«Qasam» (shartnoma, majburiyat)- zardushtiylik dinida qarz oluvchi
tom onidan qarz olganlik uchun kafolat timsoli. U oltitadir. Ulaming har
biri o ‘z mazmuniga, makoni va vaqtiga ega. Qasam ilohiy m a’noga ega,
uni bajarmaslik gunohi azimdir.
26
I ll bob QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA’LIMOTLARI
1.
Qadimgi Misrdagi birinchi iqtisodiy g‘oyalar
Iqtisodiy fan manbalarini jahon sivilizatsiyasining beshigi Qadimgi
Sharqdan izlamoq mantiqan to ‘g‘ridir.
Iqtisodiy g'oyalar insoniyat yaralishi bilan ibtidolangan. Ammo, hozirgi
davrda qo‘lyozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina tahlilga tortiladi. Shu bois,
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»ni quldorlik jamiyati tuzumiga bog‘lashadi.
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda, sinfiy ajralish boshlangan joylarda,
Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig‘i)da va Misrda eramizdan
awalgi IV ming yillikda yuzaga keldi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda
texnologik inqilob ro‘y berdi, metall qurollar ishlatila boshlangan, qishloq
xo‘jaligida intensiv, ko‘p hollarda, sug‘orma dehqonchilikka o'tildi. Bundan
turg‘un qo‘shimcha mahsulot olish imkoni tug‘iladi. Bu esa jamiyatda
m e h n at ta q sim o tin i riv ojlantirish g a, k o ‘pgina h u n a rm a n d ch ilik
sohalarining ajralib chiqishiga va sinfiy tabaqalanishga turtki bo‘ldi.
Bu davrda m ahsulot olishning asosiy usuli jam oaga birlashgan
dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan renta-soliq olish bo‘lsa,
qullarni beayov ishlatish bilan ham katta boylik orttirilgan. Sharqda
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasiga qarab ayrim «erkin» aholining
ahvoli qullarnikidan unchalik farq qilmagan. Lekin ayrim olimlarning
fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal,
ya’ni uy xo‘jaligidan ustun bo‘lgan.
Sharq, jumladan, 0 ‘rta Osiyo mamlakatlaridagi xo‘jalik faoliyatida
nisbatan erkin odam lar ishtirok etishgan. M asalan, dehqonchilik,
hunadmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan.
Antik dunyo (G ‘arbiy Yevropa) dagi ayrim hududlarda xalqaro savdo
bilan bog‘liq ravishda tovar pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan.
Shu tarzda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik paydo bo‘ldi. 0 ‘z
mahsulotini sotishga m o‘ljallab, ishlab chiqargan qulchilik xo'jaliklari
ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Natijada klassik yoki antik
qulchilik yuzaga keldi.
Qadimgi Sharqning iqtisodiy ta ’limoti, asosan, davlatni boshqarish
to ‘g‘risidagi ilm, qonunlarga oid edi. Jamiyatning iqtisodiy hayotida amalda
b u tu nlay n atu ral xo ‘ja lik faoliyat k o ‘rsatar edi. Q adim gi Sharq
yodgorliklarida davlatni boshqarish san’ati bo'yicha qoida va qonunlar
to‘plami hamda iqtisodiy g‘oyalar saqlanib qolgan. Bizgacha bo'lgan birinchi
27
yodgorlik «Geraklepolik shohning o ‘z o ‘g‘liga nasihatiari» esdaliklari
(Qadimgi Misr, eram izdan aw al) juda ham qadimgi m anbalardan
hisoblanadi. Muallifning ta’kidlashicha, «nasihatlarda» e’tiborni boshqaruv
apparati faoliyatini samarali yuritish zaruriyati va fir’avnlar (Qadimgi
Misr podshohlarining nomi yoki unvoni) va aholi o ‘rtasida bo‘ladigan
munosabatlar ko‘rsatilgan. Bu davrda sinfiy ajralish to ‘la shakllanmagan
bo‘lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali
yoki oddiy aholidan) mumkin bo'lgan.
Vasiyatnomada muallif asosiy e’tiborni podshoh bilan xalq o ‘rtasida j
turuvchi boshqaruv apparatiga qanday muomala qilish kerakligi haqida
yoziladi. U nda shunday deyiladiki, «boshqaruv apparati yagona otryad
kabi ish olib borishi kerak, buning uchun esa podshoh o ‘z amaldorlari
haqida doimo g ‘am xo‘rlik qilishi va moddiy rag‘batlantirib borishi kerak,
shundagina ularsening qonuning bilan yashaydi».
Saqlanib qolgan yodgorliklarda va yozma qonunlarda iqtisodiy-siyosiy
g‘oyalar mavjud bo‘lgan. Unda mustaqil ishlab chiqaruvchining huquqlarini
himoya qilish, tartibga solish ham da ishlab chiqaruvchilar qatlamini
yemirilishini to ‘xtatishga qarshi m uhim fikrlar berilgan edi. Ayniqsa,
eramizdan awalgi XVIII asrda Bobilda podshohlik qilgan Hammurapining
qonunlar to ‘plami (kodeksi) mashhurdir. B u to ‘plam 1901-1902-yillarda
Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan. Toshga o ‘yib
yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki,
mavjud davlat sinfiy va ijtimoiy jihatdan ancha mukammal ko‘rilganligi
bilan ajralib turadi. Bu qonunlarning asosiy mazmuni «kuchli kuchsizni»
shiori ostida kuchlilar tomonidan kuchsizlami butunlay kamsitishni himoya
qilgan, qarz evaziga qul qilish faqat uch yilgagina ruxsat etilgan edi. Lekin
bu chegaralash b o ‘lsa-d a, xususiy m ulkchilik ham qonun bilan
rasmiylashtirilgan edi. Xususiy mulkchilik huquqiy bitimlarda himoya
qilinar, agar ijarachi zaruriy ishlami m a’lum bir sabablarga ko‘ra bajara
olmasa turli xil imtiyozlar berilardi. Xususiy mulkchiiikka qarshi turishga
iqtisodiy javobgarlik joriy etilgan.
Hammurapi kodeksining yaratilishi Qadimgi Vavilon jamiyatining
birlashishi uchun muhim omil bo ‘ladi. Hammurapi kodeksi iqtisodiy
hayotni huquqiy norm alar ko‘magida boshqarishga qilingan birinchi
harakat edi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |