Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

quruq yerlarga suv chiqargan  va suvli yerlami shudgor qilgan Zotdir1».
Demak,  dunyodagi  eng  ulug‘  zot-inson:  dehqonchilik,  sohibkorlik, 
bog‘dorchilik,  chorvachilik bilan shug‘ullangan zotdir; bular yangi yerlar 
o ‘zlashtirad igan ,  ek in zo rlar  va  bog‘lar  b arp o   etad igan,  yerning 
unumdorligini muttasil oshirib borayotgan kishilardir.  Boshqacha aytganda, 
odamlamins ene u lu s‘lari iatisodivot bilan shus'ullanuvchi insonlardir.
«Avesto»  yerni,  tabiatni,  borliqni  ulug‘lovchi  asar  sifatida  ham  
qadrlangan, undan odamlar iqtisodiyot saboqlarini olganlar. U nda yeming 
buyuk ne’mat ekanligi, unumdorlik salohiyati qayta-qayta uqtiriladi.  Biroq, 
yana shu haqiqat ta ’kidlanadiki,  agar yerga ishlov berilmasa, u o ‘g‘itlan- 
masa,  suv  bilan  ta ’minlanmasa,  unga  qarov  bo‘lmasa,  yaratuvchilik 
qobiliyati  faqat  potensialligicha(imkoniyat  tarzida)  qolaveradi.  Ammo, 
yeming  bebaho  va  abadiyligi  shundaki,  u  har  doim  o ‘z  potensiallik 
salohiyatini,  o ‘zining bebaho xususiyatini pinxon saqlab qola oladi.
Boshqacha aytganda, yer shunday ishlab chiqarish vositasiki,  shunday 
tabiiy  resurski,  uni  iste’mol  qilish  jarayonida  eskirmaydi,  yo‘q  bo‘lib 
ketmaydi, balki unga to ‘g‘ri  munosabat bo‘lganda o ‘zining takror ishlab 
chiqarish  qobiliyatini  saqlab  qoladi.  Bugina  emas.  Y er  o ‘z  tabiiy 
unumdorligini iqtisodiy unumdorlik orqali oshirib bora oladi.  Buni ilg‘or 
agrotexnika va dehqonchilik madaniyatiga asoslangan mamlakatlar tajribasi, 
xususan,  vansi texnoloeiva ao ‘llash orqali о ‘z shuhratini oshirib boravotmn 
Vatanimiz dehqonchiligi tainbasi ham  tasdiqlab turibdi.
Yer  suvga,  tadbirkorga  yetishgach,  o‘z  imkoniyatini  ocha  oladi.  Shu 
m a’noda kitobdagi  quyidagi  fikrlami  keltirish mumkin:
« Uzoq zamon ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir.  U omochni 
orzu  qiladi.  Bunday zamin  balog ‘at pallasiga  kirgan sohibjamol qizdir.  Bu 
qizfarzand k o ‘rish  va yaxshi yostiqdoshga  intiqdir
Qadriyatlarimizdan m a’lumki,  biz,  o ‘zbeklarda yer va nonga alohida 
ehtirom  mavjud.  Bunday  e’zoz  bizga  buyuk  ajdodlarimizdan,  xususan,
1  O 's h a  asar,  114-bet.
2  O 'sh a   asar,  114-  bet.
14


bizning ona zaminimizda yaratilgan «Avesto» dek buyuk kitobdan o ‘tgan 
bo‘lishi tabiiydir.  Kitobni o ‘qir ekanmiz, unda yerni xuddi qizni sevgandek 
sevish, unga yaxshi, serhosil urug‘lar sepish, uni m o‘l-ko‘l hosil beradigan 
onaga aylantirmoq ilohiy qonun ekanligini qayta-qayta ilg'aymiz.  Bunday 
munosabatning ilohiyligi shundaki,  yer qadrini bilmagan dehqon, jamoa, 
davlat xor bo‘lishi aniqdir. Asardagi quyidagi satrlami o ‘qiganimizda bunga 
to ‘la ishonch hosil qilamiz.
«Ey,  Sipiytmon  Zardusht!
Kimda-kim  zaminni  chap  va  o ‘ng  qo ‘l  bilan,  o ‘ng  q o ‘l  va  chap  q o ‘l 
bilan shudgor qilsa,  zamin  unga farovonlik baxsh etadi.  Ugo ‘zal va pokiza 
qizga  о ‘xshaydi.  Bu  qiz  er  xonadoniga  kirib  borib,  о ‘z   to ‘shagida  halol 
yostiqdoshga farzandlar  tug‘ib  beradi.  Zamin  ham  m o ‘l-k o ‘l  mevalami 
in ’от etadi1».
Yer  nom idan  unga  ishlov  bergan  zotga  shunday  xitob  qilinadi:  «... 
Men  bu  yerda  hosilga  kiraman.  Har  turlik  x o ‘rak  va  m o ‘l-k.o‘1  bug‘doy 
yetishtiraman2».  Yerni  shudgor  qilmagan,  unga jilo bermagan kishilarga 
nisbatan shunday xitob qilinadi:  «...  Sen begonalar eshigi ostonasidan non 
istovchilar bilan  birga  bo'lursan.  К о‘zlaring y o k o ‘radi.  Ular seni eshigi 
ostonasidan haydab yuboradilar3».
Shulardan xulosa qilib aytiladiki, Axura Mazda qavmini faqat bug‘doy 
to ‘yg‘izadi.  Shu bois Axura Mazda odamlarga Zardusht timsolida shunday 
xitob  qiladi:  «B u s‘dov  ekmoq  va  bue‘dov  ekmoq  kerak»  (ta’kid  bizniki- 
muall.  )
Darhaqiqat, odamlar, jamiyat, mamlakat taqdiri va istiqbolida nonning 
o ‘rni va ahamiyati  beqiyos.  Shuning uchun zardushtiylik ta ’limotida bu 
masala alohida va muhim o ‘rin tutadi.  Zotan, non mustaqilligi mamlakat, 
Vatan mustaqilligi bilan bir darajadagi ahamiyatli iqtisodiy-ijtimoiy masala 
ekanligi bejiz emas.  «Avesto»ning non masalasidagi g‘oyasining naqadar 
yashovchanligi va  chuqur  mazmunga  ega  ekanligi  0 ‘zbekistonimizning 
mustaqillikka  erishishuvi  don  (bug‘doy)  mustaqilligi  bilan  bir  darajaga 
qo‘yilganligida yaqqol ifodalanmoqda.  Prezident I.  Karimov «Avesto»ning 
2700  yilligiga bag‘ishlab  barpo  etilgan  yodgorlik majmuasining  ochilish 
marosimida so‘zlagan nutqida ana o‘sha ezgulik bilan sug‘orilgan g‘oyalaming 
yashovchanliligiga  e ’tibor qaratgan  edi:
««Avesto» bilan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo'lamiz-
1 O 's h a   asar,  114—115  b et
2 O 's h a   asar,  115 —bet
5  Avesto,  115-bet
15


ki,  bu  mangu  kitobda  ifoda  etilgan  buvuk  g‘ovalar.  falsafiy  hikmatlar 
o‘zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi.  Bu 
haqda gapirganda,  men,  aw alo,  «Avesto»ning  tub  mazmun-mohiyatini 
belgilab  beradigan  «Ezgu fikr,  ezgu  so'z,  ezgu  amal»  degan  tamoyilda 
hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan saboqlar borligini alohida 
ta ’kidlab o ‘tmoqchimart»'.  (ta’kid bizniki-m uall.)
Shundan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
haqiqiy  (iqtisodiy)  mustaqilligini  ta’minlashning  g‘oyat  muhim  omili 
bo‘lgan g‘alla mustaqilligi iqtisodiy siyosatimiz markazida turganligi bejiz 
emas.  Bugungi kunda mamlakatimizning  1.  3 million gektar yer maydonida 
g‘alla yetishtirilmoqda.  Oqibatda, mamlakatimizning don mustaqilligi juda 
tez sur’atlarda ta ’minlandi.
Yerga  bo‘lgan  e ’tibor,  uni  qadrlash,  har  bir  qarich  yerdan  unumli 
foydalanish  borasida  o ‘tkazilayotgan  agrar  siyosat  natijasida  g ‘alla 
hosildorligi muttasil ortib borayotir.  Bunga Andijon viloyati erishayotgan 
yutuqlar misol bo‘la oladi.  2002-yilda viloyat dehqonlari har gektar yerdan 
o ‘rtacha  76  sentnerdan  hosil  yig‘ib  oldilar.  Sam arqand,  F arg‘ona, 
N amangan,  Toshkent  viloyatlarida  ham  g‘alladan  yuqori  hosil  olishga 
harakat qilinmoqda.
Agrar  sohadagi  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish,  tarm oqning 
samaradorligini  oshirib  borish,  qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  faoliyatini 
bozor talablariga muvofiqlashtirish, kasod holatidan iqtisodiy sog‘lomlash- 
tirishga qaratilgan «Sanatsiya to‘g‘risida»gi qonun mamlakatimizda yerga 
bo‘lgan  munosabat  umummilliy  ahamiyatiga  molik  vazifa  ekanligini 
tasdiqlaydi.
Demak,  «Avesto»dagi  iqtisodiy  g‘oyalar  qandaydir  mavhum,  quruq 
fikrlar  yig‘indisi  bo‘lmay,  balki  qudratli  moddiy  kuchga  egadir.  Uning 
iqtisodiy  g ‘oyalari  asrlar  osha  o ‘z  zam ini—0 ‘zbekistonda  reallikka 
aylanmoqda,  respublika prezidenti va hukumatining iqtisodiy siyosatida 
mujassamlashmoqda.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish