4. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’Iimotlari
Qadimgi Gretsiyaning iqtisodiy ta ’limotlarini o'rganar ekanmiz, biz
quldorlik tuzumini barpo bo‘lishi, rivojlanishi va parokandalikka uchrashi
evolyutsiyasini yaqqol ko'rishimiz mumkin. Antik dunyo mamlakatlarida
quldorlik klassik shaklda rivoj topgan bo‘lib, iqtisodiy g'oyalar ham o ‘sha
davrda vujudga kelgan edi. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da ijtimoiy-
iqtisodiy hayotning h am m a jab halarid a quldorlik bevosita ishlab
chiqaravchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakllariga aylangan edi.
Ishlab chiqarish quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borilar, qul asosiy
ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanar edi. Bizgacha yetib kelgan yozma
iqtisodiy-adabiy m anbalarni o ‘rganilishi shuni ko‘rsatdiki, ko‘pgina
iqtisodiy g'oyalar, asosan, yirik aristokratiyaga xizmat qilishga, kuchli
davlat barpo etishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Qadimgi Gretsiyada dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomerning (er. av. X-
33
VIII asr) ilk iqtisodiy g‘oyalar kurtagi bo‘lgan «Iliada» va «Odisseya»
poemalarida bayon etilgan. Unda, asosan, natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari
surilgan. Yunonshoiri Gesmad (er. av. VIII -VII asr)ning «Mehnat vaqonunlar»
asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni
ulug‘laydi, bu sohada qullar mehnati ishlatilishi ham m a’qul topiladi. U
davrlarda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan edi.
Eramizdan awalgi V II-VI asrlarda polinoy (shahar) tizimi shakllandi.
Qulchilik keng tus oladi, urug‘chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan
siqib chiqariladi, savdo, sudxo‘rlik tez rivojlanadi. Ana shu bosqichda Solop
(er. av. 640-559-yil) va Pisistrat (er. av. 560-527-yil ) islohotlari pul
xo‘jaligining afzalligini ko‘rsatib berdi. Ular islohotda qulchilikning keng
tarqalinishini chegaralash, qulni qarzga berishni tugatish masalalarini
bayon qildilar. Bu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga
qarama-qarshi qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni
hunarmandchilik va savdo sohalarida ekspluatatsiya qilish, savdo va pul
xo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qadimgi iqtisodiy ta ’limotlarda grek olimlari Ksenofont, Platon va
Aristotellaming о ‘m i va roli, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Ksenofont (er. av. 430-335-yil) yirik quldorlik sinfivakili, Afinaning
badavlat aslzodalaridan hisoblanadi. U Afinada tug‘ilgan bo‘lsa ham
demokratik Afina quldorligi tarafdori emas, balki Sparta tuzumi, ya’ni
qattiqqo‘l quldorlik tuzum i tarafdori edi. Uning birinchi iqtisodiy asari
«Ekonomiya» (ekonomikos-uy qurilishi) bo‘lib, mazmuni (oykonomiya,
«oykos»- uy xo‘jalik va «nomos»-qonun, qoida) tom m a’noda uy xo‘jaligi
to ‘g‘risida qoidani bildiradi. Keyinchalik, bu asar quldorlik xo‘jaligini
boshqarish uchun qo‘llanma boidi. Unda xo‘jalikni unumli yuritish g‘oyasi
ilgari surildi, uv xo‘ialiei masalasi fan sifatida o'rganildi.
K senofont uy x o ‘jaligini unum li yuritish deganda, asosan, pul
jamg'arishni tushunadi. U «Shunday yashash kerakki, doimo ortiqcha
mahsuloting bo ‘Isin» deydi. Xo‘jalik foydaligini esa u turli narsalami sotish
va sotib olish bilan bog‘laydi, jumladan, nonni, quldorlik plantatsiyalarini
va boshqalami sotib foyda ko‘rishni quwatladi. Ksenofontning qarashlarida
quldorlik tuzum ida ayirboshlash m unosabatlarining natural shakli
evolyutsiyasi o ‘z aksini topdi.
K senofont d eh q o n ch ilik va h u n arm an d ch ilik h aqida gapirib,
dehqonchilikni «eng asosiy hunar» deb baholaydi. «Ozod insonlar
dehqonchilikda boshqarish bilan shug‘ullansin, oddiy mehnatni esa qul
bajarishi kerak», - deydi. U «Dehqonchilik insonlarni yaqinlashtiradi,
34
birodarlashtiradi» deyish bilan birga, hunarmandchilikning boshqa turlariga
no to ‘g‘ri yondashadi. U ningcha, boshqa hunarlar vaqtni ko‘p olib,
insonlarni bir- biridan uzoqlashtiradi.
Ksenofont qullar haqida, quldorlar aristokratiyasi vakili sifatida,
qullarga «gapiruvchi qurol» sifatida qaraydi. Shu bilan birga, qullarni
ishlatishda ikki omil birligini ta ’minlashga da’vat etdi: birinchisi- «qattiq
jazolash» bo‘lsa, ikkinchichi-«yaxshi muomala qilish». Mana shu usullardan
mehnatning unumdorligini orttirishga uchun ham foydalanishga chaqiradi.
Ksenofont m ehnat taqsimoti haqida shunday yozadi: «M ehnatni
boshqarishda boshqaruvchidan juda katta e ’tibor talab qilinadi, chunki u
kirn yaxshi ishlayapti, kirn dangasa, buni bilishi va yaxshi ishlaganlami
rag‘batlantirishi kerak». Shu bilan u birinchilardan bo‘lib jismoniy va
aqliy m ehnat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tushunishga harakat qildi.
M ehnat taqsimoti munosabati masalasida u o ‘z zamondoshlaridan yana
bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, kichik shaharlarga nisbatan yirik shaharlarda
m ehnat taqsimoti mukammalroq bo‘ladi, deb aytadi. «Chunki,-deydi u,
-katta shaharda hunam i mukammal bilmay, uning bir qismini bajarish
bilan ham yashash m um kin». M ehn at taqsim oti inso n larn i tu rli
mehnatlarga ixtisoslashishga olib keladi.
Ksenofont iqtisod fanida birinchilardan bo‘lib moddiy n e’m atlar ikki
tomonlama iste’mol qilinishi, ya’ni iste’mol qiymati va almashuv qiymati
sifatida tushunishga harakat qiladi. Tovarning ikki tom oni bormi, deya
birinchi savol q o ‘ygan ham u edi. Haqiqatda u birinchi bo‘lib bu savolga
javob berdi. U narsalami insonlar uchun zarur va zararli guruhga bo‘ldi.
Bu fikrni moddiylashtirib u shunday yozadi: yer, hayvonlar va pul,
bulardan kimki foydalana olmasa, uning uchun bular qiymatga ega emas.
Qiymat shunday narsaki, undan albatta insonlarga foyda kelishi kerak.
Ksenofont narsalarda iste’mol qiymati tushunchasini yoritishga harakat
qilib, yana oldinga bir qadam bosdi, almashuv qiymatining mohiyatini
yoritishga harakat qildi. U aytadi: «Agar senda musiqa asbobi bo‘lsa-yu,
lekin sen uni chala olmasang, qiymatga ega emas; agar sen uni sotib
yuborsang u qiymatga ega». Bu bilan biz Ksenofontda birinchi bo‘lib iqtisod
fanida tovami ikki tom oni, ya’ni uni iste’mol qiymati va qiymati borligi
g‘oyasini ko‘ramiz.
Ksenofontning pul haqidagi ta’limoti ham umumiy iqtisodiy qarashlari
singari ziddiyatli, qarama-qarshiliklardan iboratdir. U um um an pulni
tan olgisi kelmaydi, lekin shu vaqtning o ‘zidayoq oltin va kumushni
zeb-ziynat ham da boylik orttirish manbayi deb qaraydi. Uningcha, pul
35
vazifasini faqat kumush bajara oladi. U pulnine hamma vazifalarini ikki
xil deb tan oldi: pul, bu muomala vositasi va xazina. Sudxo‘rlikni qattiq
qoralagan. Ssuda kapitali sifatida puldan foydalanishni tavsiya etadi.
Ksenofont iqtisodiy ta ’limotini o ‘rganar ekanmiz, shu narsaga e ’tibor
berish kerakki, u natural xo‘jalik tarafdori b o ‘lsa ham tovar-pul
munosabatlarini o ‘rganishga va quldorlar sinfiga xizmat qildirishga urindi.
Platon (er. av. 427-347-yil ) ham Afina shahrida tug‘ilgan yirik
aristokratiya vakili edi. U buyuk Suqrotning shogirdi edi. U nda biz
tugallangan iqtisodiy ta ’lim otni topa olmasak ham davlat tuzilishi
to ‘g ‘risidagi ju d a qiziqarli ta ’lim otga egamiz. U davlatning (yoki
jamiyatning) ikki sxemasini taklif qiladi va ulam i o ‘zida aks ettirgan ikki
asar yaratdi. Bular «Davlat» va «Qonunlar» deb ataladi.
Uning sxemasida, birinchisi davlat qurilishining ideal loyihasi (ideal
davlat) bo'lsa, ikkinchisi esa u yashab turgan davrdagi davlat aks ettirilgan
edi.
U ideal davlat haqida yozib, bu davlat mehnat taqsimoti asosida tuziladi,
ya’ni insonlar qobiliyatiga qarab, biri boshqaruvchi, biri bog'lovchi, ish
yurituvchi va yana biri esa dehqon va hunarmandlarga bo‘linadi deydi. Mana
shunga asosan Platon davlatning ozod aholisini uch guruhga bo'ladi:
1. Faylasuflar.
2. Jangchilar.
3. Hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar.
Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar esa davlatni himoya
qiladilar, uchinchi guruhdagilar xo‘jalik faoliyati bilan shug'ullanadilar.
Birinchi va ikkinchi guruh vakillari xususiy mulkka ega bo‘lmasliklari kerak.
Ulaming iste’moli davlat tomonidan to‘la ta’minlanadi. Uchinchi guruh
vakillari esa xususiy mulkka ega bo'ladilar. U qullami hech qaysi guruhga
kiritmaydi, Ularga qurol sifatida qaraydi. Bu ideal davlat to‘g‘risida ta’limotga,
asosan, yirik aristokratik quldorlikni himoya qilib yozilgan asar edi.
Platon ikkinchi davlat to ‘g‘risida quyidagicha yozadi. Bu davlatda asosiy
e’tibor dehqonchilikka berilsa ham qolgan hunarlaiga ham e’tibor beriladi.
Bu davlatda qonun yo'li bilan insonlarni mol-mulkiga qarab 4 guruhga
bo‘linadi; agar kim da-kim boyib ketsa yoki kambag‘allashsa bir toifadan
boshqasiga o ‘tadi. Lekin bu yerda Platon yana bir qadam oldinga o ‘tib,
qonunlar insonlarni o ‘ta boyib ketishiga ham, juda kambag'allashib ketishiga
yo‘l qo'ymasligi kerak deb m a’lum mezon belgilaydi. Kambag‘allikning
quyi nuqtasi aniqlanib, insonlarni himoyalashga chaqiradi. Boyib
ketishning ham oldi olinib, eng yuqori mezon o'lchanib uni 4 ga
36
ko'paytirib shundan ortib ketmasligi kerak deyiladi. Bulami kim buzsa,
qonun yo‘li bilan davlat jazolashi kerak. Bu ikkala davlat sxemasida ham
Platon m ehnat taqsimotini asos qilib oladi. Bu- o'sha davr uchun buyuk
fikr edi. Platon savdo va pul haqida, turli hunarlar to ‘g‘risida mulohaza
yuritib, asosiy o'ringa dehqonchilikni qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |