 
mustaqil  ishlarini  tashkil  etishda  ma‘lum  fanning  xususiyatidan  kelib  chiqib 
mustaqil  ishning  mazmuni,  shakli  va  vazifalari  tanlab  olinadi.  Topshirilgan 
mustaqil  ishni  bajarish  uchun  pedagog  kerakli  adabiyotlar  va  yo‘l-yo‘riqlarni 
ko‘rsatishi, qisqacha tushintirib berishi lozim.  
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, 
usullari  haqida  shunday  fikrlarni  bildiradi.  O‘quv  jarayonida  pedagog  quyidagi 
qonuniyatlarga amal qilishi lozim:  
talabani zeriktirmaslik;  
bilim berishda turlilikka asoslanish;  
uzviylikka, izchillikka rioya qilish.  
 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) bilim olishda shaxslarni o‘quv muassasasida o‘qitish 
zarurligini  qayd  etar  ekan,  ta‘limda  quyidagi  tamoyillarga  e‘tibor  qaratish 
zarurligini ta‘kidlaydi:  
o‘qitishda jamoa bo‘lib, o‘quv muassasasida o‘qitishga e‘tibor berish;  
bilim berishda talabalarning maylini, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;  
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish;  
 
 

Mavzu: 
O'qitishning 
muommoli 
vositalari. 
Nutq 
o'qitish 
vositasi. 
Atamalarning talaffuzi. Nutq madaniyati. Nutqning sofligi. 
Reja: 
1.O'qitishning muammoli vositalari.  
2.Nutq o'qitish vositasi.  
3. Atamalarning talaffuzi. Nutqning sofligi, nutq madaniyati .  
O'qitishning muammoli vositalari.  
O'zbekiston  Respublikamizdagi  mustaqil  huquqiy,  demokratik  davlat,  erkin 
fuqarolik  jamiyati  qurish  yo'lidagi  ulkan  ishlar  inson  mohiyatini  yangidan  kashf 
qilishga,  uni  o'zligini  anglashda  imkoniyatlarni  ro'yobga  chiqarishga  va  ma'naviy 
intellektual, aqliy-amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi.  
Bu  o'z  navbatida  insoniyat  yaratgan  ma'naviy-ilmiy  boyliklarga,  insonning  o'ziga 
yangicha  munosabat,  yondashuvni  yuzaga  keltirdi.  Prezidentimiz  I.A.  Karimov 
aytganlaridek:  ―Fuqarolar  endi  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  ishtirokchisi, 
bajaruvchisi  emas,  balki  bunyodkori  va  tashkilotchisidir‖.  Bunday  yangicha 
yondashishlar  pedagogika  fanining  ob'ekti  va  predmetini  kengaytirdi.  Endi 
pedagogika  fani  faqat  ta'lim-tarbiya  jarayonini  nazariy,  metodik-amaliy 
ta'minlovchi fan emas, komil inson shakllanishini, rivojlanishini ta'minlovchi keng 
sohalarni  o'z  ichiga  oladi.Shuning  uchun  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturidagi 
milliy  ta'minot  maqsadida  shahsga  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub'ekti  va 
ob'ekti  sifatida  qaraladi.  Ma'lumki,  pedagogika  fani  tarbiya  va  ta'limning  inson 
rivoji,  shahs  kamoli  va  mutahassis  shakllanishida  ta'lim  tizimi  o'z  ichiga 
olmaydigan  etnik,  antropologik,  genetik,  tarihiylik,  mustaqillik,  tabiiy-ekologik, 
intuitiv, ruhiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan 
tashqari  pedagogika  fani  oldiga  yangicha  fikrlash,  yangicha  tafakkur,  milliy 
mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari yoyildi.  
Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining ―Yuksak ma'naviyat engilmas kuch‖ asarining 
kirish  qismida  kuyidagilarni  yoritib  o'tgan:  Mazkur  asarda  Mamlakatimizdagi 
umumta'lim  maktablarining  yukori  sinflarida,  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar, Oliy o'quv yurtlarining talabalari, olim va 
tatkikotchilar, o'kituvchilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari, umuman 
ma'naviyat va marifat dunyosi bilan kizikadigan insonlar foydalanishlari mumkin. 
Shu jumladan asarda oilada tarbiyaning o'rni va ta'siri hakida batafsil tushunchalar 
berilgan.  
Jamiyat taraqqiyoti tarihi shuni ko'rsatadiki, faqat ma'naviyat-ma'rifat keng quloch 
yoygan, ilm-urfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda 
bir-biriga  mehr-oqibatli,kamolotli  insonlar  shakllanishi  mumkin.  Bunday 
jamiyatda  halqning  ertangi  kunga  ishonchi  va  bunyodkorlik,  yaratuvchilik  ishiga, 
ezgulikka  intilishi  kuchli  bo'ladi.  Bunday  jamiyat  fuqarolarida  sog‘lom  fikr,  aql-
idrok har doim ustuvor bo'ladi. qayta qurish, oshkoralik va milliy mafkura siyosati 
mahsulidan  bahramand  bo'lgan  Respublikamiz  halqi  chuqur  bilim  va  yuksak 
tafakkurga asoslangan ana shunday adolatli, huquqiy jamiyat qurish yo'lidan dadil  

olg‘a  bormoqda.  Prezidentimiz  o'zining  ―O'zbekiston  -  kelajagi  buyuk  davlat‖ 
asarida bunday deydi: ―Biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar 
demokratik  davlat  qurishga  intilayapmiz.  Adolatga  intilish  halqimiz  ma'naviy-
ruhiy  dunyosiga  hos  eng  muhim  hususiyatdir.  Adolatparvarlik  g‘oyasi  butun 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  munosabatlar  tizimiga  singib  ketishi,  ijtimoiy  ko'maklashuv 
mehanizmida o'z aksini topishi kerak‖.  
Prezidentimiz o'zining uzoqni ko'ra oladigan dono siyosati tufayli Respublikamizni 
turg‘unlikdan,  ma'naviy  va  iqtisodiy  qaramlikdan  ozod  qilib,  yangi  mustaqil 
jamiyat  qura  oldi.  Bu  jamiyatning  asosini  nima  tashkil  qiladi?  Uning  kuchi 
qayerda?  
o'z  mustaqil  yo'lini  tanlagan  Respublikamizda  Prezidentimiz  tomonidan  olib 
borilayotgan milliy mafkura asosida quyidagi besh tamoyil yotadi:  
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi.  
2. Qonunning ustuvorligi.  
3. Davlat bosh islohoti.  
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.  
5. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi.  
Hukumatimiz  tomonidan  olib  borilayotgan  kuchli  ijtimoiy  siyosat  qariyalar, 
nogironlarga  ko'rsatilayotgan  g‘amho'rlikda,  yoshlarning  bilim  olishlari  uchun 
doimiy ravishda ko'rilayotgan chora-tadbirlarda o'z aksini topmoqda.  
Yurtboshimiz  ta'kidlaganlaridek:  ―Halq  ochlikka,  yo'qchilikka,  qimmatchilikka 
chidashi mumkin, ammo adolatsizlikka chiday olmaydi‖.  
Qomusimizda,  ―har  bir  fuqaro  dinidan,  irqidan,  millatidan,  kelib  chiqishidan, 
amalidan qat'iy nazar qonun oldida barobardir‖, deyiladi.  
Respublikamizda  amalga  kiritilgan  va  ishlab  chiqilayotgan  qonunlarda  quyidagi 
kafolatlar ta'minlangan:  
- aholi turli tabaqalarining o'zaro uyg‘un bo'lishi ta'minlangan;  
-  barchaning  tengligini,  farovonligini  himoya  qilish  bilan  birga  bu  farovonlikni 
yuzaga  keltirishdagi  hizmati  va  huquqiga  qarab  har  bir  inson  o'z  ulushini  olishga 
imkon yaratilgan.  
Yurtboshimiz  haqiqat,  adolat  kabi  insoniyat  abadul-abad  intilgan  sifatlarni  o'z 
timsollarida ko'rsatib berayotgan chinakam rahbar sifatida tobora halqning qalbiga 
singib  bormoqda.  U  istagan  adolat  dunyosi  istiqloldan  so'ng  yurtimiz  uzra  bosh 
ko'tardi.  Mustaqillik  bizga  ma'rifiy,  madaniy,  adolatli  va  insonparvar  jamiyat 
qurish  imkoniyatini  berdi.  Endi  bu  jamiyatga  har  bir  inson  o'z  o'rni,  mavqeiga 
yarasha vijdonan hissa qo'shmog‘i lozim. Biz pedagoglar, ota-onalar, tarbiyachilar 
ham  talaba  yoshlarda  adolatparvarlik,  vatanparvarlik,  teran  aql-idroklilik  kabi 
ma'naviy  sifatlarni  tarbiyalashda  o'z  mehnatimizni  ayamasligimiz,  butun  kuch-
quvvatimizni ishga solishimiz kerak.  
Buning  uchun  eng  avvalo  inson  fazilatlarining  o'zaro  munosabatlarini  va  o'rnini 
aniqlab  olmog‘imiz  lozim.  Insonning  ma'naviyati  uning  odobi,  hulqi, 
madaniyatidan tashkil topadi. Ma'naviyat esa aqliy, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy va 
siyosiy  bilimlar  zamirida  shakllanadi.  Mazkur  bilimlar  o'z  navbatida  inson  ijobiy 
sifatlarining kamol  

topib,  boyib  borishiga  olib  keladi.  Fazilatlar  insonning  ijobiy  sifatlari  majmuidan 
iborat.  
Sifat alohida bir shahsning muayyan bir hislatini ifodalovchi ahloqiy kategoriyadir.  
Fazilat - alohida shahs, el, elat, halq, ulusga taalluqli bo'lgan ijobiy ahloqiy sifatlar 
majmui.  
O'qib-uqqan,  chuqur  ma'naviyatli,  adolatli  va  adolatsizlikning  farqiga  tushungan 
inson  qaysi  yo'ldan  borayotganligini  tushunib  etadi.  Yurtiga  nisbatan  mehr,  qurur 
paydo  bo'ladi.  Natijada  u  ham  Vatanining  ravnaqiga  munosib  farzand  sifatida  o'z 
hissasini  qo'shadi.  Ajdodlarimiz  yashab  o'tgan,  meni  o'z  bag‘riga  olib 
ulyoaytirayotgan  Vatan  uchun  men  nima  qila  oldim,  meni  go'dakligimdan  edirib-
ichirgan  ota-onam,  ona  zamin,  qonlari  tomirimda  jo'sh  urayotgan  ajdodlarimiz 
sha'niga  munosib  ishlar  qilayapmanmiyo-  degan  savollarni  o'z  vijdoni  oldiga 
ko'ndalang qo'yadi.  
Prezidentimiz  I.A.Karimovning  ―Yuksak  ma'naviyat  engilmas  kuch‖asarining  4-
bobida  :  Barchamizga  ayonki,  inson  kalbiga  yo'l  avvalo  ta'lim-tarbiyadan 
boshlanadi.  Shuning  uchun  kachonki  bu  hakda  gap  ketsa,  ajdodlarimiz  koldirgan 
bebaho  merosni  eslash  bilan  birga,  ota-onalarimiz  katori  biz  uchun  eng  yakin 
bo'lgan  yana  bir  buyuk  zot  o'kituvchi  va  murabbiylarning  oliyjanob  mehnatini 
hurmat  bilan  tilga  olamiz.  Biz  yurtimizda  yangi  avlod,  yangi  tafakkur  sohiblarini 
tarbiyalashdek  mas'uliyatli  vazifalarni  ado  etishda  birincha  galda  anashu 
mashakkiyatli  kasb  egalariga  suyanamiz  va  tayanamiz.  Ertaga  o'rnimizga 
keladigan  yoshlarning  ma'naviy  dunyosini  shakillantirishda  ularning  hizmati 
nakadar beqiyos ekanini tasavvur qilamiz.  
Bu  yorug‘  olamda  har  bir  odam  o'zitning  mehribon  ota-onasiga,  ustoz  va 
muallimlarga  nisbatan  hamisha  minnatdorchilik  tuygusi  bilan  yashaydi.  Inson  uz 
umri davomida kanday yutuk va natijalarga erishmasin, kaerda kanday lavozimda 
ishlamasin maktab dargohida olgan ta'lim - tarbiyasi uning etuk shahs va malakali 
mutahassis bulib shakillanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasizdir. ...  
...Insonni uning ma'naviy olamini, kashf etadigan yana bir kudratli vosita borki, u 
ham bulsa, so'z sa'nati badiiy adabiyotidir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir 
va  yozuchchilarning  esa  inson  ruhining  muhandislari  deb  tariflanishi  bejiz  emas 
albatta.  Halkimiz  orasidan  manashu  g‘oyat  mashaqqatli  sohaga  butun  hayoti  va 
noyob  iste'dodini  bag‘ishlab,  adibiyotimiz  hazinasidan  munosib  o'rin  egallagan 
o'lmas  asarlar  yaratgan  buyuk  so'z  sanatkorlari-  ularning  barchasining  nomlarini 
zikr  etish,  albatta,  ko'p  vaktni  ta'lab  kilgan  bo'lur  edi  -  etishib  chikkani  bilan 
barchamiz fahrlanamiz.  
Adabiyot so'z san'ati afzaldan halk kalbining ifodachisi, hakikat va adolat jarchisi 
bo'lib keladi. Hususan, mustakillik yillarida yurtimizda ma'naviyatimizning g‘oyat 
muhim 
va 
uzviy 
kismi 
bo'lgan 
adabiyotni 
rivojlantirish 
shoir 
va 
yozuvchilarimizning ezgu mehnatini kadrlash va munosib rag‘batlantirish bo'yicha 
amalga  oshirilayotgan  ishlar  o'z  hosilini  berayotganligini  badiiy  adabiyotimiz 
jihatidan  ham  janrlar  nuqtiiy  nazaridan  ham  rang  -  barang  bo'lib  borayotgani 
adabiyot maydonida yangi- yangi nomlar paydo bo'layotgani kitobhon hakimizning 
albatta quvontiradi. Bularning barasi milliy tiklanish jarayonlari kalam halkining  

ijodiy  izlanishlari  uchun  kanday  katta  ufqlar  ochib  berganini  yana  bir  bor 
ko'rsatadi. Deylik, hozirga payitda tarihiy mavzuni yoritishda  - bu Imom Buhoriy 
yoki Imom Termiziy bo'ladimi, Jaloliddin Manguberdi yoki Amir Temur siymosii 
yaratish  bo'ladimi,  olis  va  yakin  o'tmishning  hali  ochilmagan  sahifalarini  aks 
ettirish  bo'ladimi,  buyuk  ajdodlarimizning  ibratli  hayot  yo'li  tasvirlangan  ko'plab 
asarlar dunyoga kelmoqda.  
Biz  pedagoglar  va  ota-onalarning  burchi  farzandlarimizni  va  talabalarimizni 
Vatanga 
muhabbatli, 
imonli, 
e'tiqodli, 
adolatparvar 
qilib 
tarbiyalash, 
shakllantirishdan  iboratdir.  Bunday  fazilatlarni  o'zida  kasb  etgan  yoshlarimiz, 
qanday vaziyatda bo'lmasin, hamma vaqt o'ziga to'g‘ri yo'l tanlay oladi.  
O'zlarining  chuqur  bilimlari  va  adolatli  hatti-harakatlarini  ko'nikmaga  aylantirgan 
bunday nufuzli talaba yoshlarimiz mustaqil jamiyatimizga tamal toshini qo'yguvchi 
fidoyi insonlar bo'lib etishishlari muqarrardir.  
Inson  -  tabiatning  eng  buyuk  ne'mati.  Unga  aql-idrok,  ong,  farosat  kabi  buyuk 
fazilatlar  ato  etilganki,  inson  bu  fazilatlarga  sayqal  berib,  rivojlantirib,  olamni, 
insoniyatni kamolotga etaklab boradi. Taniqli shoirimiz E.Vohidov aytganlaridek:  
Mulki borliq ichra bir mahal,  
Mo''jazgina olam yaralgan,  
Bermoq uchun dunyoga sayqal,  
Olam aro odam yaralgan.  
Odamning  inson  sifatida  shakllana  borishi  jarayonida  uning  kamoloti  darajasi 
odob, 
ahloq, 
madaniyat, 
ma'naviyat 
elementlarining 
unda 
qanchalik 
mujassamlashganligi  bilan  belgilanadi.  Shu  o'rinda  bu  kategoriyalarning  mohiyati 
ustida to'htalib o'tish joizdir.  
Odob - har bir insonning o'zi bir inson yoki jamoa bilan bo'lgan muloqotida hamda 
yurish-turishida o'zini tuta bilishidir.  
Hulq - odobning ichki tuyiq ko'nikmaga aylangan ko'rinishi.  
Ahloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma'qullangan hulq-odob 
normalari majmui.  
Madaniyat  -  ―jamiyatning  va  unda  yashovchi  fuqarolarning  faoliyati  jarayonida 
to'plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi‖.  
Ma'naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar 
majmuasi.  
Mushohada  qilish  aqlning  peshlanishiga  olib  keladi.  Aql  ongni  sayqallaydi.  Ong 
esa  moddiy  va  ma'naviy  manbaga  aylanadi.  Shu  tarzda  inson  sekin-asta 
takomillashib, komillikka erishib boradi.  
Yuqoridagi  fikrlardan,  chizgilardan  ko'rinib  turibdiki,  inson  ma'naviyatli  bo'lishi 
uchun  juda  ko'p  insoniylik  bilimlari  sarchashmasidan  bahramand  bo'lishi,  o'z 
ustida tinmay izlanishi va hayotni kuzatib, undan saboq chiqarib borishi lozim.  
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish