5. Qadimgi Rim iqtisodiy qarashlari
Qadimgi quldorlik davrining iqtisodiy ta’limotlari tizimida Qadimgi
Rimning iqtisodiy ta ’limoti ham muhim o ‘rin tutadi. Rim imperiyasining
taraqqiyoti va parokandahkka uchrashi, quldorlik ekspluatatsiyasining
inqirozi bilan bevosita bog'liq.
Qadimgi Rimning iqtisodiy ta ’limotlarida agrar masala asosiy o ‘rinni
egallagani uchun ham uning eng yirik nomayandalari Katon, Varron va
Kolumellar qarashlarida ham agrar muammolar bosh masalalardir.
Katon Mark Porsiy (234-149) Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi
edi. U «Dehqonchilik» nomli asar yozib, unda 0 ‘z davrining iqtisodiy va
qishloq xo‘jaligi holatini aks ettiigan edi. U ham barcha xo'jalik hunarlaridan
dehqonchilikni eng yuqoriga qo‘yadi.
U ideal dehqonchilik tarafdori b6‘lib, qullar mehnatidan juda ham
unumli foydalanishga chaqiradi. Uningcha, buning uchun ish yurituvchi
har bir qulni bekor turmasligini ta ’minlashi kerak va kerak b o ‘lsa,
harakatchan, chaqqonlami mukofatlashi mumkin. U ish yurituvchi ustidan
ham yer egasining to ‘la nazorati kerakligini ta’kidlaydi. Bu asarda Katon
birinchilardan bo'lib ijara munosabatlarini ilgari surgan.
U ijaraga yer olinganda ijarachi tom onidan hosilning yarimgacha
olinishini ta ’kidlaydi. Shu bilan birga, u yerni qay vaqtda va qanday
shartnomalar asosida ijaraga berish haqida maslahatlar beradi. Umuman,
bu asar Italiyada er. av. II asrda qanday holatda dehqonchilik yuritilganligi
haqida birinchi yozma m a’lumotlami beradi.
Varron M ark Tereniy- (116-27) Rimning ko'zga ko'ringan olimi va
yozuvchisi edi. U o‘zining «Qishloq xo‘ialigi haqida» nomli asarida Katonga
nisbatan iqtisodiy ta ’limotda yana bir qadam oldinga bosdi, u qishloq
xo‘jaligini yanada intensivlashtirish ham da ko‘proq darom ad olish
maqsadida tovar-pul munosabatlaridan ham foydalanishni tavsiya etadi.
U qishloq xo‘jaligidan ko‘proq foyda olish uchun ishlab chiqarishni ilmiy
asosda tashkil qilishga chaqiradi. Buning uchun: qishloqdan tovarni chekka
o ‘lkalarga olib borib sotib, chetdan bu yerda yo‘q mahsulotlami olib
37
kirish kerak, shuningdek, ko‘proq darom ad olish uchun dehqonlar
bozor bahosini o'zgarishini, albatta, hisobga olishlari zarur, deb
ta’kidlaydi.
U dehqonchilik bilan birga daromadli soha deb, chorvachilikni ham,
tavsiya qiladi. Qullarga u «gapiradigan qurollar» deb qaraydi. U Katondan
farq qilib, qullarni ishlatuvchi, boshqaruvchining o ‘zi qul bo'lmasligi,
aqlli va m a’lum bilimga ega odam bo‘lishi kerakligini aytadi. Yana u qulni
ham, boshqaruvchini ham moddiy rag‘batlantirishni taklif etadi. Agar
Katon qullarni qattiq ekspluatatsiya qilish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Varron
xo'jalikni intensivlashtixish tarafdori sifatida maydonga keldi. Bu esa qullaming
Italiyadagi quldorlik tuzumiga qarshi yirik harakatlarining ta’siri edi.
Kolumella Lushiy Moderat - Rimning ko‘zga ko‘ringan agronom olimi
edi. U o‘zining «Qishloq xo‘ialigi haaida» asarida krizisga uchragan Rim
quldorlik davlatining xo‘jalik holatini aks ettirishga urinadi. U qishloq
ho'jaligida unumdorlikni pasayib borishini tabiiy deb ta’kidlashlarini tanqid
qilib, uning bosh sababi dehqonchilikda xo‘jalik yuritishni bilmaslikda,
deb ta’kidlaydi. Uningcha, yerlar «jazolash» uchun «yomon qullarga»
berib qo'yilgan degan fikrni ilgari surgan. Yuik quldorlik xo‘jaliklari o‘rniga
uncha katta bo'lmagan unumli xo‘jalik yuritish tarafdori edi. U qullaming
mehnat unumdorligini orttirishga chaqiradi. U mahsulotlardan shaxsiy
iste’mol uchun foydalanishdan ko‘ra sotish uchun ishlab chiqarishga chaqiradi.
U o'zidan oldingi olimlardan farq qilib, qullardan foydalanishda
m ehnat taqsimoti va rag‘batlantirishdan foydalanishni ham targ‘ib qildi.
Uning ta ’limotida Katon va Varronlardan yana bir farq qiluvchi
mulohaza bo‘lib, bu ham b o ‘lsa, yer egalari bilan ozod bo‘lgan insonlar
o ‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini tahlil qilishga qaratilgan
harakatdir. Kolumellaning iqtisodiy qarashlarida Italiyada eramizning
birinchi asrlarida quldorlik tuzumining inqirozi yaqqol ko‘rinmas edi.
Bulardan keyin Rim olimlari qarashlarida erkin insonlar mehnatini ko'proq
targ‘ib qilinishi va quldorlik tuzumini himoya qilishni juda qiyinlashib
borishini ko'rishimiz mumkin.
Qadimgi dunyoning iqtisodiy ta ’limoti tarixi bilan tanishib, quyidagi
xulosalarga kelishimiz mumkin:
- bu davr olimlari qarashlarida quldorlik tuzumi himoyachilarining
qiyofalari mavjud;
- bu ta ’limotdan tovar-pul munosabatlarini kishilik jamiyatida juda
qadimdan qo‘llanilganligini bilib olamiz;
- bu davr olimlarining ilmiy iqtisodiy, o ‘ziga xos fikrlari hozirgi zamon
iqtisodiy ta ’limot va fanining asosi bo‘lganligi ko‘rinib turibdi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |