Sh. Abdullaev - A ndijon D avlat T illar pedagogika instituti,
«Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
Q. Yo'ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov
Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/ Q.
Yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, У. Abdurahmonov; M as’ul muharrir: A. Sotvoldiyev;
0 ‘zR Oliy va o‘rta m axsus ta ’lim vazirligi, A ndijon m u h a n d islik -iq tiso d iy o t
institu ti. - Т.: «IQTISOD—MOLIYA», 2006 y. 188 bet.
Б Б К 65.02 я73
© «IQTISOD—MOLIYA», 2006
K I R I S Н
Mustaqil rivojlamshimizning hozirgi bosqichida milliy g‘oya va istiqlol
mafkurasini shakllantirish, xalqimizga, xususan, yoshlarimiz ongiga uni
singdirish ustoz-olimlar oldida turgan dolzarb vazifa qilib qo'yilmoqda.
Zotan, istiqlol g‘oyasi va mafkurasi, Prezidentimiz uqtirayotganidek,
xalqimizni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtiradi, har
bir fuqaroni Vatan taqdiri, baxt-saodati uchun m as’ullikka undab,
yoshlarimizni buyuk ajdodlarimiz va milliy qadriyatlarimiz ruhida komil
inson bo‘lib yetishishtirishga yo‘naltirilgan.
... «Shu bilan birga, - deb ta ’kidlaydi I. Karimov, - men milliy istiqlol
g'oyasi bugungi tez s u r ’atlar bilan o'zgarayotgan tahlikali dunyoda
о ‘zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday ajdodlaming merosiga,
necha ming yillik tarix, betakror m adaniyat va qadriyatlarga ega
ekanligimizni his etib olishga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik
qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirilib, yangi
o ‘sib kelayotgan avlodga xizmat qilmog'i zarur, deb bilaman' »
Davlatimiz rahbari qo‘ygan ana shunday mas’uliyatli vazifani bajarishda
ijtimoiy fanlar sohasidagi o ‘quv darsliklari va qo‘llanmalarning o ‘rni va
ahamiyati beqiyosdir. Tabiiyki, bunday vazifa «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi»
fani darsliklari va boshqa o'quv adabiyotlari oldiga ham qo'yilmoqda.
Prezidentimiz Respublika Oliy Kengashining IX sessiyasida «Ta’lim
haqidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilinishi
munosabati bilan so‘zlagan nutqida shunday degan edi: «Eski aolipda
mustabid davrda vozilgan darsliklardan fovdalanib. eski mafkuradan xalos
bo ‘Imasdan bolalarimizni vangicha fikrlashga о ‘reatolmavmiz. axir. Buni
barchamiz tushunishimiz, anglashimizdarkor2».
Demak, milliy qadriyatlarimizni, buyuk ajdodlar avlodi bo'lgan millat
ekanligimizni, o ‘zligimizni anglatadigan, milliy g‘urur va buyuk tariximiz
bilan haqli ravishda faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan darslik va
qo‘llanmalar yaratilishi hayotiy zarurat bo‘lib qoldi. Boshqa ijtimoiy fanlarda
bo‘layotganidek, «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ham ana shunday
1 Milliy istiqlol g ‘oyasi: asosiy tushunchalar va tam oyillar - Т., “0 ‘zbekiston” , 2000, 7- bet.
2 Barkamol avlod-O'zbekiston taraq q iy o ti poydevori. Т., "O 'zb ek isto n » 1998, 8 - b e t .
3
milliy darsliklar yaratish vaqti allaqachon kelgan edi. Ana shu ijtimoiy-
siyosiy zaruratdan kelib chiqib, mualliflar ushbu asarni yaratishga jazm
qildilar.
Ushbu «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» darsligi Rossiyada shu fan bo‘yicha
chop etilgan, o ‘zimizda nashr etilgan b a’zi darsliklardan ham tarkiban,
ham mazmunan tubdan farq qiladi. Kitobning o‘ziga xos jihatlari shundaki,
birinchidan, u mualliflar tom onidan ishlab chiqilgan va taklif etilgan
dastur asosida muqobil darslik sifatida yozildi; ikkinchidan, Sharq iqtisodiy
ta ’limotlariga asosiy o ‘rin berildi; uchinchidan, ilgarigi darsliklarda
uchramagan mavzular- «Avesto»ning iqtisodiy g‘oyalari, Islom iqtisodiy
qadriyatlari, Jadidlaming iqtisodiy ta ’limotlari, Uyg‘onish davri 0 ‘rta
Osiyo va temuriylar davri o ‘zbek milliy iqtisodiy qadriyatlari munosib
o ‘rin oldi; to ‘rtinchidan, «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani predmeti va
uni o ‘rganish uslubiyati birinchi m arta maxsus mavzu qilib muqaddima
sifatida berildi. Boshqacha aytganda, taklif qilinayotgan ushbu asar
matnining katta qismi milliy g‘oya va mafkuramiz ruhiga mos tushadi va
uning talablarini aks ettiradi. Oliy o ‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan
iqtisodchi mutaxassis kadrlam i milliy g‘oya va mafkuramiz ruhida
tarbiyalanishiga o ‘zining m a’lum hissasini qo‘shadi, deb o ‘ylaymiz.
Ushbu kitobning islom iqtisodiy qadriyatlari bobini yozishda iqtisod
ilmining bilimdonlaridan bin b o ‘lgan professor I Abdumajid Abdullayev
bergan materiallardan ham foydalanildi. «Klassik siyosiy iqtisod va XIX
asr oxiri- XX asr boshlari o ‘zbek milliy iqtisodiy tafakkuri» boblaiini
yozishda tadqiqotchi Rustamjon Rahimov ham ishtirok etdi. Shuningdek,
ushbu fan bo‘yicha o ‘quv adabiyotlarini yozgan texnika fanlari doktori,
professor A. Razzoqovning ilmiy ishlaridan ham foydalanildi.
Albatta, ushbu kitob m a’lum kam chilik-nuqsonlardan holi emas.
Shuning uchun kitobda yo‘l qo'yilgan va aziz hamkasblarimiz e’tiboriga
noil b o ‘lgan nazariy va uslubiy kamchiliklar haqidagi fikr-mulohazalar
tadqiqotlarimizning bundan keyin ham davom etishi va takomillashuviga
yordam qiladi, degan umiddamiz. Agar ushbu darslik talaba yoshlarimiz,
barcha o'quvchilarimiz iqtisodiy tafakkurini boyitishga, milliy o ‘zligimizni
anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishda ozmi-ko‘pmi xizmat
qilsa mualliflar o‘zlarining mehnatlari zoye ketmaganidan m am nun
bo‘ladilar.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |