Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


  Yaratuvchilik  (ishlab  chiqarish)  —  eng ezgu  amal



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

5.  Yaratuvchilik  (ishlab  chiqarish)  —  eng ezgu  amal
«Avesto»  muallifi  bo‘lgan  buyuk  olim  Zardusht  ruhoniylarga,  ilm- 
m a’rifatli  kishilarga  ko‘rsatma  beradiki,  odamlarga  moddiy  n e ’matlar 
yaratish  asoslarini  (muqaddas  ishlarni)  o‘rgatsinlar.  Zero  moddiy  olam 
va butun jonli mavjudot yemak-ichmak bilan tirikdir.  Kitobda:  «Hech kim 
xo'raksiz  Ashah  qonunlariga  amal  qilish  qudratiga  ega  emas.  Omoch 
qudratiga  ega  emas.  Farzandlar dunyoga  keltirish  qudratiga  ega  emas.
Moddiy  olamda  xalq  qilingan  har  bir mavjudot yemak  bilan  tirikdir, 
yem aksiz  о ‘likdir2».  Yemak  uchun  iste’m ol  qiym atlarini,  m oddiy 
ne’matlarni  ishlab  chiqarmoq  darkor.  Asarda  ta ’kidlanadiki,  moddiy 
n e ’m a tla rn in g   y a ra tilish   m anbayi  yerdir.  Y erni  ish lash ,  u n in g  
unumdorligini oshirish, tiriklikni abadiylashtirish esa g‘oyatulug‘ ibodatdir. 
Bu  ish  Alloh  oldidagi  vazifadir.  Ana  shu  vazifadan  kelib  chiqib,  xitob 
qilinadi:  «Kimda-kim zaminni shudgor qilib,  uni mehribonlik va parhezkorlik
1 Avesto,  12 )-bet
2 O 's h a   asar,  115 —bet
21


bilan bir Ashavanga (Ashavan-to‘g ‘rilik,  rostgoУИк,  haqiqat,  qonun,  tartib 
m a ’nosini  beradi)  topshirsa,  Sipandormaz  uni  zamin  q a ’riga,  hasrat  va 
parishonlik olamiga,  tubanlik va sho ‘rbaxtlik sarzaminiga,  devlar makoni- 
do ‘zax tubiga uloqtirib tashlamaydi' ».
«Avesto»da  yaxshilik  va  yomonlik  o ‘rtasidagi  kurash,  yaxshilikka, 
ezgulikka erishish yo‘liari, odamlarning baxtli-saodatli yashashi vositalari 
haqidagi  umumbashariy  g'oyalar  ilgari  surilgan.  Asaming  «Vandidod» 
nomli ikkinchi qismida «qahraton sovuq» yomonlik, borliqni yo'qotuvchi 
kuch sifatida ifodalanib,  bu  kuch kezi kelganda barcha jonli mavjudotni 
badnom  etishi  ta ’kidlanadi.  Bunday  ofatni  oldini  olish  Axura  Mazda 
tom onidan buyuk ilohiy siymolardan biri bo‘lgan Jamga yuklatiladi.
«Ey  Jam,  -deb  xitob  qilinadi,  -  har  birining  to ‘rt  tom oni  aspriys2 
uzunligida  bo'lgan  var3,  inshoot  bino  qil.  Qo'ylar,  tuyalar,  odamlar, 
itlar,  parrandalar va kuydirguvchi qizil olov urug'larini u yerga olib bor. 
So‘ngra,  -sen,  Ey,  Jam!  Odamlarning  yashamog‘i  uchun  har  birining 
to ‘rt  tom oni  aspriys  uzunligida  bo‘lgan var  bino  qil.  Sigirlar va  qo'ylar 
uchun har birining to ‘rt tomoni  aspriys uzunligida bo'lgan var bino qil».
«...  U yerda  hamisha  yam-yashil  va  hurram,  hamisha  yegulik  qut- 
barakali yaylovlar yaratgin...  Uyerda■
 keng va baland uylar qur4».
Keltirilgan satrlardan bilish mumkinki,  «Avesto» insoniyat hayotining 
abadiy ekanligi, biroq bu abadiy hayot doimo bo'lavermasligi, unga tajovuz 
qilib turuvchi har xil yovuz kuchlar ham bo'Iishi, ularga qarshi mustahkam 
zam in-ne’m atlar  yaratish,  uylar,  inshootlar  qurish,  badaliga  insonlar, 
chorva hayvonlarini asrash va shu bilan hayotning davomiyligini saqlab 
qolish mumkinligi tushuntiriladi.
Qurilgan varlarga (inshootlarga)  «XushboУ о ‘simliklaming urug'larini 
olib borish, yeryuzidagi eng yemishli,  engyoqimli va xushbo У taomlaming 
urug'larini  olib  borish»,  hayvonlar  va  odamlarning yo'q  b o ‘lib  ketmasligi 
uchun  «ulami juft-juft  qilish»  lozimligi  ham  uqtiriladi.  Qizig ‘i  shundaki, 
insoniyat,  hayvonot  va  tabiat  olamini  sog'lom  va  musaffoligi  hayotning 
abadiyligi garovi ekanligi haqidagi g ‘oya asaming markaziy о ‘mida turadi. 
Aytiladiki,  odamlar  va  hayvonlarga faqat  «yoqimli  va xushbo ‘y   taomlar» 
berilishi darkor.
1 Avesto,  115-bet
2  A spriys — u zu n lik   o 'lchovi
3  V ar —od am lar  va  h a y v o n lam i  so vuqdan  saqlanuvchi  yerosti  inshooti
4 Avesto,  111 -bet
22


Axura Mazda Jamga ko‘rsatma berib «zinhor u yerga (varlarga) bukrilar, 
pushtenzlar,  g‘o ‘llar,  duyasana,  dayvak,  kasvish,  vizborish,  so'yloq 
tishli,  pes,  umurnan,  Ahraman  o ‘z  dog'ini  qoldirgan  biror  kimsani 
kirita ko‘rm a‘» deydi.
Bizningcha,  bundan  shunday  xulosa  yasashimiz  mumkin:  insoniyat 
hayoti o ‘z-o‘zicha, stixiyali tarzda kechmasligi darkor,  unga aralashmoq, 
ya’ni hayotning musaffoligi uchun kurashmoq zarur. Jamiyatning barqaror 
rivojlanib bormog‘i uchun odamlar ongli ravishda o ‘z bilimlari, kuchlari, 
tajribalarini  safarbar  qilishlari  kerak.  Buning  uchun  ilm-fan  yutuqlarini 
ijtimoiy-iqtisodiy turmush musaffoligi va ravnaqi yo‘lida tatbiq etish lozim.
«Avesto»ning  insoniyat hayotini musafFolashtirish borasidagi g'oyalari 
naqadar hayotbaxsh  ekanligini bugungi  sivilizatsiyalashgan  dunyo  anglab 
yetmoqda.  Hayotni  saqlab  qolish uchun odamlarga  musaffo,  toza,  tabiiy 
muhit  bilan  birga  ekologik  sof  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  va  iste’mol 
qilish  zaruriyati butun  dunyo  miq’yosida  muammo  sifatida  kun  tartibiga 
qo‘yilayotgani bejiz emas. Zero, insoniyat hayotining davomiyligi ekologik 
sof mahsulot ishlab-chiqarishni yer kurasining barcha mamlakatlarida amalda 
yoiga qo‘yish lozim. Chunki, bugungi dunyoda xalqaro iqtisodiy va boshqa 
munosabatlar  shu  qadar  rivojlanib,  mamlakatlar  iqtisodiyoti  integratsi- 
yalashib bormoqdaki,  dunyoning biror bir mamlakatidagi  hayotni zahar- 
lovchi n e’matlar boshqalarga yetib kelmasligiga kafolat deyarli yo‘q.
Demak,  «Avesto»da bilim olish, dunyoviy va ilohiy bilimlami egallash 
inson faoliyatining barcha jihatlari uchun g‘oyat muhim ekanligi uqtiriladi.
«Avesto»ning  «ilmni  shiddat  bilan  o ‘rganish»  haqidagi  g'oyasi 
k e y in c h a lik ,  keng  ta rg 'ib   q ilin d i.  B u n in g  o q ib a tid a ,  b iznin g 
Movarounnahrda,  Markaziy  Osiyoda  ilm-fanning  rivojiga  ulkan  hissa 
qo'shgan,  jahon  fani  beshigini  tebratgan  ulug‘  olimlar  Forobiy,  Ibn 
Sino,  Beruniy,  Ulug‘bek,  Navoiydek  fan  darg‘alari,  Al-Buxoriy,  At- 
Termiziy,  Moturudiy, Zamah-shariy kabi islom olimlari yetishib chiqishiga 
sabab bo‘lgan bo‘Isa ajab emas.
«Avesto»da ilm olishga da’vat qilinishning m a’nosi shuki, ilm-ma’rifatli 
kishining  mehnat unumi yuqori bo'ladi, jamiyatda  farovonlik bo‘lishiga 
eng  ko‘p  hissa  qo‘shilgan  bo'ladi.  Demak,  ilm  olish  iqtisodiy  faoliyat 
samaradorligini oshirishga, yaratuvchanlik salohiyatini ko’tarishga xizmat 
qilar ekan.
1 Aveslo,  111 -bet
23



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish