Uzoq valutaviy holatda esa, aksincha, xorijiy valutani sotib olish
uni sotishdan yuqori bo‘ladi, ya’ni sotib olingan valuta bo‘yicha talablar
uni sotish majburiyatlaridan ko‘p bo‘ladi. Bu holatlarni quyidagi
misollar bilan yaqqolroq tushuntirish mumkin.
Masalan, ertalab bankda Yapon iyeni va funt sterling bo‘yicha
yopiq valuta holati bo‘lsin. Bank ochilishi bilan mijoz bankka iyenga
funt sterling sotish to‘g‘risidagi murojaat qilsin. Agar shu paytda 1 funt
sterling kursi = 172 iyen bo‘lsa, bank mijozga 172 valuta kursi bo‘yicha
1 million funt sterlingni sotsin. Bunda bank ochiq valutaviy holatiga ega
bo‘ladi.
Angliya funt sterlingi bo‘yicha qisqa valutaviy holati = 1 000 000
funt sterling.
Yaponiya iyeni bo‘yicha uzoq valutaviy holati = 172 000 000 Ya-
poniya iyeni.
Banklar har bir valutaviy holat bo‘yicha risklar darajasini bel-
gilaydilar.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida valutaviy holatni doimiy
ravishda nazorat qilish uchun ular bilan bog‘liq jarayonlar EHMlariga
kiritiladi va undagi ma’lumotlar bo‘yicha valuta risklarining oldini olish
choralari ko‘rib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |