Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva


[174].  Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi.  Ularning ko‘pchiligi spot



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   500
Bog'liq
bank ishi

[174].  Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi. 

Ularning ko‘pchiligi spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning 

asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb 

mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga 

shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‘pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi. 

Spot shartnomalariga jami valuta shartnomalarining 90 foizi to‘g‘ri 

keladi.  

Ikkinchi valuta shartnomasi turi – muddatli  shartnoma. Bunday 

shartnomalarning ikki xususiyati bor.  

Birinchidan, shartnoma imzolanishi va bajarilishi orasida ma’lum 

vaqt intervali bor. Bir haftadan olti-o‘n ikki oygacha. 



Ikkinchidan, valuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilan-

gani bo‘yicha qabul qilinadi. Valuta kurslari o‘zgarishlari unga ta’sir 

etmaydi. Muddatli shartnomalar valuta risklaridan sug‘urtalanish yoki 

valuta spekulatsiyasi maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o‘zini 

xorijiy valuta kursining tushishidan sug‘urtalash maqsadida kelgusi 

valuta daromadini muddatli kurs bo‘yicha sotishi mumkin. Importyor 

xorijiy valuta kursi oshishidan o‘zini sug‘urtalash maqsadida kelgusi 

valuta tushumini ma’lum muddatga, muddatli kurs bo‘yicha sotishi 

mumkin.  

Rivojlangan davlatlar valuta bozorlarida valuta kursining 

o‘zgarishiga qarab ishlovchi valutachilar faoliyati to‘g‘risida qisqacha 

to‘xtalish mumkin. Bu valutachilarning asosiy maqsadi valuta bozorida 

valuta kurslarining o‘zgarishi asosida katta foyda olishdan iborat. Valuta 

kursining oshishi yoki pasayishiga qarab faoliyat ko‘rsatuvchilar xalqaro 




 

281


amaliyotda  «ayiqlar» va «buqalar» deb ataladi. Ular faoliyatining 

mohiyati quyidagilardan iborat. Agar valuta kursi tushishi kutilsa, valuta 

kursi pasayishiga o‘ynovchilar (ularni xalqaro amaliyotda «ayiqlar» deb 

atashadi) valutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli kurs) kursi bilan 

sotish to‘g‘risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar bu muddatda 

valuta kursi tushsa, ayiqlar valutani bozordan pasaygan kursda sotib 

olib, uni muddatli kurs, ya’ni oldingi shartnomada ko‘rsatilgan yuqori 

kurs bo‘yicha sotadilar va kurslar o‘rtasidagi farq miqdorida foyda 

oladilar. 

Valuta kursining ko‘tarilishiga o‘ynovchilar («buqalar») esa valuta 

kursi oshishi kutilganda, valutani keyinchalik shartnoma tuzilgan 

vaqtdagi kurs bo‘yicha sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma 

tuzadilar. Kurs oshganda esa valutani muddatli shartnomada belgilangan 

(oldingi) narx bo‘yicha sotib oladilar va oshgan yuqori narxda sotib 

foyda ko‘radilar. 

Banklar tomonidan amalga oshiriladigan muddatli operatsiyalar 



forvard operatsiyalari deb yuritiladi.  

Forvard operatsiyalaridagi valuta kursi spot shartnomasi bo‘yicha 

kursdan farqlanadi. U mukofot va chegirma usuli bilan o‘rnatiladi. 

Mukofot forvard kursi spot kursidan mukofot miqdoriga ko‘pligini bil-

diradi. Forvard marjasi, ya’ni spot va forvard orasida farq jahon kapitali 

bozoridagi depozitlarning foiz stavkalariga bog‘liq bo‘ladi. Depozit foizi 

kichik davlatlarda valuta kursi mukofot bilan, katta davlatlarda valuta 

kursi chegirma bilan belgilanadi.  

Kassa va forvard operatsiyalarini muvofiqlashtiruvchi valuta 

shartnomalaridan biri svop  shartnomasidir. Bu shartnoma ikki valuta 

savdo-sotig‘ini darhol amalga oshirish sharti (spot) va shu bilan birga 

unga qarshi muddatli shartnoma tuzishni anglatadi. Masalan, dollarni 

markaga spot shartida sotish va shu zahoti uni sotib olish bo‘yicha 

muddatli shartnoma tuzish yoki unga teskari operatsiya dollarni markaga 

sotib olish spot shartnomasi va uni sotish bo‘yicha muddatli shartnomani 

tuzish kiradi. 

Forvard shartnomasi turlaridan biri opsion shartnomasidir. Opsion 

shartnomasini o‘ziga xos xususiyati  sotib oluvchining valutani emas

balki uni sotib olish huquqini sotib olishidir. Bunda sotuvchi ma’lum 

valutani ma’lum miqdorda sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi. 

Sotib oluvchi esa shu miqdordagi valutani sotish yoki sotib olish 

huquqidan foydalanmaslik huquqiga ham ega. U bu uchun sotuvchiga 




 

282


opsion mukofotini to‘laydi. Agar sotib oluvchi o‘z huquqidan 

foydalanmasa, u mukofot summasida zarar ko‘radi. 

«Spot», forvard va opsion shartnomalari banklararo bozorlarda va 

birjalarda amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan 

shartnomalarga  fyuchers  shartnomalari kiradi. Fyuchers operatsiyalari 

fyuchers shartnomalarini sotish va sotib olish bo‘yicha tuziladi. 

Fyuchers operatsiyasi valutani sotib olish yoki unga qarama-qarshi 

operatsiya bilan tugaydi. Fyuchers operatsiyasining natijasi bu 

yutqazgan tomonning yutgan tomonga shartnoma tuzilgan va amalga 

oshirilgan vaqt orasidagi kursi farqini to‘lashdir. Bu farqni birjaning 

hisob-kitob (kliring) palatasi to‘lab beradi. Fyuchers shartnomalari 

imzolanishi bilan birjaning hisoblash markazida ro‘yxatdan o‘tadi. 

Fyuchers va boshqa muddatli shartnomalarning maqsadi valuta 

operatsiyalarini  xejirlash yoki chayqovchilik asosida foyda olishdir. 

Banklar o‘z mijozlarining valuta risklarini o‘z zimmasiga olsalar 

(forvard operatsiya o‘tkazganda), unga teskari fyuchers bitimi 

yordamida bu risklarni kamaytiradi (yo‘qotadi)lar. Fyuchers bitimi 

tugaganda esa ular real tovarlar bitimidan ko‘rgan zararni, valuta kursi 

orasidagi farqdan olgan daromadi hisobidan qoplash imkoniyatiga ega 

bo‘ladilar. 




Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish