Тошкент-2021 3 Январь 2021 2-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana24.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#231619
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar 1 qism

Январь 2021 2-қисм
Тошкент
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR ONGIDA MA’NAVIY XAVFSIZLIKNI 
TA’MINLASHNING USTUVOR VAZIFALARI
Jumaniyozov X. 
TDPU dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi
Nurillaev F. TDPU magistri
Annotatsiya: Ushbu tezisda aynan globallashuv sharoitida yoshlar ongida ma’naviy 
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalar tahlil qilingan.
Аннотация: В данном тезисе анализируются актуальные проблемы духовной безопас-
ности в сознании молодежи в условиях глобализации.
Abstract: This thesis analyzes the actual problems of spiritual security in the minds of young 
people in the context of globalization.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, 
muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda nutq so‘zlar ekan 
ishtirokchilar e’tiborini kun tartibidagi asosiy masala sifatida ijtimoiy-ma’naviy sohani yanada 
rivojlantirish, oilalarimiz, mahallalarimizda, butun jamiyatimizda sog‘lom muhitni mustahkamlash, 
yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotimizni, muqaddas dinimiz pokligini asrash vazifalariga 
qaratdi. Ogohlik, daxldorlik, o‘zlikni anglash, g‘oyaviy kurashchanlik – har bir ozod shaxs va 
erkin fuqaro uchun zarurdir. Bugungi yoshlar turli makonlardan taralayotgan ma’lum kuchlarning 
manfaatlariga xizmat qiladigan turli ma’no-mazmundagi g‘oyaviy ta’sirlarning doimiy ta’sirini 
sezib yashaydi. Axborot asri, salohiyat asri, internet asri, informatsion texnologiyalar asri deb 
nom olgan bugungi zamonda bunday ta’sirlardan holi bo‘lish dolzarb muammodir. Shunday ekan 
davr har bir yoshdan o‘zining mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, mustaqil tafakkuri va mustahkam 
irodasiga ega bo‘lishini taqozo etadi. G‘oyaviy taxdidlar kuchaygan hozirgi sharoitda milliy ong, 
milliy o‘zlikni anglash, milliy ma’naviy meros havfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratish 
talab etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Mafkura sohasida 
bo‘shliq degan narsaning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu 
tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta’sirlanishdan to‘xtamaydi.
Demak, unga doimo ma’naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o‘zi yashayotgan muhitdan olmasa 
yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo‘ladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta-sekin boshqa 
yoqdan izlaydi. Shunga yo‘l bermasligimiz kerak”
1
.
Demak, hozirgi yoshlar nima yaxshi yoki nima yomon ekanligini ajrata bilsin. Ya’ni, axborotni 
tanlash va undan unumli, to‘g‘ri foydalanish insonning ong darajasiga bog‘liq. 
Ommaviy axborot vositalarining hozirgi holati, imkoniyati ma’lumot, axborotning beto‘xtov 
yetkazilishini ta’minlab bermoqda. Ikkinchi tomondan ushbu axborot oqimi vaqt o‘tgan sari 
ko‘payib bormoqda. Mazkur oqimda ekstremal, kutilmagan voqea-hodisalar, terrorchilik aktlari, 
ekstremizm borasidagi turli-tuman xabarlar berilmoqda. Bu xabarlar ma’lum darajada o‘ziga xos 
axborot tahdidini yuzaga keltirmoqda.
Axborot tahdidi xususida gap ketganda uning universalligi, barcha boshqa sohalarga jiddiy 
salbiy ta’sir qilish imkoniyatini ta’kidlash lozim. Salbiy jihatlar natijasi shaxs dunyoqarashi, 
jamiyat barqarorligi, davlat tinchligi, jamoatchilik fikrini chalg‘itish va oxir-oqibatda har bir 
mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga bo‘lgan ta’sirlarda ifodalanadi. 
Chunki turli ma’lumotlar, axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi jarayoni 
uncha ham bilinmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma’lumotni o‘zlashtirish va 
zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o‘zida esa mustahkam iroda, axborot 
iste’moli madaniyati, mafkuraviy immunitet, oqni-qoradan, yaxshini-yomondan ajrata olish 
qobiliyati rivojlangan bo‘lishi zarur. Mamlakat aholisining barchasi bunday imkoniyatga ega
deyish qiyin. Shuning uchun axboriy-psixologik barqarorlikni birinchi o‘rinda davlat tuzilmalari 
xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va bir so‘z bilan aytganda 
ma’rifatparvar insonlar ta’minlashlari zarur. 
1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
ko‘taramiz. –Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU,2017.-484- b..


22

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish