Iqtisodiy usullarga asosan bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan tadbirlar
kiradi. Bu usullar ko‘proq, bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lib, bunda o‘z-
o‘zini boshqarish jarayonlarining rivojlanishi ikkilamchi darajaga man-
sub har bir kredit muassasasi tomonidan mikro darajada mustaqil pul-
kredit siyosati amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu siyosatning natijalari
va samaradorligi mazkur kredit muassasasining bank tizimidagi ahami-
yatini belgilab beradi va raqobatni rag‘batlantiradi.
Bu usullar banklar va bankdan tashqari muassasalarning harakat-
lariga faqat bozor kuchlari yordamida ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan amal
qiladi. Ana shu maqsadda Markaziy bank o‘zining vakolatlaridan muo-
maladagi pul massasi hajmini belgilash uchun foydalanadi va iqtiso-
diyotga pul bozoridagi foiz stavkalarining o‘zgarishiga qarab ish tutish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |