Ochiq valutaviy holatida – bank valuta bo‘yicha qarshi bitimni
amalga oshirganda valuta kursining o‘zgarishi natijasida oldingi sotgan
valutasiga nisbatan kam valuta olishi, ya’ni zarar ko‘rishi mumkin.
Shuning uchun bu holatda valuta kursining o‘zgarishi valuta riskining
vujudga kelishiga olib keladi.
Ochiq valutaviy holati uzoq yoki qisqa bo‘lishi mumkin.
Qisqa valutaviy holatida sotilgan valuta bo‘yicha majburiyatlar,
sotib olingan valuta bo‘yicha talablardan oshadi, ya’ni xorijiy valutani
sotish uni sotib olishdan yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |