konvertirlangan valuta – boshqa valutalarga erkin almasha
oladigan pul;
konvertirlanmagan valuta – boshqa valutalarga almashtirish
uchun qabul etilmaydigan kurs.
Valutaning qaysi guruhga kirishi uning barqarorligiga bog‘liq.
Konvertirlanadigan valutalar boshqa pulga almasha oladi, lekin bu
cheksiz yoki me’yorli bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan ularning o‘zi ikki
turga bo‘linadi:
To‘la-to‘kis (erkin) konvertirlanuvchi valutalar. Ular
mamlakat ichida ham, xorijda ham boshqa valutaga erkin almashadi.
Yer yuzida 100 ga yaqin shunday milliy valutalar bor. Ammo ular
orasida erkin konvertirlanadigan valutalar borki, ular o‘ta obro‘li va
hamma yerda jon deb qabul qilinadi, ular amalda jahon puli vazifasini
o‘taydilar. Bular jumlasiga AQSh dollari, yevro, Shveytsariya franki,
Yaponiya iyenasi, Ingliz funt sterlingi, Kanada dollari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |